I bob. Elektr o’lchash asbbolari
Asosiy tushunchalar
Elektr qurilmalari (generatorlar.transformatorlar, ener¬giya iste’molchilari va energiyani o`zgartiruvchi boshqa quril- malar) ning normal ishlashi uchun anik texnik talablar ta’- minlangan bo`lishi kerak. Bunday talablarning bajarilishi- ni tekshirish elektr o`lchash asboblari yordamida bajariladi, chunki insonning sezgi a’zolari elektr kattaliklar (tok, kuch- lanish, chastota, kuvvag, energiya va h. k.) ni bevosita kuzata olmaydi.
Elektr o`lchash asboblari goqori sezgirlikka, aniqlikka ega bo`lishi hamda ishonchli va oddiy bo`lganliklari tufayli aksariyat fizik kattaliklar (temperatura, bosim, yoruglik, tezlik va h. k.) elektr o`lchash asboblari yordamida o`lchanadi. Bunda noelektr kattaliklar unga proportsional bo`lgan elektr kattaliklarga Ozgartiriladi.
Elektr o`lchash usuli elektr va elektr bo`lmagan kattalik- larni uzok masofadan o`lchash (telemetriya) imkonini beradi. Telemetrik o`lchashlar chuqur burg`ilanadigan quduqlarda, Ep- nins sun’iy yo`ldoshlarida keng ko`llaniladi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda elektr o`lchashlar texnikasi mashina va mexanizmlarga ta’sir etib, har xil texnologik jarayonlarni kuzatish imkoniyatini beradi. Shunimg uchun ham ular ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshkarishning asosiy bo`g`ini hisoblanadi.
Hozirgi paytda asbobsozlik sapoagi fan-texnikaga kerak bo`lgan barcha tekshiruv-o`lchash asboblari ishlab chiqarishni yo`lga ko`ygan. O`lchash apparatlarining yuqori sifati va aniq- ligi Davlat nazorati tomonidan kafolatlanadi.
Maxcyc texnik vositalar — o`lchash asboblari yordamida fi¬zik kattaliklarning qiymatlarini tajriba yo`li bilan aniq- lash o`lchash deyiladi. O`lchash natijasi son bilap ifodalana- di. Masalan, kuchlanishi 220 B
Ma’lum o`lchamdagi fizik kattaliklarni aks ettirishda foydalaniladigan ashyoviy o`lchash vositasi o`lchov deb ataladi. Elektr qarshiligining yolchovi — o`lchash rezistorlari 1karshi- lik galtaklari), elektr yurituvchi kuch va kuchlanishlarning o`lchovlari — normal elementlar, ipduktivlikning o`lchovi — o`z va o`zaro induktivlik o`lchash galtaklari, elektr sigimi- ning o`lchovi — namunaviy kondensatorlar.
O`lchash ma’lumoglarini kuzatuvchining bevosita o`zlashgi- rishi uchun qulay bo`lgan shaklda ko`rsatuvchi texnik vositasi o`lchash asbobi. deyiladi.
Barcha elektr o`lchash asboblari ikki turga bo`linadi: ana- logli va raqamli. Ko`rsatishi o`lchanayotgan miqdorning o`zga- rishiga uzluksiz bogliq bo`lgan o`lchash asbobi analogli o`lchash asbobi deb ataladi. O`lchash ma’lumotlari avtomatik holda
diskret sngnallarni hosil qiladigan va ko`rsatishi raqam shaklida ifodalanadigan asboblar ratsamli o`lchash asboblari deb ataladi.
O`lchash ma’lumotlarining olinish usuliga qarab o`lchash as¬boblari quyidagilarga bo`linadi:
ko`rsatuvchi asboblar (o`lchash natijasini shkala bo`yicha ko`- rish mumkin);
qayd qiluvchi asboblar !o`lchash natijasini tasmada aks etti- radi).
Ulchash asboblari o`lchov bilan taqqoslash usuli bo`yicha be- vosita va bilvosita taqqoslash asbobgariga bo`linadi. Bevo¬sita taqqoslaydigan asbobda signalni bir yoki bir nechta o`z- gartirish nazarda tutilgan. Bularga strelkali ampermetrlar, volьtmetrlar, vaggmetrlar va shunga o`xshash asboblar misol bo`ladi. Bilvosita taqqoslash asboblari o`lchanayotgan mikdor- larni ma’lum miqdor bilan taqqoslashga asoslangan. Bularga o`lchash ko`priklari, potentsiometrlar misol buladi. Ko`p hol- larda bevosita baholaydigan elektr o`lchash asboblaridan foy- dalaailadi. Bunday asboblar bilan o`lchashda o`lchovning keragi y o` k - O`lchov dastlab asbob shkalasini darajalashda foydala- niladi, xolos. Solishtirib o`lchaydigan asboblar o`lchashni yutso- ri aniqlik bilan bajarishni ta’minlaydi, ular yutsori sez- girlikkaega. Lekin.o`lchashning bu usuli murakkab va ko`p vaqt sarflashni talab qiladi.
Oʻlchash asboblari — oʻlchanadigan kattalikning qiymatini (yoki miqsorini) bevosita aniqlashga imkon beradigan vositalar. Analog , raqamli, koʻrsatuvchi va qayd qiluvchi, integrallovchi, jamlovchi va boshqalar turlarga boʻlinadi. Analog Oʻlchash asboblarida kattaliklarni oʻlchash shkala boʻyicha, raqaml i Oʻlchash asboblarida raqamli hisoblash qurilmasi boʻyicha amalga oshiriladi. Koʻrsatuvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini faqat koʻrib turib aniqlash uchun moʻljallangan. Qayd qiluvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini qogʻozga qayd qilib borish qurilmasi bilan taʼminlanadi. Bunday asboblar yozib boruvchi (qaydlar qogʻozga diagramma tarzida chizib boriladi) va bosuvchi (oʻlchash natijalari qogʻozga raqamlar tarzida bosib boriladi) turlarga boʻlinadi. Integrallovchi Oʻlchash asboblarida oʻlchanadigan kattalik vaqt yoki boshqa mustaqil oʻzgaruvchan miqdor boʻyicha integrallanadi (mas, elektr va gaz hisoblagichlari). Jamlovchi Oʻlchash asboblari turli kanallar boʻyicha keluvchi ikki yoki bir necha kattalik qiymatini jamlab koʻrsatadi (mas, bir necha elektr generatorining quvvatini jamlovchi vattmetr).
Oʻlchash asboblari korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida Oʻlchash asboblari koʻpincha rostlash, hisoblashechish va boshqarish qurilmalari bilan taʼminlanadi. Ular maxsus tuzilgan dasturlar boʻyicha ishlaydi.
Oʻlchash maʼlumotlarini uzatish, oʻzgartirish yoki avtomatik boshqarish tizimlarida foydalanish uchun qulay boʻlgan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun moʻljallangan oʻlchash vositasi oʻlchash qurilmasi deb ataladi. Bu qurilma Oʻlchash asboblarini, oʻlchash oʻzgartirgichlari (oʻlchanadigan kattalikni uzatish uchun qulay signalga oʻzgartiruvchi vosita) ni, kuchaytirgichlar va boshqalar moslamalarni oʻz ichiga oladi.
Chiziqlar va burchaklarni oʻlchash qurollari (chizgʻichlar, transportirlar va boshqalar) oʻlchash vositalari, vazn (ogʻirlik) oʻlchanadigan vositalar (mas, tarozi) oʻlchov vositalari deb ataladi.
Elektr taqsimlash qurilmalarida va yuqori kuchlanishli oʻzgaruvchan tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish, quvvat va energiyani oʻlchash xavfsizligini taʼminlash uchun elektr oʻlchash transformatori qoʻllanadi. Uning birlamchi chulgamiga oʻlchanadigan kattalik (tok, kuchlanish va boshqalar) taʼsir qiladi, ikkinchi (pasaytiruvchi) chulgʻami esa Oʻlchash asboblariga va himoya relesiga ulanadi. Oʻlchash transformatori yordamida elektr Oʻlchash asboblari (voltmetr, ampermetr va vattmetr) bilan elektr kattaliklarning turli qiymatlarini oʻlchash mumkin. Keng maʼnoda — Oʻlchash asboblari turli kattaliklar (fizik, mexanik, elektr va magnit kattaliklar) ni oʻlchash bilan bogʻliq boʻlgan barcha oʻlchash apparatlari, qurilmalari va vositalarini oʻz ichiga oladi. Hozir impulsli va raqamli oʻlchash apparatlari keng qoʻllanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |