9.2.2-jadval. O’ramalari ajralgan qisqa tutashgan nosinxron dvigatel yuklanish xususiyatlarining o’lchangan ko’rsatgichlari (tezlik kam)
Jadvalda berilgan ko’rsatgichlarni olib aylanish momentini x o’qiga qo’yib, tezlik, tok, quvvat koeffisienti, samaradorlik, kirayotgan quvvat va chiqayotgan quvvatni y o’qiga qo’yib me’yorlashgan raqamlar bilan diagramma tuzing..
9.2.3-rasm. «O’ramalari ajralgan qisqa tutashgan nosinxron dvigatel yuklanish xususiyatlarining» (tezlik kam) 6.2.2-jadvaldagi ma’lumotga asoslangan chizmasi.
n / nr I / IN, act cos P1 / P2, N P2 / P2, N
Endi dvigatelni tez ishlatib o’lchov olasiz (2-nuqtada turadi). Oldin quyidagi formulaga qo’yib jadvalda berilgan ko’rsatgichlardan nominal aylanish momentini chiqaring:
Chiqayotgan quvvat: P2N = 200W, agar nN = 1390 ayl/daqiqa
Mashinani bo’sh tezlashtiring, ikkita faza o’rtasidagi kuchlanishni o’lchang (ishlab chiqaruvchi ko’rsatgichlari bilan solishtirish mumkin bo’lishi uchun bu kuchlanish zavod yorlig’idagi ko’rsatgichga mos bo’lishi kerak).
|
Endi yuqoridagi aylanish moment yuklanishini boshqarish blokiga yozib qo’ying («aylanish momentini o’zgatirish holati» da bajariladi) va tezlikni o’lchang. Aylanish momenti bilan tezlikdan haqiqiy chiqayotgan quvvatni hisoblab chiqaring. Hisoblab chiqarilgan ko’ratgichni mashina nominal ko’rsatgichlari bilan solishtiring. Zarur bo’lsa boshqarish blokida aylanish moment yuklanishini bir oz to’g’rilab qo’ying, so’ng yangi tezlikda chiqayotgan quvvat qanchaligini hisoblang. Nominal ishlash nuqtasiga yetguncha, ya’ni mashina nominal tezligiga yetib ishlaguncha, boshqarish blokida aylanish momentini o’zgartirib turing.
Shunday ishlayotganda ikkita faza o’rtasidagi faza kuchlanishini, fazadagi tokni va cos quvvat koeffisientini o’lchang. Haqiqiy ko’ratgichni zavod yorlig’ida yozilgan ko’rsatgichdan ajratish uchun yoniga «act» deb yozib qo’yiladi.
Tezligi ko’p sinalayotgan ob’ektning nominal ko’rsatgichlari (2-nuqta)
|
, ob/min, , ,
|
Qo’shimcha nazorat:
|
Mashinaga kirayotgan quvvatni toping:
Samaradorlik – chiqishdagi quvvatning kirishdagi quvvatga nisbati bo’ladi:
Zavod yorlig’idagi nominal ko’rsatgichlardan nazariy kutiladigan samaradorlikni hisoblab chiqaring, so’ng o’lchovda tasdiqlangan haqiqiy samaradorlikni chiqaring:
Ikkita ko’rsatgichni solishtiring.
Haqiqiy samaradorlik zavod yorlig’idagi ma’lumotdan hisoblab chiqarilganidan ko’proq bo’layapti. 2-bobda ko’rsatilgan IEC 60034-1 standartiga ko’ra samaradorlikning yuqoriga og’ishi cheklanmaydi.
Shu standartning o’zi quvvat koeffisientining og’ishi quyidagi formula bilan hisoblab chiqarilgandan kam bo’lmasligi kerakligini belgilab qo’yadi:: .
|
Shuning uchun quvvat koeffisienti kamida 0.72 - 0.047 = 0.673 bo’lishi kerak.
|
O’lchangan ko’rsatgichlar esa (0.61) bu raqam ruxsat etilganidan ko’proq bo’lganini ko’rsatayapti.
|
Sirg’alish nominal sirg’alishning ±30% dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Nominal sirg’alish:
|
Haqiqiy sirg’alish 5.11 % i 9.49 % o’rtasida o’zgarib turadi.
|
O’lchangan ko’rsatgich:
|
Ruxsat etilganidan ko’payib ketmagan.
|
Yuqorida olingan sinalgan ob’ektning nominal ko’rsatgichi aylanish moment yuklanish ko’rsatgichlarini me’yorlashgan ko’rinishda yozib olish va berishga kerak bo’ladi. 6.2.3-jadvalda nisbiy ko’rsatgich deb olinadigan va tajribada qo’llanadigan yuklanish ko’rsatgichlari berilgan. Nominal aylanish momenti TN, act sinalayotgan ob’ekt uchun etalon ko’rsatgich hisoblanadi. Shundan kelib chiqib oldin Nm aylanish moment yuklanishini hisoblab chiqaring, so’ng uni jadvalga yozib qo’ying.
Endi shu yuklanish moment kuchlanishlarini bitta-bitta boshqarish blokiga kiritib qo’yib n tezlik qanchaligini, I tokni va cos quvvat koeffisientini o’lchang. So’ng P1 kirish quvvati bilan P2 chiqish quvvatining absolyut va nisbiy ko’rsatgichlarini hisoblab chiqaring, yuqoridagi formula bilan samaradorlikni toping. Hisoblab chiqarilgan ko’rsatgichlarni jadvalga yozib qo’ying (tezlik ko’rsatgichi nr ishlagandagi aylanish tezligiga nisbatan olinadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |