Elektr kattaliklar, ulani o‘lchash usullari va asboblari. Asosiy elektr kattaliklar (zaryad miqddori, elektr maydoni kuchlanganligi, potentsial, tok, kuchlanish, energiya, quvvat) va ularning o’zaro munosabatlari
Elektr kattaliklar, ulani o‘lchash usullari va asboblari. - Asosiy elektr kattaliklar (zaryad miqddori, elektr maydoni kuchlanganligi, potentsial, tok, kuchlanish, energiya, quvvat) va ularning o’zaro munosabatlari Xalqaro SI birliklari tizimi, SI (fr. Le Système International dUnités, SI) — fizik kattaliklar tizimi boʼlib, metrik tizimning zamonaviy variantidir
SI tizimi dunyoda texnika sohasidagi keng tarqalgan birliklar tizimidir.
SI tizimi 1960 yili XI oʼlchovlar va ogʼirliklar boʼyicha Bosh konferentsiyada qabul qilingan.
SI tizimini asosiy yoki yagona tizim sifatida qabul qilmagan davlatlar (Liberiya, Mьyanma, АQSh), qora rang bilan koʼrsatilgan, kul rangda maʼlumotga ega boʼlmagan davlatlar koʼrsatilgan.
Hosil boʻlgan oʻlchov birliklari
Kattaliklar
Oʻlchov birliklar
Belgilanishi
Ifodasi
oʻzbekcha nomlanishi
xalqaro nomlanishi
oʻzbekcha
xalqaro
Chastota
Gerts
hertz
Gs
Hz
s−1
Kuch
Nyuton
newton
N
N
kg·m/s²
Energiya
joul
joule
J
J
N·m = kg·m²/s²
Quvvat
vatt
watt
Vt
W
J/s = kg·m²/s³
Elektr zaryadi
kulon
coulomb
kl
C
A·s
Potentsiallar farqi
volt
volt
V
V
J/Kl = kg·m²·s−3·A−1
Elektr qarshiligi
om
ohm
Om
Ω
V/A = kg·m²·s−3·A−2
Elektr sig'imi
farad
farad
F
F
Kl/V = kg−1·m−2·s4·A²
Magnit oqimi
veber
weber
Vb
Wb
kg·m²·s−2·A−1
Magnit induktivligi
tesla
tesla
Tl
T
Vb/m² = kg·s−2·A−1
Induktivlik
genri
henry
Gn
H
kg·m²·s−2·A−2
Elektr o'tkazuvchanlik
simens
siemens
Sm
S
Om−1 = kg−1·m−2·s³A²
Kuchlanish va tok kuchi elektronikaning eng muhim tushunchalari sanaladi. Ushbu darsda biz elektronikanikaning muhim qismlaridan boʻlgan mana shu ikkita kattalik haqida dastlabki bilimlarga ega boʻlamiz. Keyinchalik kuchlanish va tok kuchi natijasida hosil boʻladigan quvvat tushunchasiga ham toʻxtalib oʻtamiz.
Elektr zaryadi – fizik skalyar kattalik boʼlib, u jismlarni elektromagnit maydonlar manbasi boʼlish qobiliyatini belgilaydi.
Elektr zaryadi 1785 yili frantsuz fizigi Sharli Kulon (1763-1806) tomonidan aniqlangan.
Shisha boʻlagi va shoyi parchasi (birortasi ham elektr xususiyatiga ega boʻlmagan) bir-biriga ishqalansa manfiy va ebonite tayoqchasi jun matoga ishqalansa musbat zaryad hosil bo’lgan.
Zaryadlangan zarrachalar-elektr zaryadga ega boʼlgan zarrachadir, ular elementar va tarkibiy (atomli va molekulyar ionli) boʼlishi mumkin.
Elektr zaryad musbat va manfiy qiymatga ega boʼlishi mumkin, yaʼni u zaryad olib yuruvchilar va zaryadlangan zarrachalarning sonli xarakteristikasidir.
Bu yerda K yoki ke Kulon doimiysi (ke ≈ 8.988×109 N⋅m2⋅C−2), |q1| va |q2| zaryadlarning moduli, skalyar r esa zaryadlar orasidagi masofadir.
Kuch ikki zaryadni tutashtiruvchi toʻgʻri chiziq boʻylab yoʻnaladi. Agar zaryadlar bir xil ishora ega boʻlsa, ular orasidagi elektrostatik kuch itaruvchidir; agar ular turli xil ishoralarga ega boʻlsa, ular orasidagi kuch tortishuvchidir.