Tavakkalni klassifikatsiyalash. Tavakkalni baholashda uni foyda" bilan solishtirish, ya`ni odam hayotini saqlab qolish uchun pul birligi kirgizilishi taklif qilinadi. Ko`pchilik insonlar bunga norozilik bildirishdi, chunki odam hayotining bahosi yo`q, bunda pulvozlik qilish yaramaydi. Lekin odam hayotini saqlab qolish uchun qancha mablag` sarf qilish kerak deganda, bunday baho kerakdir. Xorijda o`tkazilgan tekshirishlarga ko`ra odam hayoti AQSH da 650 mingdan 7 mln dollargacha baholanar ekan.
Tavakkalni aniqlash qancha taxminiy bo`lishiga qaramay, uni aniqlashning quyidagi 4 yo`li mavjud:
1. Muxandislik yo`li. Bu yo`l statistikaga, takrorlanishlarni hisoblashga, xavfsizlikning tahminiy taxliliga (analiz), "xavflar daraxti" qurishga asoslanadi.
2. Modellash yo`li (andozalash). Bu yo`l odamga guruhga, kasbga ta`sirqiluvchi omillar modelini qurishga asoslangan va h.k. Bu yo`llar bilan hisoblashga ma`lumotlar topish ancha qiyin.
3. Ekspert (tekshirish) yo`li. Ma`lumotlarni ekspertlardan (mutaxassislardan) so`rab yig`ishga asoslangan.
4. Ijtimoiy yo`l. Bu yo`l odamlardan so`rab, surishtirib aniq xulosa chiqarishga asoslangan. Bu yo`llar tavakkalni har xil nuqtayi nazardan tasvirlaydi, shuning uchun hamma yo`llar birga qo`llaniladi.
"Tavakkal"ning yo`l qo`ysa bo`ladigan fikr yuritish usuli. Xavfsizlik texnikasi, mutloq xavfsizlikni yaratib berishga asoslangan. Ammo, bunday holatni yaratib berish haqiqatan mumkin emas. SHuning uchun yo`l qo`ysa bo`ladigan "Tavakkal"ning fikr yuritish usuli qabul qilinadi. "Tavakkal" o`z ichiga texnik, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy nuqtayi nazarlarni oladi va ayrim murosalarga borishga to`g`ri keladi.
Aniqki, texnik sistemaning xavfsizligini ko`tarish uchun iqtisodiy imkoniyatlar bepoyon emas. Agar xavfsizlikka qancha ko`p xarajat qilinsa, ijtimoiy sohalarga shuncha kam xarajat qilishga to`g`ri keladi.
Tavakkalning yo`l qo`ysa bo`ladigan mintaqasi shunday minimal chegaraki, unda ijtimoiy va texnik mablag`lar ma`lum mutanosiblikka ega. Tavakkalni tanlashda buni hisobga olish kerak va jamiyat shu bilan qanoatlanishga majbur.
Jahonning ayrim mamlakatlarida tavakkalning yo`l qo`ysa bo`ladigan qiymati qonuniy asosda belgilangan. O`lim hodisalarining maksimal yo`l qo`ysa bo`ladigan darajasi bir yilda 10-6 deb olingan. Odatda tavakkalning yo`l qo`ysa bo`ladigan darajasi 10-8 bo`lsa, bu juda kichik qiymat hisoblanadi.
Tavakkalning yo`l qo`ysa bo`ladigan moxiyati tushunchalari bizda hali qabul qilinmagan va to`la amalga oshirilmagan. Bundan tashqari, ayrim mutaxassislar bunga tanqidiy nazar bilan qaraydilar. Ularning fikricha, xavfsizlikni bunday baholash insonparvarlik nuqtayi nazaridan yiroq deb tushuniladi. Haqiqatan, hozirgi mavjud usullardan, tavakkalning yo`l qo`ysa bo`ladigan mohiyatli usuli 2-3 daraja jiddiyroqdir. Binobarin, bu tushunchani kiritish bevosita odamning himoyasiga yo`naltirilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |