Elektr energiyasi va nasos stantsiyalaridan foydalanish kafedrasi "tasdiqlayman"



Download 29,31 Mb.
bet74/165
Sana23.01.2022
Hajmi29,31 Mb.
#403050
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   165
Bog'liq
yangilab kel

1. Koʻrsatuvchi anemometrlar-shamolning oniy tezligini koʻrsatuvchi
asboblar.
2. Anemometr integratorlar–ma’lum vaqt oralig‘ida shamolning oʻrtacha
tezligini beruvchi asboblar.



50-rasm. SHamol tezligini oʻlchovchi asboblar:
a-doskali(flyugerli) anemometr:1-oʻq;2-metall doska; 3 - sakkiz shtift- (metall
oʻzakchali)li sektor; 4 -shtok; 5 -shamol yoʻnalishini koʻrsatuvchi; 6-tutqich.bqoʻlda ishlatiladigan induksion anemometr; v-shamolning tezligi va yoʻnalishi datchiklari bloki - elektr energiyasida ishlaydigan anemorumbometr; g- qabul qiluvchi oʻlchov asbablari; d-shamolning oʻrtacha tezligini oʻlchovli yarim sharli qoʻlda ishlatiladigan anemometr.
Hozirgacha ularning orasida koʻrsatuvchi anemometrlar–doskali (flyu-gerli)
anemometr (50 a - rasm), qoʻlda ishlatiladigan induksion anemometr (50 b - rasm)
va anemorumbometr (50 v - rasm) hamda anemometr integratorlar - qoʻlda
ishlatiladigan yarim sharli anemometrlardan koʻp foydalanilgan (50 d- rasm).
Hozirgi kunda ilm-fanning taraqqiyoti natijasida ishlatish qulay, oʻlchamlari
kichik va chiroyli dizayndagi anemometrlar yaratilib, ulardan muvaffaqiyatli
foydalanilmoqda. Ishlash prinsipi boʻyicha bunday anemo- metrlar quyidagi
turlarga boʻlinadi:
 pallali anemometrlar;
 parrakli anemometrlar;
 issiqlik anemometrlari;
 ultratovushli anemometrlar.
Quyida mana shunday anemometrlarning bir nechasini qarab chiqamiz.
Eng sodda konstruksiyali anemometrlardan biri, 1846 yilda Arma obser-vatoriyasi
doktori Robinson tomonidan yaratilgan pallali anemometr-lardir. Vertikal oʻq
atrofida aylanadigan rotorga maxsus simlar orqali mahkamlangan yarim sferik shar
shaklidagi pallalar yig‘indisiga pallali anemometrlar deyiladi. Ushbu anemometrlar
uch va toʻrt pallali boʻlishi mumkin (51 a va b -rasmlar).
Konstruksiyasiga nisbatan shamol tezligi qoʻlda foydalaniladigan yoki
yordamchi elektron induksiyali taxeometr asbobli anemometrlarda aniqlana-di.
Berilgan vaqt ichida pallalarning aylanishlar soni va ularga mos maso-fa
hisoblanib, hisoblangan masofani vaqtga boʻlish yordamida shamolning tezligi
aniqlash qoʻlda foydalaniladigan anemometr yordamida amalga oshiriladi (50brasm). Elektron induksiyali taxeometr asbobli anemometrlar esa, toʻg‘ridan toʻg‘ri shamol tezligini koʻrsatadi (50v va g-rasmlar).
Anemometrlarning yana bir turi parrakli anemometrlardir (51 v-rasm).
Ma’lumki shamolning yoʻnalishi oʻzgarishi bilan parraklarning oʻqi ham shu
yoʻnalishga burilishi lozim. Bu vazifani parrakli anemometrlarda flyugerlar amalga
oshiradi (50a -rasm). Yoʻnalishi oʻzgarmaydigan (masalan shaxtalarda, binolarda
va boshqalarda) shamollarning tezligini oʻlchashda, oʻqi bir yoʻnalishga nisbatan
qimirlamaydigan qilib mahkamlan-gan parrakli anemometrlar qoʻllaniladi [25].
Issiqlik anemometrlari bilan,issiklik yordamida qizdiriladigan juda kichik diametrli volfram va nixrom materiallaridan tayyorlanadigan simning shamol tezligi natijasida sovushini oʻlchash natijasida shamolning tezligi aniqlanadi (52 a-rasm).
Kichik oʻlchamli, koʻp funksiyali sonli anemometrdan (52 b-rasm), yuqori
aniqlikda shamolning tezligini, havoning haroratini, dengiz sathiga nisbatan
balandlikni, joydagi atmosfera bosimini, namlikni hamda sovush koʻrsatgichini
aniqlashda foydalaniladi. Undagi barometr hozirgi atmosfera bosimini emas, balki oʻtgan 3, 6, 12 va 24 soat oralig‘ida bosimni oʻzgarishini ham koʻrsatadi. SHamolning tezligin har sekundda oʻlchab aniqlash mumkin.




Download 29,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish