54–rasm. SHamol qurilmasi ish g‘ildiragi (rotori) aylanish tezligi bilan uning quvvati orasidagi bog‘lanish grafigi.
SHamol qurilmasining yana bir muhim elementlaridan biri, shamol minorasining
balandligidir. Tajribalar asosida [24] shamol minorasi balandligining oshishi bilan
shamol qurilmasi quvvatiining koʻtarilib borishi aniqlangan (55- rasm).
55-rasmdan koʻrinib turibdiki, er sathidan balandga koʻtarilgan sari
shamolning tezligi kuchayib, shamol energoqurilmalarining ishlab chiqarayotgan
quvvati ham oshib boradi. Ammo shamol energoqurilmalari ma’lum bir balandlikka oʻrnatiladi. SHamol qurilmasi oʻrnatilgan balandlikda esa shamolning
tezligi bir xil boʻlmasdan katta diapazonda oʻzgarib turadi. SHuning uchun shamol
energoqurilmalari toʻliq quvvat bilan elektroenergiya ishlab chiqara olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |