47-rasm. Ikki karrali Banki turbinasi:
1 - suv olib keluvchi quvur; 2 – konfuzor-suv yig‘uvchi; 3 - suv miqdorini
tartibga soluvchi zatvor; 4-zatvorni harakatga keltiruvchi; 5 - olib ketuvchi
kanal; 6-ish g‘ildiragi.
5.6 Kichik GESlar uchun tayyorlanadigan gidroagregatlar hamda
mikroGESlarning narxlari.
Har qanday yangi mashina va mexanizmlar, texnologiyalar, usullar juda
qimmat narxlanadi. CHunki birinchi marta ishlab chiqariladigan mashina va
mexanizmlarning qismlarini tayyorlash uchun yangi murakkab qoliplar va
boshqalar zarur boʻladi. SHuning uchun ham bugungi kunda noana’naviy va qayta
tiklanuvchi energiya manbalariga oʻrnatiladigan energetik qurilmalarining narxi
juda baland. Narxning yuqoriligi, yangi mashina va mexanizmlar texnologiyalar va
usullarning hayotga tadbiq qilinishini sekinlashtirdi. Quyida MNTO INSET
birlashmasida kichik GESlar uchun tayyorlanayotgan gidroagregatlarning hamda
mikroGESlarning narxlarini koʻrib chiqamiz (01.03.2012 yil holatiga, Rossiya
rublida) [22].
Do'stlaringiz bilan baham: |