Energetik rejimda toʻxtovsiz ishlaydigan GESlar, GESlarni yillik va koʻp
yillik suv bilan ta’minlovchi, tog‘ va tog‘oldi daryolariga quriladigan suv omborli
toʻg‘onlarga oʻrnatiladi. Toʻxtovsiz energetik rejimda ishlaydigan GESlar,
irrigatsiya rejimida - ekinlarning vegetatsiya davriga bog‘liq holda ishlaydigan
GESlardan keskin farq qiladi. 26-rasmda har xil rejimda ishlayotgan suv ombori
koʻrsatilgan.
3.6 GES va GAESlar, ularning turlari va ishlash prinsipi.
Suv oqimining gidravlik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi
gidrotexnik inshootlar va gidroenergetik jihozlar yig‘indisiga gidroelektrostansiya (GES)lar deyiladi [19, 29].
Do'stlaringiz bilan baham: |