Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash


Energetika tizimlari va elektr stansiyalarining dispetcherlik boshqaruvi



Download 7,42 Mb.
bet74/80
Sana14.04.2022
Hajmi7,42 Mb.
#551252
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80
Bog'liq
elektr energiyani ishlab chiqarish

Energetika tizimlari va elektr stansiyalarining dispetcherlik boshqaruvi


Energotizim tarkibiga kiruvchi elektr stansiyalari ularning turi va quvvatiga qarab turli xil ishlatish tavsiflariga va iqtisodiylikka egadir. Bu xususan katta quvvatli eski va yangi agregatlarni solishtirganimizda ko‘zga tashlanadi. Elektr stansiyalarida xalq xo‘jaligida katta samara bilan foydalanilishi lozim bo‘lgan energetik resurslar foydalaniladi. Energotizimga ulangan iste’molchilarning elektr yuklamalarini doimiy o‘zgarib turishi chastota, kuchlanish, quvvat oqimlari va h.k.larni rostlash kabi masalalarni yechishni talab qiladi. Energotizimning normal holatini ta’minlash va boshqa masalalar alohida elektr stansiyalarining rahbarlari tomonidan hal qilina olinmaydi. Buning uchun markazlashgan dispetcherlik boshqaruvi kiritilgan bo‘lib, uning yuqori organi markaziy dispetcherlik xizmati (MDX) hisoblanadi. Xizmatda ikkita guruh – holatlar va tezkor-dispetcherlik guruhlari mavjud. Holatlar guruhi energotizimning holatlarini oldindan qayta ishlash va rejalashtirish bilan shug‘ullanadi. Tezkor-dispetcherlik guruhi personali

navbatchi dispetcherlardan tashkil topib, energotizmning holatini tezkor boshqarish bilan shug‘ullanadi.
Holatlar guruhi holatlarni xarakterli davrlar va yilning mavsumlariga rejalashtirishda quvvat oqimlarining tarqalishi, quvvatlar va qisqa tutashuv toklari, statik va dinamik turg‘unlikni hisoblash, qurilmalar ta’mirini rejalashtirishni energiya iste’moli so‘rovi bilan moslashtirish ishlarini bajaradi. Bu barcha ishlanmalar energotizimning alohida tugunlari, ta’mir turlari va normal sxemalarini tanlashning asosiga qo‘yiladi. Hisoblashlar yordamida quvvat oqimlarini majburiy qayta taqsimlash va qisqa tutashuv toklarini kamayirish maqsadida taqsimlovchi qurilmalarda sxemalarni seksiyalash zarurligi belgilanadi. Holatlar guruhi oldindagi sutka uchun energotizimning ish holatini ishlab chiqadi va qurilmalarni ta’mirga chiqarish haqida tavsiyalar beradi, ishonchlilik talabini va texnik xususiyatlarni bir maromda ushlab turish uchun ko‘rsatmalar beradi, energotizimning summaviy yuklama grafigini prognozlaydi va shu asosida alohida elektr stansiyalarida quvvatning sutkalik grafigini shakllantiradi. Elektr stansiyalari va tarmoqlarining ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqaruv energotizimning navbatchi dispetcheri orqali unga bo‘ysunuvchi personal tomonidan amalga oshiriladi.
Energotizimning navbatchi dispetcheri quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • stansiyalarning berilgan yuklama grafigini bajarishini va rejalashtirilgan aktiv quvvat zaxirasini ushlab turilishini nazorat qiladi;

  • stansiyalarning optimal ish holatlarini ta’minlaydi;

  • chastotani ruxsat etilgan og‘ish chegarasida bo‘lishini ta’minlaydi. Bu maqsadda yetarlicha quvvat va mobillikka ega bo‘lgan stansiya ajratilib, u chastota belgilanganidan oqqanda yuklamasini o‘zgartirish orqali umumiy ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan aktiv quvvat o‘rtasidagi balansni ushlab turadi. Energotizimning qolgan stansiyalari bu vaqtda qat’iy grafik asosida ishlaydi;

elektr tarmoqning tugunlarida talab qilingan kuchlanishni reaktiv quvvat manbalari (sinxron generator, sinxron kompensator), rostlovchi transformatorlar va volt-qo‘shuvchi agregatlardan to‘g‘ri foydalanish, liniyalar orqali reaktiv quvvat oqimlarini qayta taqsimlash orqali ta’minlaydi. Dispetcher tarmoqning har bir nuqtasidagi kuchlanishni nazorat nuqtalaridagi kuchlanish miqdori bo‘yicha baholaydi. Nazorat nuqtasi – bu guruhiy tugun nuqtalardan biri hisoblanib, kuchlanish
qo‘lda yoki avtomatik rostlanganda u bilan bog‘langan barcha nuqtalarga ta’sir ko‘rsatiladi;

  • energotizimning muhum qurilmalarini ta’mirga chiqarish va ta’mirdan so‘ng ishga tushirishga rahbarlik qiladi;

  • energotizimning birlamchi tutashuv sxemasini o‘zgartirishga rahbarlik qiladi. Bu o‘zgarishlar liniyalar, transformatorlar, generatorlar va boshqa elementlarni uzish, ulash yoki uzib-ulashga; avtomatika va himoya sxemalarida rele qo‘yilmalarini qayta qurish va o‘zgartirishga; rostlovchi va kompensatsiyalovchi qurilmalarni sozlashga (holatlarini o‘zgartirishga) keltiriladi;

  • tizimli avariyalarni oldini olish va ularni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qiladi.

Dispetcher o‘ziga yuklatilgan funksiyalarni bajarib, energotizimni ishlatish jarayonida yuzaga keluvchi barcha masalalar bo‘yicha yakka o‘zi qaror qabul qiladi va bunga shaxsan javobgar hisoblanadi. Komanda funksiyalarini markazlashuvi dispetcherga bo‘ysunuvchi personalning harakatini nazorat qilishga va energotizimning asosiy sxemasi qurilma- larining operativ holatini kuzatishga imkon beradi.



      1. Download 7,42 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish