Kombinatsiyalangan qozonlar. Kombinatsiyalangan qozon barabaniningssilindriga tutun truba ham, alanga-truba ham o’rnatiladi. O’z vaqtida bunday qozonlar parovozlarda va paroxodlarda keng ko’lamda ishlatilgan edi. Bu xil qozonning konstruksiyasi juda murakkab, ularni tozalash qiyin va bosimni oshirish imkoniyatlari cheklangan bo’ladi.
Gaz-trubali qozonlarni takomillashtirish maqsadida qo’llanilgan barcha tadbirlar katta samara bermadi va shu sababli bunday qozonlarni suv-trubali qozonlar siqib chiqardi. Ilgari ishlab chiqarilgan gaz trubali qozonlardan hozirgi paytda isitish va texnologiya maqsadlarida parametrlari kichik bug’ .ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Ulardan o’rmon xo’jaliklarida ham foydalaniladi. Lekin ular bunday xo’jaliklardan ham suv-trubali qozonlar tomonidan asta-sekin siqib chiqarilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |