Elektr energetika


-LABORATORIYА ISHI Tokli kesim



Download 3,29 Mb.
bet19/20
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#213482
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Laboratoriya ishlari uslubiy qo'llanma - LOTIN

14-LABORATORIYА ISHI

Tokli kesim


Tok otsechkasi (TO) qisqa tutashuvni tezlik bilan uzishni ta’minlovchi tok himoyasining bir turidir.

TO, asosan, manbaga yaqin bo’lgan liniyalarda qo’llaniladi. CHunki bunday liniyalardan katta qisqa tutashuv toklarining uzoq vaqt davomida o’tishi xavfli. MTH bilan TO orasidagi farq ularning tanlash xususiyatini ta’minlash usulidadir.

T O ning tanlash xususiyati uning ishlash zonasini cheklash yo’li bilan amalga oshiriladi, ya’ni u kyoyingi liniyada qisqa tutashuv bo’lganda ishlamasligi kerak. Buning uchun TO ning ishlash toki himoyalanayotgan liniyaning so’nggi nuqtasida qisqa tutashuv bo’lganda himoyadan o’tadigan maksimal tokdan katta bo’lishi kerak. TO ning ishlash zonasi (1.4 –rasm)da ko’rsatilgan.

TO ning ishlash toki

Ihi= Kz Ik.max (1.10)

bu yerda Ikmax - himoya qilinayotgan ob’ektning manba tomonidan hisoblaganda so’nggida qisqa tutashuv. bo’lganda hosil bo’ladigan eng katta tok; Kz - zahira koeffitsienti, RT-40 rele qo’llanilgan bo’lsa,Kz=1,2...1,3.

TO ning sxemasi MTH ning sxemasidan faqat vaqt relesining yo’qligi bilan farq qiladi. TO ning ishlash vaqti tok va oraliq relelarining ishlash vaqtlari yig’indisiga teng bo’lib, odatda, t = 0,04 - 0,06 s ni tashqil qiladi.



1.5-rasm. TO ning ishlash zonasi

O’ta kuchlanishlardan naysimon razryadniklar yordamida himoyalangan liniyalarda TO uchun ishlash vaqti 0,06 - 0,08 s ga teng bo’lgan oraliq relelar olinishi kerak.

TO maksimal qisqa tutashuv toklaridan chetlashtirilganligi sababli minimal qisqa tutashuv rejimida uning ishlash zonasi qisqaradi. Agar TO liniyaning 20% dan ortiq qismini himoya qilsa, uni ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

TO liniyani to’liq himoya qila olmasligi sababli uni asosiy himoya sifatida ishlatish mumkin emas. TO faqat MTH bilan birgalikda ishlatiladi.

TO ishlamasligi mumkin bo’lgan zonani kamaytirish uchun himoyalanayotgan liniyaga hayallash vaqtiga ega bo’lgan TO (1.5-rasm) A1 o’rnatiladi va uning himoya zonasi kyoyingi liniyaning ham bir qismini o’z ichiga oladigan qilib bajariladi. Kyoyingi liniyaga esa darhol ishlaydigan A2 tok otsechkasi o’rnatiladi. Hatijada A1 himoya W1 liniyani to’liq himoya qiladi. Kyoyingi W2 liniyaning boshlanish qismida qisqa tutashuv bo’lganda avval A2 himoya ishlab, A1 himoyaning noto’g’ri ishlashiga yo’l qo’ymaydi.

1.6-rasm. Hayallash vaqtiga ega bo’lgan TO

Darhol ishlaydigan A2 tok otsechkasining ishlash toki quyidagicha olinadi:

IA2hi= Kz IK2.max (1.11)

bu yerda Kz=1,2-1,3 - zahira koeffitsienti; IK2.max - himoyalangan liniya so’ngidagi maksimal qisqa tutashuv toki.

Hayallash vaqtiga ega bo’lgan TO ning ishga tushish toki

IA1hi= Kz IA2hi (1.12)

bu yerda Kz = 1,2-1,3 - zahira koeffitsienti. Uning hayallash vaqti

tA1= tA2 +t (1.13)

bu yerda Dt=0,3…0,6 tanlash pog’onasi.

Darhol ishlaydigan tok otsechkasining hayallash vaqti

tA2=0,06…0,08 s.

Hayallash vaqtiga ega bo’lgan TO ning sxemasi MTH ning sxemasi bilan bir xil.

Hyoytrali yerga ulangan va nyoytrali yerga yoy so’ndiruvchi cho’lg’am orqali ulangan elektr tarmoqlarida bir fazali yerga tutashuv vaqtida nisbatan kichik sig’im toklarigini hosil bo’lishi sababli qisqa tutashuv bo’lib hisoblanmaydi. Fazalar orasidagi kuchlanishga ulangan iste’molchilar normal ishlashda davom etadi. Yerga tutashuvni tezlik bilan uzish talab qilinmaydi. Harakatlanuvchi mexanizmlar, quvvati katta generatorlar, xavfsizlik texnikasi talablariga ko’ra tezlik bilan uzish talab qilinadigan ob’ektlar bundan mustasno.

Nazorat uchun savollar


  1. TO qurilmasini vazifasini tushuntiring.

  2. Turg’un va turg’un bo’lmagan qisqa tutashuvlar vaqtida AQU qanday ishlaydi?

  3. TO qurilmasiga qo’yiladigan asosiy talablarni aytib bering.

  4. Kondensatorning vazifasi nimadan iborat?

  5. Nima uchun qisqa tutashuvdan kyoyin TO qurilmasi darhol ishlashi mumkin emas?



Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish