Elektr energetika


-LABORATORIYА ISHI RELENI TOKLAR AYRIMASIGA ULASH SXEMASI



Download 3,29 Mb.
bet17/20
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#213482
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Laboratoriya ishlari uslubiy qo'llanma - LOTIN

12-LABORATORIYА ISHI

RELENI TOKLAR AYRIMASIGA ULASH SXEMASI


Differentsial himoya tez ishlaydigan va absolyut tanlashga ega bo’lgan himoya hisoblanadi. Differentsial himoyalar bo’ylama va ko’ndalang differentsial himoyalarga bo’linadi. Bo’ylama differentsial himoyalar, asosan, transformatorlar, quvvati katta elektrodvigatellar, generator va uzun bo’lmagan liniyalarda qo’llaniladi. Ko’ndalang differentsial himoyalar esa ikki yoki undan ortiq parallel liniyalarni himoya qilish uchun ishlatiladi.

Elektr uzatish liniyasining boshlanishi II va so’ngidagi III toklarni ko’raylik. Normal rejim va tashqi qisqa tutashuvlar vaqtida, masalan, K1 nuqtada (1.8-rasm, a) bu toklar bir-biriga teng

II=III

Himoyalangan liniyada qisqa tutashuv (K2 nuqtada) bo’lganda (1.8-rasm, b) III=0 bo’lib, tenglik buziladi, ya’ni

II III

Ikki tomondan manbaga ulangan liniyalarda (1.8-rasm, v) ham normal va tashqi qisqa tutashuvlarda toklar teng

II = IIIK1

Himoyalanayotgan liniyada qisqa tutashuv bo’lganda toklar ham qiymat ham yo’nalishi bo’yicha farq qiladi

II IIIK2

Demak, toklar tengligining buzilishi liniyada qisqa tutashuv bo’lganligini bildiradi. Bu belgidan bo’ylama differentsial himoyani bajarish uchun foydalaniladi.

Bo’ylama differentsial himoyani bajarish uchun liniyaning boshlanish va so’nggiga bir xil transformatsiya koeffitsientiga ega bo’lgan tok transformatorlari o’rnatiladi . Ularning ikkilamchi cho’lg’amlaridan o’tadigan toklar normal rejim va tashqi qisqa tutashuvlar vaqtida KA tok relesi (differentsial rele) cho’lg’amidan qarama-qarshi yo’nalishda o’tadigan qilib ulanadi.

Natijada reledan o’tadigan tok nolga teng bo’ladi. Lekin amalda bu tok nolga teng bo’lmaydi. Nobalans toklari hosil bo’ladi. Buning sabablari qo’ydagilar: tok transformatorlarining magnitlash xarakteristikalari ideal bir xil bo’lmaydi; qisqa tutashuv tokida davriy bo’lmagan (aperiodik) toklarning mavjudligi: yuklamasiz kuch transformatori manbaga ulanayotgan vaqtda hosil bo’ladigan magnitlash tokining sakrashi va boshqalar .

Bo’ylama differentsial himoyaning noto’g’ri ishlashini oldini olish uchun nobalans toklari (Inb) hisobga olinishi kerak.

Differentsial relening ishga tushish toki

Iri=KzInb his max/KI (1.14)

bu yerda Kz=1,3-zahira koeffitsienti;

KI- tok transformatorlarining transformatsiya koeffitsienti;

Inb his. max - hisobiy maksimal nobalans toki

Inb his. max= iKapKb Iq.max, (1.15)

bu yerda i=0,1- tok transformatorining xatoligini hisobga oluvchi koeffitsient; Kap- qisqa tutashuv tokining davriy bo’lmagan tashqil etuvchisini hisobga oluvchi koeffitsient, RT- 40 turdagi rele qo’llanilgan bo’lsa 2 ga yoki RNT turdagi rele ishlatilsa 1,3 ga teng; Kb-tok transformatorlarining bir xilligini hisobga oluvchi koeffitsient, agar ular bir xil bo’lsa Kb=0,5 va har xil bo’lsa Kb=1; Iq.max- himoyalanayotgan ob’ektning manba tomondan hisoblanganda so’nggidagi maksimal qisqa tutashuv toki.

2–jadval


Hisoblash

Natijalari



I.nom,A

KI

Ir.ind,A

Ir.el,A

p

t,sek

Idv.i,A






















2–jadval

Tajriba

Natijalari



Ir.ind,A

Ir.el,A

p

t,sek

kI

I.i,A


















5). Tajriba natijalari asosida xulosalar.


Nazorat uchun savollar:
Differensial himoyalari qanday vazifalarni bajaradi?

Nima uchun qisqa tutashuvdan himoya dvigatelini darhol uzishga ishlashi kerak?

Induktsion tok relesi RT–80ning induktsion va elektromagnit elementlarining vazifalari.

O’ta yuklanishdan himoyaning ishga tushish toki va xayallash vaqti qanday aniqlanadi?




Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish