O'zi yozar o'lchash asboblari uzoq vaqt davomida o'lchanayotgan kattalikni yozish va kuzatish uchun qo'llaniladi. Ular faqat sekin o'zgaradigan kattalikni yozish mumkin. O'ziyozar asboblarda o'lchanayotgan kattalikni yozish uchun maxsus tuzilma o'rnatiladi. Harakatchan g'altak bilan bir o'qda yoysimon tutqich o'rnatilgan. Tutqichda qalam va strelka joylashgan. qog'oz tasma bitta charxdan boshqasiga dvigatel yordami bilan to'xtovsiz o'raladi. Natijada qalam qog'oz tasmaning ustida egri chiziq chizadi. Bu egri chiziq o'lchanayotgan kattalikning vaqt bo'yicha o'zgarishini ko'rsatadi.
O'zi yozar o'lchash asboblari elektr stansiyalarda va meteorologiya stansiyalarda har xil parametrlarni uzoq vaqt yozish va kuzatish uchun keng qo'llaniladi.
Tez o'zgaradigan parametrlarni yozish va kuzatish uchun elektron va magnitoelektrik ossillograflar ishlatiladi.
3. Ishni bajarish tartibi. 1. Kerakli asbob uskunalar:
O'A1-Ш1413- rusumli raqamli voltmetr (0-1000V);
O'A2-Н3093-rusumli o'zi yozar voltmetr (0-250V);
O'A3-Э8030-rusumli o'zgaruvchan tok voltmetri (0-250V);
O'A4-M903-rusumli o'zgarmas tok voltmetri (0-450V).
2 . Rasm-5.2 dagi sxemani yig'ing.
3. Manba kuchlanishini 0 dan 250 V gacha o'zgartirib, o'lchash asboblarini ko'rsatishlarini 5.1-jadvalga yozib boring.
4. Olingan natijalarga asoslanib o'lchash hatoliklarini hisoblang va hatolikni kelib chiqish sabalari to'g'risidagi fikringizni o'zing.
5.1-jadval
V1 (V)
V4 (V)
(V)
(%)
5 . Rasm-5.2 dagi sxemani yig'ing.
6. Manba kuchlanishini 0 dan 250 V gacha o'zgartirib, o'lchash asboblarini ko'rsatishlarini 5.2-jadvalga yozib boring.
7. Olingan natijalarga asoslanib o'lchash hatoliklarini hisoblang va hatolikni kelib chiqish sabablari to'g'risidagi fikringizni o'zing.
5.2-jadval
V2 (V)
V3 (V)
(V)
(%)
S i n o v s a v o l l a r i
1. O'lchashlardagi hatoliklarga sabab nima?
2. O'zi yozar o'lchash asboblarini ish prinsipini tushuntiring.
3. Raqamli o'lchash asboblarini afzallik tamonlarini ayting.
4. Elektromexaniq tizim asboblari bilan raqamli o'lchash asboblarini farqi va o'xshashlik tamonlarini ayting.
5. Voltmetrni o'lchash chegarasini qanday oshirish mumkin?
3.4-Tajriba ishi
Mavzu: Elektr usulida harоratni o’lchashni o’rganish
1.Ishdan maqsad
Elektr usulida haroratni o'lchashni va termoparalarni graduirovkalashni o'rganish.
2.Nazariyma'lumotlar Ilmiy tadqiqotlarda, texnologik jarayonlarda, yangi mashina va apparatlarni yaratish va ularni sozlash hamda ish-latish jarayonida ko'pgina noelektrik kattaliklarni elektr usulida o'lchashga to'g'ri keladi. Noelektrik kattaliklar bo'lgan mexaniq, issiqlik va boshqa kattaliklarni o'lchash uchun xizmat qiluvchi elektr asboblari va usullari bir qancha afzalliklarga ega. Ular noelektrik kattaliklarni qiymatinigina emas, balki ularning sifatini ham aniqlash, o'lchash va belgilash imkonini beradi.
Elektr o'lchash usullari va asboblarning afzalliklariga asbob sezgirligini katta oralikda osongina o'zgartirish, juda tez va juda sekinutuvchi jarayonlarni o'lchash va yozib olish mumkinligini, olisda turib o'lchash va natijalarini olis masofalarga uzatish mumkinligini va boshqalarni kiritish mumkin. Haroratni o'lchash uchun termopara va termo qarshiliklardan foydalaniladi. Harorat eng muxim texnologik parametrdir. Termopara va termoqarshiliklar haroratnigina emas, balki boshqa fizik kattaliklar (gaz tarkibi, bosim, zichlik va sarflar) ni bilvosita o'lchash uchun ham ishlatiladi.
Termopara ikki xil metaldan tayyorlangan o'tkazgichlar A va B dan yasalgan. O'tkazgichlarning bir uchi bir-biriga kavsharlanadi, ikkinchi uchi 2 va 3 esa elektr o'lchash asbobla-riga ulanadi. O'tkazgichni kavsharlangan va asbobga ulanadigan uchlaraning haroratlari har xil bo'lsa, termopara va o'lchash asbobidan iborat zanjirda EYUK hosil bo'ladi. O'tkazgichlarning asbobga ulangan uchlarida harorat doimo bir xil bo'lsa, EYUK hamda asbobning ko'rsatish termoparaning kavsharlangan uchlari haroratiga bog'lik bo'ladi.
Termoqarshilik o'tkazgich (yoki yarim o'tkazgich) elektr qarshiligining xaroratga bog'likligiga asoslangan. Termo-qarshilik asosan mis va platinadan yasalgan bo'lib, termopara kabi termoelektrik yurituvchi kuch (EYUK) ishlab chiqarmaydi, balki harorat o'zgarganda o'z qarshiligini o'zgartiradi.