Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘G‘risida



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana21.05.2022
Hajmi1,55 Mb.
#605821
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1193-сон 11.10.2005. Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida

13. TIShLANGANDA YORDAM KO‘RSATISh
Zaharli ilon va hasharotlarning chaqishi. Zaharli ilon va hasharotlar chaqganda bosh aylanishi,
ko‘ngil aynishi, qayt etish, og‘izda quruqlik va achchiq maza seziladi, yurak urishi tezlashadi, qizish,
nafas siqishi va uyquchilik alomatlari paydo bo‘ladi. Alohida og‘ir holatlarda jabrlanuvchida tomir
tortishishi, hushini yo‘qotishi, nafas olishning to‘xtab qolishi mumkin. Chaqqan joyda kuchli og‘riq
paydo bo‘ladi. teri qizaradi, shish paydo bo‘ladi. Ilon chaqqanida yordam ko‘rsatish uchun chaqqan
joydagi zaharni (iloji boricha tezroq) so‘rib tuflab tashlash, hamda zaharning tarqalishini
sekinlashtirish uchun jabrlanuvchining harakatlarini cheklash lozim. Yordam ko‘rsatayotgan odam
uchun zaharni so‘rib tuflab tashlash, hatto uning og‘zida shilingan joylari bo‘lsa ham, xavfli emas.
Chaqilgan oyoqni sog‘lom oyoqqa bint bilan bog‘lab qo‘yish va tagiga bir nima qo‘yib ko‘tarib
qo‘yish kerak. Chaqilgan qo‘lni buklangan holatda mahkamlab qo‘yish lozim. Jabrlanuvchiga
ko‘proq suyuqlik (yaxshisi issiq choy) ichirish kerak. Chaqilgan qo‘l yoki oyoqqa chirmov bog‘lash,
chaqish joyini kuydirish, zaharni yaxshiroq chiqishi uchun terini kesish, jabrlanuvchiga alkogolli
ichimliklar ichirish qat’iyan man etiladi. Jabrlanuvchini davolash muassasasiga jo‘natish kerak. Uni
yotgan holatda olib borish lozim.
Hasharotlar (asalari, ari, tukli ari, qovog‘ari) chaqganida terining ichiga kirib qolgan nishini olib
tashlash, shishgan joyiga “yax” (muz, sovuq solingan idish, sovuq suvga ho‘llangan latta) qo‘yish,
jabrlanuvchiga ko‘proq suyuqlik ichirish kerak. Jabrlanuvchi alkogolli ichimliklar ichishi mumkin
emas, chunki u tomirlarning o‘tkazuvchanligini kuchaytiradi va to‘qimalarda zaharni ushlab qoladi,
bu esa shishlarning kattalashishiga olib keladi.


Hasharotlarning zahariga o‘ta ta’sirchan bo‘lgan (allergiyasi bor) odamlarda hasharotlar
chaqanidan keyin tomog‘i va tili shishishi, hamda anafilaktik shok bo‘lishi (hushidan ketishi, yurak-
tomir, asab tizimi va boshqa organlar faoliyatining buzilishi) mumkin. Bu holda jabrlanuvchiga 1-2
tabletka dimedrol va 20 — 25 tomchi kordiamin ichirish, yon atrofiga issiq suvli gryelkalar qo‘yish va
uni zudlik bilan davolash muassasasiga yetkazish lozim. Nafas olishi qiyinlashsa va yuragi to‘xtab
qolsa, sun’iy nafas oldirish va yurakka tashqi massaj qilish zarur.
Hayvonlarning tishlashi. Har qanday hayvon tishlaganida, u tashqi ko‘rinishida sog‘lom bo‘lib
ko‘rinsa ham, hayvon shikastlagan yara joyi va shilingan joylarning atrofidagi terini yod bilan artish
va steril bog‘lam qo‘yish lozim. Jabrlanuvchini quturishga qarshi emlanishi uchun davolash
muassasasiga yuborish kerak.
Quturgan hayvonning so‘lagi terisiga, burniga, ko‘ziga yoki og‘ziga tushgan odamni ham
shifokorga yuborish kerak.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish