Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘G‘risida


 HUShSIZLIKDA, ISSIQLIK VA QUYoSh NURIDAN JAROHATLANIShDA YORDAM KO‘RSATISh



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana21.05.2022
Hajmi1,55 Mb.
#605821
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1193-сон 11.10.2005. Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida

11. HUShSIZLIKDA, ISSIQLIK VA QUYoSh NURIDAN JAROHATLANIShDA YORDAM KO‘RSATISh
Behushlik — bu to‘satdan, miyadan qonning ketib qolishi sababli qisqa vaqtga (bir necha
soniyadan bir necha daqiqagacha) hushni yo‘qotishdir. Odatda, behush bo‘lishdan oldin bosh
aylanadi, ko‘z-oldi qorong‘ulashadi, qulog‘i shang‘illaydi, ayrim hollarda ko‘ngil aynaidi va qayt etadi.
Behushlik qattiq qo‘rquv, kuchli og‘riq, qon ketishi, tananing yotgan holatdan tikka holatga keskin
o‘tishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin.
Behushlikda jabrlanuvchi qattiq terlaydi, qo‘l-oyoqlari muzlaydi, pulsi tez-tez uradi va uning
ovozi sekin chiqadi, nafas olishi sirtqi bo‘ladi, teri qatlamlari oqaradi.
Yordam ko‘rsatganda jabrlanuvchini boshi tanasidan pastroq turadigan qilib chalqancha
yotqizish, nafas olishda siquvchi kiyimining tugmalarini echish, toza havo kelishini ta’minlash,
yuziga sovuq suv sepish, nashatir spirtiga ho‘llangan paxtani hidlatish, yuziga shapatilab urish
lozim. Behush holatdagi jabrlanuvchi qayt qilishi mumkin, shuning uchun uning boshini yon


tomonga burib qo‘yish kerak. Uning boshiga muz va ho‘llangan latta qo‘yish kerak emas.
Jabrlanuvchi hushidan ketishidan oldingi holatida unga sovuq suv yoki issiq choy berish lozim.
Issiqlik va quyosh nuridan jarohatlanish organizmning qattiq isib ketishi va buning oqibatida
miyaga qon quyilishi sababli sodir bo‘ladi. Bu organizmdagi issiqlik balansi buzilib, tashqaridan
keladigan issiqlik va organizmda hosil bo‘ladigan issiqlikning chiqishi qandaydir sabablarga ko‘ra
qiyinlashganda yuz beradi. Atrof-muhitning ko‘tarilgan harorati, uning o‘ta namligi, suv
o‘tkazmaydigan (rezinalashtirilgan, brezent) kiyimlar organizmga issiqlikni salbiy ta’sir etishiga
sabab bo‘ladi. Og‘ir jismoniy ish, mastlik, kam uxlashlik, suv ichish va ovqatlanish rejimining
buzilishi ham issiqlikni ta’sirida organizmning qizib ketishiga sabab bo‘ladi.
Issiqlik ta’sirida jarohatlanganda odamning ahvoli yomonlashadi, o‘zi bo‘shashadi, kuchli
qizish seziladi, teri qizaradi, kuchli ter chiqishi (ter tomchi-tomchi bo‘lib oqadi), yurakning urishi
tezlashadi, nafas siqadi, pulsi tezlashadi, chakada og‘irlik seziladi, bosh aylanadi, bosh og‘riydi,
ko‘ngil ayniydi, gohida qayt etishi mumkin. Tananing harorati 38 — 40°S gacha ko‘tariladi. Pulsning
tezligi bir daqiqada 100 — 120 urishgacha yetadi.
Issiq urishi issiqlikni organizmda o‘ta to‘planishi (tananing harorati 41-42 ,S va undan yuqori)
hususiyatiga ega bo‘lib, insonning ongi xiralashadi va hatto hushidan ketishi mumkin, turli guruh
mushaklarining uvishib qolishi, nafas olish va qon aylanishining buzilishi ro‘y beradi.
Gallyutsinatsiyalar, alahsirash paydo bo‘lishi mumkin. Teri qurib va qizib ketadi, til ham quruq bo‘lib,
pulsi ipsimon va notekis uradi.
Agar issiq urganda o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa, odam o‘lib qolishi mumkin. Nafas olish
va qon aylanish tizimlarining buzilishi o‘limga olib kelishi mumkin.
Oftob urishi odam boshiga hech narsa kiymay uzoq vaqt davomida bevosita quyosh nurlari
ostida bo‘lganida sodir bo‘ladi. Oftob urishining alomatlari xuddi issiq urishi alomatlari bilan bir xil
bo‘ladi.
Issiq yoki oftob urganida quyidagicha yordam ko‘rsatiladi: jabrlanuvchini zudlik bilan salqin
joyga olib o‘tish; boshini tagiga buklangan kiyimdan yasalgan yastiqchani qo‘yib chalqancha
yotqizish; kiyimlarini tugmasini echib bo‘shatish yoki kiyimlarini echish; boshi va ko‘kragini sovuq
suv bilan xo‘llash; boshiga (peshonasi, boshini tepasi, gardaniga) hamda qon tomirlar ko‘p o‘tgan
joylari: butiga, o‘mrov suyagi ostiga, qo‘ltig‘ining tagiga, va tizza ostiga sovuq suvga ho‘llangan latta
yoki muz qo‘yish lozim.
Agar odam hushini yo‘qotmagan bo‘lsa, unga achchiq sovuq choy yoki sovuq tuzli suv ichirish
kerak. Jabrlanuvchining nafas olishi qiyinlashgan bo‘lsa va pulsi aniqlanmasa, reanimatsion chora-
tadbirlarning barchasini; sun’iy nafas oldirish va yurakka tashqi massaj o‘tkazishni bajarish kerak.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish