Yaratilish bosqichi va element asosi bo’yicha avlodlar - 4-avlod, 1980-90-yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi kompyuterlar, ulaming asosi - mikroprotsessorlardir (bitta kristalda o‘n mingtalab - millionlab aktiv elementlar mavjud). Katta integral sxemalarda aktiv elementlar shunchalik zich joylashtirilganki, 1- avlod kompyuterining barcha elektron qurilmalari 100 - 150 m2 maydonni egallagan bo‘lsa, hozir 1,5 - 2 sm2 maydonni egallovchi bitta mikroprotsessorga joylashtirilgan, Juda katta integral sxemalardagi aktiv elementlar o‘rtasidagi masofa 0,032 - 0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish uchun, odamning soch tolasining qalinligi bir necha o‘n mikronga teng).
Do'stlaringiz bilan baham: |