Tizim tushunchasi Hozirgi davrda fan va texnikada ko’p qullaniladigan tushunchalardan biri tizimdir. Tizim - yunoncha so’z bo’lib, tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik degan ma‘noni anglatadi. Tizimlarni ularning turli belgilariga qarab turkumlash mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavhum bo’lishi mumkin (mavhum – inson ongi ma‘suli). Moddiy tizimlar Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob‘ektlar to’plamidan tashkil topadi. O’z navbatida moddiy tizim anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlardan asosiy o’rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o’rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |