Diniy konfessiyalar
1. Islom (O’zbekiston musulmonlar idorasi), 2. Pravaslavlik (Toshkent va O’zbekiston eparxiyasi), 3. Katoliklik (Rim katolik cherkovi), 4.Lyuteranlik (Nemis lyuteran cherkovi), 5. Arman- apostol cherkovi. 6. Pyatidesyatniklar (To’lik injil xristianlari), 7. Baptistlar(Evangil-xristian baptistlar cherkovi), 8. Novoapostol cherkovi, 9. Ettinchi kun adventistlari, 10. Golos bojiy, 11. Eogovo shohidlari, 12. Koreys protestant cherkovlari, 13 YAhudiylik, 14. Bahoiylik, 15. Krishnani anglash jamiyati, 16. Buddaviylik.
Missionerlik va prozelitizm xavfining bartaraf etilishi:
Missionerlik va prozelitizm din bilan bog’liq holda shakllangan va mutaassiblikka asoslangan hodisalar hisoblanadi. Missionerlik so’zi lotin tilidagi “missio” fe’lidan olingan bo’lib, “yuborish”, “vazifa topshirish”, missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlikning maqsadi hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydiganlar yoki boshqa dinlarga mansub shaxslarni muayyan dinga kirishga da’vat etishdir. Aslida esa ko’pgina missionerlar muayyan ijtimoiy guruhning siyosiy maqsadlarini amalga oshirishni o’z oldilariga vazifa sifatida qo’yadilar.
Missionerlikning o’ta faol ko’rinishi prozelitizmdir. Prozelitizm biron bir dinga mansub insonlarni ruhiy va turli xil ta’sir usullari orqali o’z dinidan voz kechtirish va o’zga dinni qabul qilishga erishishdan iborat. Buning oqibatida ta’sirga tushgan insonlar yangi qabul qilgan dinining g’oyalarini barcha narsadan ustun qo’yishga intiladilar
Ma’lumotlarga ko’ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini xristian missionerlari tashkil etadi. Xususan, protestantlik zamonaviy missionerlikning asosiy homiysi qolmoqda. Ularning faoliyati ko’plab davlatlarda katta muvafaqiyat keltirgan. Hozirgi kunda Janubiy-SHarqiy Osiyodagi an’anaviy ravishda buddaviylikka e’tiqod qilib kelgan ayrim mamlakatlar aholisining katta qismi yoki aksariyati xristianlikka e’tiqod qilishi ana shu zafarli yurishlarning natijasidir.
Xususan, hozirgi kunda dunyoda missionerlar o’z tashkiliy asoslarini yaratishda ko’pincha nashriyotlar, xayriya va nodavlat notijorat tashkilotlar maqomidan foydalanishga urinishmoqda. Bundan tashqari ba’zi tashkilotlar tibbiy uyushmalar niqobi ostida ham faoliyat olib borishmoqda.
Missionerlar sanoat korxonalari joylashgan hududlarda ishchilar va vaqtincha ishsizlar hamda xususiy tadbirkorlar bilan ishlashga ham alohida e’tibor bera boshlaganlarini ta’kidlash zarur.
Ziyolilarning turli qatlamlari ichida san’at sohasi xodimlari, kutubxonachilar, o’rta maktab o’qituvchilari, turli idoralar xizmatchilari faol missionerlik targ’iboti ob’ekti sifatida tanlanayotganini ham qayd etish lozim.
Missionerlik harakatlari milliy ma’naviy barqarorlikka jiddiy tahdidlarni kutish mumkin. Zero, ko’pgina mamlakatlarda missionerlik va prozelitizm harakatlari shaxsiyat va intellektual tanazzul, boshqalar irodasiga ko’r-ko’rona bo’ysunish, individuallikning yo’qolishi va uning o’zga mazmun bilan to’ldirilishi, taraqqiyotdan to’xtash, moddiy yo’qotishlar, insonlarning hayoti, ma’naviy dunyoqarashi va sog’ligiga salbiy ta’sir etuvchi holatlarni keltirib chiqarishi ko’zatilgan. SHu bois, mamlakatimizda missionerlik va prozelitizm faoliyati qonun bilan ta’qiqlab qo’yilgan.
“Missionerlik” tushunchasi ilmiy adabiyotlarda turlicha ta’riflanadi. Jumladan, “O’zbekiston milliy ensiklopediya”sida Missionerlik (lot. Mission - junatmoq)” mubashshirlik – biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ’ib qilish. Missiya – 1) muayyan topshiriq bilan boshqa mamlakatga yuboriligan vakillar; 2) bir davlatning boshqa davlatdagi (elchixonadan farqli ravishda) vakili tomonidan boshqariladigan doimiy diplomatik vakolatxonasi1.
|
Turli lug’atlar va manbalarda missionerlikka ko’plab ta’riflar berilgan. Ularning deyarli barchasida missionerlikka xos xususiyatlar tavsiflanishi barobarida, bu so’z asosan xristian dini bilan bog’lanadi. Jumladan,har yili qayta nashr etiladigan «World Book» (“Jahon Uslubiy qo’llanmai”) ensiklopediyasida “Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o’z diniga targ’ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”, - degan fikr qayd etilgan. Moskva shahrida nashr etilgan “Kirill va Mefodiyning katta ensiklopediyasi”da esa «Missionerlik biror diniy birlashma vakillarining o’z e’tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish harakati», -degan ta’rif keltirilgan.
Umuman olganda, turli lug’atlar va manbalarda bayon etilgan ta’riflar bib-biriga juda yaqin va o’xshash bo’lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: missionerlik - bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ’ib qilishni anglatadi.
«Prozelitizm» tushunchasi ham missionerlik bilan bevosita bog’liq bo’lib, prozelit – yunoncha («kelgindi»)2 yangi mazhabni qabul qilgan kishi, prozelitizm – bir e’tiqoddagi kishini boshqa e’tiqodga o’tkazishga urinish ma’nosini bildirib3, «- bu biror bir dinga ishongan fuqaroni o’z dinidan voz kechishga va o’zga dinni qabul qilishga to’g’ridan to’g’ri majbur qilishdir»4
|
Prozelitizmning asosiy maqsadi dunyoga xristianlikni (masihiylikni) missionerlik yo’li (lotincha missio-topshiriq) bilan yoyish, kishilarni unga o’tkazish bo’lib, bunda mazkur din butun insoniyat uchun birdan-bir eng zamonaviy informatsion texnologik vosita, usullar ishga solinadi. Bunda kishilar ruhiyati, ongiga psixologik, neyrolingvistik ta’sir ko’rsatishga alohida e’tibor beriladi5. U o’z mohiyatiga ko’ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlarni ayrim hayotiy misollarda ham ko’rish mumkin. Xususan, bizga qo’shni bo’lgan ayrim davlatlarda xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda jasadni qabristonga qo’yish bilan bog’liq muammolar kelib chiqmoqda. Mayitning musulmon ota-onalari o’z farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar esa xristian dini vakili jasadini o’z musulmon birodarlari yotgan joyga qo’yishni istamaganliklari natijasida kelishmovchiliklar yo’zaga kelmoqda.
SHuningdek, xristian dinini qabul qilgan kishi o’z o’g’lini xatna qildirishni xohlamagani, uning otasi esa, o’z nabirasini musulmon urf-odatlariga ko’ra xatna qildirishni istagani tufayli ota-bola o’rtasida janjallar kelib chiqqani ham ma’lum.
Xristian yoki boshqa dinni qabul qilgan qizning turmushga chiqishi ham muammoga aylanmoqda. Oilada qizning ota-onasi musulmon. Albatta, ular o’z qizlarini musulmon kishiga turmushga chiqishini istaydilar. Ammo xristian dinidagi qizga musulmon kishining uylanishi amri mahol.
YUqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning o’zi ham missionerlik va prozelitizm harakatlari boshqa dinni qabul qilgan tub millat vakillari oilalarida nizolar va janjallarning avj olishiga hamda xristianlikning ayrim yo’nalishlari vakillariga nisbatan dushmanlik hissiyotlarining paydo bo’lishi orqali dinlararo nizolarni kelib chiqishiga zamin yaratishi mumkinligini yaqqol tasavvur qilish imkonini beradi.
Missionerlar faoliyati natijasida xristianlik 400-500-yillarda Afrikada mustahkam o’rnashib oldi va o’z davri uchun ancha qudratli bo’lgan masihiy qirolliklar paydo bo’ldi. Ulardan eng mashhuri Habashiston imperiyasi edi. Ushbu qirollik katta hududlarni, hatto Arabiston yarim orolining janubini bosib olgan va arablarni masihiylikka o’tkazish uchun, o’sha paytlarda ham muqaddas hisoblangan Makka shahrini vayron qilmoqchi bo’lgan.
Papa Buyuk GregoriVII asrda Avgustin boshchiligida Britaniyaga missionerlarni jo’natadi. SHu tariqa missionerlik keng jug’rofiy ko’lam kasb etib bordi.
Missionerlik rivojlanib borgani sari tegishli g’oyaviy-nazariy va tashkiliy asoslar ham yaratib borilgan. Xususan, 1662 yilda Papa Grigoriy XV katolik missionerlariga rahbarlik qilish uchun Diniy targ’ibot kongregatsiyasini (1968- yildan Xalqlarni “Injil”ga e’tiqod qildirish kongregatsiyasi) ta’sis etgani fikrimizning isboti bo’la oladi. Rim Papasi Piy XII 1957-yilda missionerlikka da’vat ruhi bilan sug’orilgan “Fideyi Donum” (italyancha- “E’tiqod in’omi”), Ioann XXIII 1959-yilda “Prinseps postorum” (italyancha- “Yo’lboshchilar uchun nizom”), Pavel VI 1967-yilda “Populorum progressio” (italyancha - “Xalqlarning rivojlanishi”) nomli nomalarni e’lon qilgani hamda II Vatikan soborida (1962-65) missionerlik masalalariga bag’ishlab maxsus dekret ishlab chiqilgani ham bu yo’ldagi ishlar tadrijiy tashkil etilganini ko’rsatadi.
XX asrga kelib, o’z holicha missionerlik bilan shug’ullangan tashkilotlarni birlashtirish yo’lida harakatlar boshlab yuborildi va ilk xalqaro protestant missionerlik to’zilmalari shakllantirildi. Birinchi butunjahon protestant missionerlari konferensiyasi 1910-yilda SHotlandiyaning Edinburg shahrida bo’lib o’tdi. Keyinroq esa «Xalqaro missiyalar kengashi» to’zildi. Bu kengash «Butunjahon cherkovlari kengashi»ga a’zo bo’lib, protestant missionerligining faoliyatini yo’naltirib turuvchi asosiy tashkilot hisoblanadi.
Missionerlik muassasalari yirik kapital va erlarni tasarruflariga olib, o’z mamlakatlari siyosatini o’tkazishda faol ishtirok etdilar. Ma’rifat tarqatish, tibbiy yordam ko’rsatish ishlarini monopollashtirib olib, shu yo’l bilan xristianlik targ’ibotini kuchaytirdilar.
Hozirgi kunda missionerlar o’z tashkiliy asoslarini yaratishda asosan nashriyotlar, xayriya va nodavlat notijorat tashkilotlari maqomidan foydalanishmoqda. Bundan tashqari ba’zi tashkilotlar tibbiy uyushmalar niqobi ostida faoliyat olib borishmoqda.
O’rganish “Aksels” (“Accels”) xalqaro tashkiloti AQSH Kongressi tomonidan moliyalashtirilgan dasturga binoan MDH mamlakatlaridan AQSHga yuborilgan talaba va o’quvchilarni dindor amerikaliklarning oilalariga joylashtirish va shu yo’l bilan bir yil davomida ularni prozelitlarga aylantirishdek maqsadlarni ko’zlab faoliyat olib borganini ko’rsatadi. Mazkur misol missionerlik bilan shug’ullanadigan tashkilotlar e’tiqodiy o’zgartishlar ob’ekti qilib tanlangan davlatlarga o’z hukumatlari qo’llab-quvvatlashiga tayanib, kirib borishga harakat qilayotganliklarini ham ko’rsatadi.
Missionerlik bugun sertarmoq soha hisoblanadi. Hozirda missionerlar kirib bormagan jabha, ular faoliyat yuritmayotgan mamlakat dunyoda topilishi qiyin.
Konkret mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan g’arazli maqsadlar yo’lida foydalanishga harakat qilish zamonaviy missionerlikning eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |