19-modda. Diniy adabiyot va diniy maqsadlarga mo’ljallangan buyumlar.
Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari diniy maqsadlarga mo’ljallangan buyumlar, diniy adabiyotlar va diniy mazmundagi boshqa axborot materiallarini O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartida ishlab chiqarilgan, eksport va import qilishga hamda tarqatishga haqlidir.
CHet elda nashr etilgan diniy adabiyotlarni olib kelish va tarqatish, ularning mazmuni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertizadan o’tkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari tegishli litsenziya olgandan so’ng diniy ibodat buyumlarini ishlab chiqarish va tarqatish huquqiga faqat ularga ega bo’ladilar.
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan matbaa nashrlarini, kino, foto, audio deb mahsulotlarini va shu kabi boshqa mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish qonun hujjatlariga muvofiq javbgarlikka tortishga olib keladi.
20-modda. Diniy tashkilotlarning xayriya faoliyati.
Diniy tashkilotlar xayriya va mehr-muruvvat faoliyatini amalga oshirishga haqlidir.
21-modda. Diniy tashkilotlarda mehnatga oid huquqiy munosabatlar.
Diniy tashkilotlarda mehnat shartnomalari (kontraktlari) bo’yicha ishlayotgan fuqarolarga O’zbekiston Respublikasining mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarini tadbiq etiladi.
22-modda. Diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari.
Diniy tashkilotlar muqaddas joylarni ziyorat qilish yoki boshqa diniy tadbirlarda ishtirok etish maqsadida qonun hujjatlargi muvofiq xalqaro aloqalar o’rnatish va olib borishga haqlidir.
23-modda. Qijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini bzganlik uchun javobgarlik.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonunni bo’zgan mansabdor shaxslar, diniy tashkilotlarning xizmatidagilar va fuqarolar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
Konstitutsiyada hurfikrlilik, vijdon va diniy e’tiqod erkinligi masalalariga katta e’tibor berilgan. Unda dinning tarbiyaviy ahamiyatiga yanada ko’proq e’tibor berilishi lozimligi ko’rsatilgan.
O’zbekistonning mustaqillikka erishishi tufayli dinga bo’lgan munosabatdagi ijobiy o’zgarishlarni qo’yidagi faktlarda ko’rish mumkin. 1990-yilda Respublikada 119 ta diniy tashkilot mavjud bo’lgan bo’lsa,
2019-yilga kelib esa, 2241 ta diniy tashkilot faoliyat ko’rsatdi. Ular O’zbekiston musulmonlari, xristian dinining provaslaviya, protestantizm, iudaizm va boshqa tashkilotlardir. Respublikamizda 92 % musulmonlarga mansub aholi, 7 % provaslavlar, qolgan 1 % turli xil dinlarga e’tiqod qiluvchi aholi yashaydi. Umuman mamlakatimizda 16 ta diniy konfensiyalar fikrlar xilma xilligida asosida ish olib boradi.
|
“Konfessiya” so’zi (lotincha – “konfessio”) o’zbek tiliga aynan tarjima qilinganda “E’tiqod qilish” degan ma’noni anglatadi. Diniy konfessiya deganda muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o’ziga xos xususiyatlarga ega e’tiqod va bu e’tiqodga ergashuvchilar uyushmasidir. Ular,
Do'stlaringiz bilan baham: |