zamonaviy missionerlikni belgilangan maqsadlarning mohiyatidan kelib chiqib, shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin.
Birinchi guruhga missionerlikni o’ziga xos biznesga, shaxsiy boyish manbaiga aylantirgan tashkilotlarni kiritish mumkin. Bunday tashkilotlar asoschilari e’tiqod qiluvchilar sonini ko’paytirishdan ularning mulki va boyligiga egalik qilish hisobiga o’zlarining moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash va kengaytirishdek maqsadlarni ko’zlaydilar. Zamonaviy sektalarning mutlaq ko’pchiligini shu guruhga kiritish mumkin.
Ikkinchi guruhga missionerlikdan siyosiy qurol sifatida foydalanayotgan tashkilot va uyushmalarni kiritish mumkin. Bunday guruhlar ortida muayyan hududlarga nisbatan o’zining aniq geosiyosiy rejalariga ega bo’lgan davlatlar va siyosiy kuchlar turishi bugungi kunda hech kimga sir emas.
|
YUqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning o’zi ham missionerlik va prozelitizm harakatlari boshqa dinni qabul qilgan tub millat vakillari oilalarida nizolar va janjallarning avj olishiga hamda xristianlikning ayrim yo’nalishlari vakillariga nisbatan dushmanlik hissiyotlarining paydo bo’lishi orqali dinlararo nizolarni kelib chiqishiga zamin yaratishi mumkinligini yaqqol tasavvur qilish imkonini beradi.
Sotsial va milliy masalalarni o’rganuvchi Rossiya mustaqil instituti tomonidan o’tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarga ko’ra Rossiyada islom va xristianlik o’rtasida murosasilik prozelitizm negizida kuchayib bormoqda va bu hol 16-18 yoshga kirganlarda keksa avlod vakillariga nisbatan 1,5-4 marta yuqoridir6.
Prozelitizm hozirgi o’tish davrida «Musulmon birodarlari», «Xisbut-tahrir», «Akromiylar» tashkilotlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mamlakatlarida ijtimoiy-siyosiy vaziyatni keskinlashtirishning omili bo’lib xizmat qilmoqda.
SHu bois qisqa vaqt ichida mamlakat shimolidagi aholining aksariyat qismi tobora xristianlashib bormoqda. O’z vaqtida bir qator mutaxassis, analitiklar agar Qirg’izistondagi prozelitizm muammosi echimi bo’yicha qat’iy chora-tadbirlar ko’rilmasa, bu hol mamlakatda ijtimoiy-siyosiy baqarorlikni keltirib chiqarish haqida ogohlantirgan edilar7.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ham Rossiyaning «Nezavisimaya» gazetasining muxbiriga bergan intervyusida Qirg’izistonda G’arb ta’siri ostida to’ntarish – «zarg’aldoq inqilobi» ro’y berishi mumkinligini bashorat qilgan edi»8 va buning qanchalik haqiqat ekanligini hayotning o’zi ko’rsatib berdi – shunday inqilob oradan ko’p vaqt o’tmasdan ro’y berdi.
Prozelitizm muammosi O’zbekistonda ham mavjud bo’lib, u hozircha o’zining echimini talab etuvchi engdolzarb masala sifatida namoyon bo’lgan emas. Lekin uning xavfidan ko’z yumib bo’lmaydi. Mazkur muammoning mamlakatimizda paydo bo’lishi o’tish davrida yo’zaga kelgan mafkuraviy bo’shliq va buning natijasida kirib kelib «Xisbut-tahrir», «Musulmon birodarlari» kabi diniy-ekstremistik tashkilotlarning faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. Zotan, ushbu diniy-ekstremistik tashkilotlar xristianlikka jihod (muqaddas urush) e’lon qilish orqali jahon miqyosida xalifalik-islomiy mafkura bilan ish ko’ruvchi davlat tizimini o’rnatishdek shovinistik g’oyani ilgari suradilar.
Missionerlik, prozelitizm hozirgi paytda o’z maqsadlari yo’lida turli xil uslublarni ishga solmoqdalarki, bulardan kishilarimiz ayniqsa, yoshlarimiz yaxshi xabardor bo’lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |