86
6.4-rasm.O‘zbekiston Respublikasida 2013 — 2018-yil ikkinchi
choragida avtomobil transportida yo‘lovchi aylanmasi hajmi dinamikasi
6.4-rasmdan ko‘rinib
turibdiki, yo‘lovchi aylanmasi 2013-2017yillar
davomida muttasil o‘sib borgan.Bu ko‘rsatkichlar xususiy yo‘lovchi tashuvchi
avtokorxonalar tomonidan amalga oshirilgan.
Xususiy avtomobilda tashuvchi korxonalar tomonidan yo‘lovchilarni
tashish
jarayonida ularning xavfsizligini ta’minlash muammosi bugungi kunda juda
dolzarbligicha qolmoqda. 2017 yilda Qozog‘iston
Respublikasining Aktyuba
viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi (YTH) oqibatida o‘zbekistonlik 52
nafar fuqoraning halok bo‘lishi, Rossiya Federatsiyasining Vladimir oblastida
sodir bo‘lgan YTH oqibatida o‘zbekistonlik 17 nafar fuqoramizning halok bo‘lishi
yo‘lovchi tashuvchi avtomobil transporti korxonalarida
harakat xavfsizligini
ta’minlash nihoyatda dolzarb ekanligini yana bir bor ko‘rsatib turibdi
(ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari manbasidan olingan).
Xususiy yo‘lovchi tashuvchi avtotransport korxonalarida harakat xavfsizligi
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodim mutaxassisligi sohaga to‘g‘ri
kelishi va u
albatta, “Uzavtotrans” agentligi avtomobil transporti xodimlarini tayyorlash va
malakasini oshirish markazida malakaviy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
Bu tayyorgarlik dasturi 10 soat ma’ruza va 14 soatlik amaliy mashg‘ulotdan iborat
87
bo‘lib, quyidagi "Yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘l harakati qoidalari "
moduli
bo‘yicha mavzularni o‘z ichiga oladi:
1-mavzu. Yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘l harakati qoidalari
2-mavzu. Yo‘l-transport hodisalaridan va ularning kelib chiqish sabablari.
3-mavzu. Haydovchilarni mehnat qilish va dam olishlarini tashkil etish
4-mavzu. Transport vositasining xavfsizligi.
Modul bo‘yicha mustaqil ish quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:
-yo‘l transporti xodisasi sodir bo‘lganda haydovchilarning vazifalari. -yo‘l
harakati qoidalari xalqaro konvensiyasi to‘g‘risidagi ma’lumot.
-yo‘l-transport hodisalarining turlari.
-yo‘l-transport hodisalarini tahlil qilish usullari.
-yo‘l-transport hodisalarini ro‘yhatga olish tizimi.
-haydovchilarning ish rejimi.
-haydovchining transport vositasini kunlik boshqarish bo‘yicha me’yorlar. -
haydovchining kunlik dam olish bo‘yicha me’yorlar.
- transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar.
-uzoq yo‘nalishga chiquvchi transport vositalari ekipajlariga qo‘yiladigan
talablar.
-analogli taxograflar va ularning vazifalari kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: