83
Respublikada bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan
islohotlar natijasida
nodavlat sektorning yo‘lovchilar va yuklarni tashishdagi ulushi yil sayin ortib
bormoqda. Hozirgi kunda yo‘lovchilarga avtomobil transporti xizmatlarini
ko‘rsatishdagi ulushining deyarli 90 foizi va yuk tashishdagi ulushining 100 foizi
ushbu nodavlat sektor tomonidan amalga oshirilmoqda.
Islohotlar samaradorligini esa avtomobil transporti faoliyatining quyidagi
ko‘rsatkichlariga qarab baxolash mumkin:
Davlat
statistika
qo‘mitasidan
olingan
ma’lumotlarga
ko‘ra,
2018-yilning 1-choragi yakuni bo‘yicha respublikaning barcha avtomobil
transporti vositalari bilan jami 208.3 mln. tonna yuk va 1 mlrd. 276 mln. yo‘lovchi
tashilib, ushbu ko‘rsatkich 2017-yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 104.8
va 102.0 foizni tashkil etdi.
YUk aylanmasi 2 mlrd. 673 mln. tonna km.ni (2017-yilga
nisbatan
103.2 foiz), yo‘lovchilar aylanmasi esa 26 mlrd. 754 mln. yo‘lovchi km.ni (2017-
yilga nisbatan 102.4 foiz) tashkil qildi.
Agarda
avtomobil
transporti
faoliyatining
oxirgi
o‘n
yil
(2007-2017-yillar) davomidagi asosiy ko‘rsatkichlarini qiyoslasak, unda 2018-
yilning 1-choragida tashilgan yo‘lovchilar soni 2007-yilning shu davriga nisbatan
qariyib 1,29 barobarga va yuk tashish xajmi 1,41 barobarga o‘sgan.
YUk tashish jarayonini takomillashtirish yuzasidan aniq tadbirlar
ko‘rilganligi natijasida, avtomobil transporti vositalari
bilan respublikada
etishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashishda, qurilish va
obodonlashtirish hamda neft-gaz kompleksi qurilishi ishlarida yuklarini tashish
hajmlari o‘smoqda.
2018-yilning 1-choragi yakuniga ko‘ra, barcha turdagi (temir yo‘l, xavo,
quvur va elektr) transportlarda amalga oshirilagan tashuvlar hajmlari ichida
avtomobil
trasportining ulushi, yo‘lovchi tashishda 98.2 foizga va yo‘lovchi
aylanmasining 90.1 foiziga to‘g‘ri keladi. Tashilgan yuk xajmi va yuk aylanmasi
bo‘yicha avtomobil transportining solishtirma ulushi esa mos ravishda 86.1 va
16.5 foizga teng.
84
Mamlakatimizda asosan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan
(“Dji em O‘zbekiston” KK, “Samavto” MCHJ, “JV MAN Auto - Uzbekistan”
MCHJ KK zavodlari) xamda Rossiya, Belarus va uzoqxorij mamlakatlari
(Germaniya,
Janubiy Koreya, Xitoy) zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan
avtomobillar ishlatilmoqda. Ayniqsa, keyingi paytda tashuvchilar o‘z transport
vositalari parkini yangi va zamonaviy ulovlar bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda.
Xususan, Samarqand avtomobil zavodida zamonaviy avtobuslar xamda katta va
kichik xajmli yuk avtomobillari ishlab chiqarilayotgani tashuvchilarga juda qo‘l
kelmoqda.
2000-yilda respublika bo‘yicha 2032 ta yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlari faoliyat
ko‘rsatgan bo‘lsa, 2018-yilning 1-aprel xolatiga yo‘nalishlar soni 2349 taga oshib,
4381 tani tashkil etdi.
Avtomobil transporti xizmatlari bozorida raqobat
muhitini shakllantirish va
barcha tashuvchilarga teng sharoit yaratib berish bo‘yicha viloyat va shahar
hokimiyatlaridagi Komissiyalar hamda Agentlik qoshidagi Idoralararo Komissiya
tomonidan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochik tender tanlovlari orqali
joylashtirilmoqda.
2018 yilning I-choragi davomida respublika bo‘yicha jami 19 ta ochiq tender
o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 177 ta yo‘lovchi tashish bo‘yicha yo‘nalishlar
joylashtirilgan. SHundan 20 ta shahar ichidagi yo‘nalishlarini joylashtirish
bo‘yicha 3 ta tender, 135 ta shaxar atrofi va 16 ta shaxarlararo-viloyatlar ichidagi
yo‘nalishlarni joylashtirish bo‘yicha 15 ta tender, 6 ta
shaxarlararo-viloyatlararo
yo‘nalishlarni joylashtirish bo‘yicha 1 ta tender o‘tkazilgan.
Avtomobil trasporti xizmatlari va servisni rivojlantirishning bashorat
ko‘rsatkichlarini bajarish, axoliga, xususan qishloq axolisiga ko‘rsatilayotgan
avtomobil transporti xizmatlari va servis darajasi va sifatini oshirish doirasida
yo‘nalishli transport tarmog‘i rivojlanmoqda,
xisobot davrida ochilishi
rejalashtirilgan 8 ta yo‘nalish o‘rniga 10 ta yo‘nalishning faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
2018-yilning yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha 11 ta tashuvchi
tomonidan 45 ta (shundan - 14 tasi lizing, 28 tasi bank krediti va 3 tasi
85
tadbirkorning o‘z sarmoyasi xisobidan) “Isuzu” rusumli avtobuslar xarid qilindi va
ular yo‘nalishlarda aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari, xisobot davrida tashuvchilar tomonidan tijorat asosida
foydalanish maqsadida 96
ta yuk avtomobili, 15 ta mikroavtobus va 170 ta
(shundan 86 tasi “Damas” rusumli) engil avtomobillari sotib olindi.
SHuningdek, korxona yoki tadbirkorlar tomonidan yil davomida avtovokzal
va avtostantsiyalarni rekonstruktsiya kilish, qurish va jihozlash uchun kiritilgan
investitsiyalar mikdori 4.3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
2018-yilning 1-choragi davomida avtomobil transporti sohasiga tadbirkorlik
sub’ektlari tomonidan kiritilgan jami investitsiya miqdori qariyib 64.2 mlrd.
so‘mni tashkil qilib, 2017-yilga nisbatan 24.8 mlrd. so‘mga ortdi.
Me’yoriy-huquqiy bazasini shakllantirish va institutsional o‘zgarishlar
bo‘yicha O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan hisobot davri
davomida 5 ta me’yoriy - huquqiy xujjat ishlab chiqilib, amalga joriy etilgan.
SHuningdek, vazirlik va davlat idoralari tomonidan ishlab chiqilgan 14 ta
me’yoriy - xukukiy xujjatlar ekspertiza kilinib, tegishli xulosalar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: