31
xatlari ilova qilinadi. YTH ishtirokchilaridan haydovchilik guvohnomalari
olib qo‘yiladi.
-
So‘ngra hujjatlar to‘plami ma’muriy ish ko‘rib chiqiladigan tuman/shahar
YHXB Surishturuv bo‘limiga yuboriladi. Agar haydovchi YTHda aybdor
emas deb topilsa, etkazilgan zararni baholab va barcha zarur
ekspertizalardan o‘tgandan so‘ng, haydovchilik
guvohnomasi unga
qaytariladi va avtomobilni ta’mirlashga ruxsatnoma sertifikati beriladi. Agar
nizo kelib chiqsa, aybdorlik darajasi sud tomonidan hal qilinadi, bu erda ish
yana bir necha haftaga cho‘ziladi.
-
SHunday qilib, mavjud tizim tahlili uning YTH ishtirokchilari uchun ham,
DYHXX xodimlari uchun ham murakkab ekanligini ko‘rsatmoqda. CHunki
YTHni rasmiylashtirishga ko‘p vaqt sarflanadi. SHu boisdan, YTHning
oldini olishga qaratilgan profilaktika ishlarining vaqti qisqaradi. Bunday
holda, yo‘l transport hodisasining haqiqiy
holatini aniqlash masalasi
boshqacha tarzda hal qilinishi kerak, bu holat nizo yuzaga kelgan taqdirda,
zarar uchun javobgarlik masalasini hal qilishga imkon beradi.
-
CHet el amaliyotiga ko‘ra, ushbu muammoning samarali echimi sifatida
YTH haqida xabar berishning yagona evropa shakli – evroprotokol
qo‘llanilib, bu avtohalokat holatini tavsiflovchi shakllar to‘plamidan
iborat
bo‘ladi. SHu bilan birga, haydovchilar imzolar bilan o‘z roziliklarini ham
tasdiqlaydilar.
-
Evropa mamlakatlarida, evroprotokol orqali xabar berish tartibini joriy etish,
YTH ishtirokchilariga zararni qoplash masalasini keraksiz material va
ortiqcha vaqt hamda xarajatlarsiz hal qilishga imkon beradi. Bu o‘z
navbatida, haydovchilarga kompensatsiya olish uchun sug‘urta tashkilotiga
murojaat qilishda YTH faktini mustaqil ravishda
qayd etish va avtohalokat
joyini tezda tirbandliklarni yuzaga keltirmay bartaraf etish imkonini beradi.
Evroprotokoldan foydalanish shartlari:
- YTHda faqat ikkita transport vositasi qatnashgan bo‘lsa;
32
-
haydovchilar, yo‘lovchilar yoki piyodalarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar
etkazilmaganda;
-
YTH ishtirokchilari transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish polisiga ega bo‘lsa;
- YTH ishtirokchilari o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lmasa.
-
Evroprotokol tamoyillarini hisobga olgan holda mamlakatimizda yo‘l-
transport hodisalarini rasmiylashtirish tartibini yanada soddalashtirish
amaldagi qonunchilikni takomillashtirishda qator afzalliklarni beradi.
Xususan, ushbu mexanizmni joriy etish quyidagi ijobiy natijalarga olib
keladi:
- YTH ishtirokchilari (haydovchilar) sodir bo‘lgan
avariyani YHXX
xodimini chaqirmasdan o‘zaro kelishgan holda mustaqil ravishda
rasmiylashtiradi;
-YHXX xodimini kutish, bayonnomani rasmiylashtirish, avtotransportni
jarima maydoniga olib borish va boshqa holatlar uchun vaqt sarflanmaydi;
- YTH oqibatida yuzaga keladigan tirbandliklar bartaraf etiladi;
- YTHlarni rasmiylashtirishda ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yiladi;
- majburiy sug‘urta puli to‘lanishi uchun yo‘l
harakati xavfsizligi xodimi
tomonidan amalga oshiriladigan rasmiyatchilik va sud qarorini kutish talab
etilmaydi.
YUqoridagilardan kelib chiqqan holda bir qator qonun hujjatlari,
xususan, «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi va «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi
qonunlarga, shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga
tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Avtomobil tashuvchilariga tegishli barcha haydovchilar
tomonidan sodir
qilingan YTH qaerda va qachon sodir etilganligi, kimning aybi bilan sodir
qilinganligi, oqibatidan qat’iy nazar hisobga olinishi qat’iy belgilangan. YTH
jurnalda belgilangan shaklda (3.1-jadval) hisobga olinadi. SHuningdek,
33
haydovchining shaxsiy varaqasiga uning aybi bilan sodir qilingan YTH
to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: