Avtomobillarda o‘rnatilgan bosim o‘lchash asboblari dvigateldagi va gidromexanik uzatmalardagi moy,
nazorat qiluvchi asboblari nosoz bo‘lgan avtomobillarni ishlatish qat’iyan man etilgan, chunki bu avariya
6.4-rasm. Avariya temperaturasi xabarchisi
74
rejimlarini yuzaga keltirishi mumkin. Haydovchi diqqatini shoshilinch tarzda
jalb qilish maqsadida, deyarli hamma avtomobillarda strelkali manometr bilan
birga avariya bosimi xabarchisi ham o‘rnatiladi.
O‘lchash usuliga ko‘ra, manometrlar bevosita ta’sirlanuvchi (mexanik) va
elektr asboblarga bo‘linadi. Bevosita ta’sirlanuvchi asboblar turiga
naychasimon prujinali manometrlar, elektr asboblariga termobimetall impulsli
va reostat datchikli logometrik manometrlar kiradi.
Termobimetall impulsli manometr. Termobimetall impulsli manometr
datchik va ko‘rsatkichdan iborat bo‘lib, bimetall plastinali ko‘rsatkichning
tuzilishi impulsli termometr ko‘rsatkich tuzilishi bilan aynan bir xil (6.3-
rasm).
Termobimetall impulsli manometr quyidagicha ishlaydi (6.5-rasm).
Membrana 8 ostida bosim bo‘lmaganda (o‘t oldirish kaliti ulangan, lekin
dvigatel ishlamayotgan hol) datchikdagi kontaktlar bir-biriga minimal kuch
bilan tiralgan va termobimetall plastina chulg‘ami 7 dan o‘tayotgan tok uning
ishchi yelkasini qizdiradi va u egilib kontaktlarni uzadi. Bir necha daqiqadan
keyin plastina soviydi va to‘g‘rilanib, kontaktlarni yana tutashtiradi. Shu
tarzda datchik kontaktlari davriy ravishda tutashib-uzilib turadi. O‘z
navbatida, ko‘rsatkichdagi
simon plastinaning ishchi yelkasi, unga o‘ralgan
chulg‘amdan o‘tayotgan effektiv tok
I
eff
ta’sirida qiziydi va u egilib
ko‘rsatkich strelkasi 10 ning ishchi holatga, ya’ni shkalaning nol belgisiga keltiradi.
Datchik membranasi ostida bosim paydo bo‘lganda (dvigatel ishga tushgandan keyingi hol) elastik
plastina 9 kontakt bilan birgalikda ko‘tariladi va termobimetall plastinani yuqori tomonga egadi. endi
kontaktlar uzilishi uchun bimetall plastinadagi chulg‘amdan ko‘proq vaqt tok o‘tkazilishi talab qilinadi. Bu
esa, ko‘rsatkichdagi termobimetall plastina ishchi yelkasining ko‘proq qizishiga, ko‘proq egilishiga, va
demak, strelkaning kattaroq burchakka og‘ishiga olib keladi. Ko‘rsatkich bimetall plastinasining ishchi
yelkasi qanchalik ko‘p egilishi, ya’ni strelka qanchalik katta bosimni ko‘rsatishi, datchik membranasi
ostidagi bosimning kattaligiga va elastik plastinadagi kontakt bimetall plastina ishchi yelkasidagi kontaktga
qanchalik katta kuch bilan tiralib, uni deformatsiya qilish darajasiga bog‘liq.
Termobimetall plastinalarning ishchi yelkalari atrof-muhit harorati ta’sirida ham qizishi mumkinligini
hisobga olib, bu turdagi manometrlardagi bimetall plastinalarning har ikkalasida ham termokompensatsiya
yelkalar ko‘zda tutilgan.
Impulsli asboblarning tuzilishi nisbatan sodda va ularda tashqi muhit harorati o‘zgarishini yaxshi
kompensatsiya qilish mexanizmi mavjud. Ammo kontaktlarning tutashib-uzilish jarayoni, ular orasida
uchkun chiqishiga va bu sezilarli radioxalaqitlarni vujudga kelishiga olib keladi. Ish jarayonida kontaktlar
kuyadi, yemiriladi, o‘lchamlari o‘zgaradi va natijada, datchikning ham dastlabki ko‘rsatkichlari o‘zgaradi,
o‘lchash aniqligi pasayadi. Shuning uchun oxirgi vaqtda bu turdagi bosim o‘lchash asboblari reostat datchikli
logometrik manometrlar bilan almashtirilmoqda.
Magnitoelektr (logometrik) manometrlar. Logometrik manometrlar reostatli datchik va magnitoelektr
ko‘rsatkichdan iborat.
Logometrik manometr quyidagicha ishlaydi. (6.6-rasm) Datchikka moy yoki havo uzatilganda
membrana 9 bosim ostida yuqori tomonga ko‘tariladi va tebranma pishang , tayanch maydoncha orqali
sudralgichni reostat 8 bo‘ylab harakatlantiradi. Bosim kamayganda membrana o‘zining elastikligi ta’sirida
pastga tushadi.
Reostat
datchikli
logometrik
manometr
ko‘rsatkichi,
logometrik termometr ko‘rsatkichlari tuzilishiga (6.3-rasm) aynan
o‘xshash, faqat ular bir-birdan g‘altaklarning o‘ramlar soni va
ulanish sxemasi bilan farq qiladi. Datchik reostati qarshiligining
o‘zgarish doirasi (163 Om dan 20 Om gacha) logometrik
termometrdagi termorezistor qarshiligining o‘zgarish doirasidan
(450 Om dan 50 Om gacha) ancha kam. Asbobning
sezuvchanligini oshirish uchun logometrik manometr
ko‘rsatkichidagi g‘altaklar 6.10-rasmda keltirilgan sxema
bo‘yicha ulanadi.
6.5 - rasm. Termobimetall impulsli
manometr
6.6-rasm.Magnitoelektr
(logometrik) manometrning
umumiy sxemasi
75
Reostat datchikli manometrlar impulsli manometrlarga
nisbatan qator afzalliklarga ega. Ko‘rsatkich shkalasida
strelkaning harakatlanish doirasi ancha keng, bu haydovchiga
ma’lumotni tez va aniq o‘qib olish imkoniyatini beradi.
Logometrik manometrlarning o‘lchash aniqligi yuqori va ular
radioxalaqitlarni vujudga keltirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: