Tayanch so‘z va iboralar: datchik, ko‘rsatkich, termobimetall-impulsli termometr, magneto-
lektr(logometrik) manometr, ampermetr, taxometr, spidometr, tezlik o‘lchash mexanizmi, kartushka,
hisoblash mexanizmi, kichik modulli shesternya(tribka), elektron taxometr, bortdagi nazorat tizimi,
skaner, nutq sintezatori, oynatozalagich, tovush signali
6.1.
Avtomobillarning axborot-diagnistik tizimlari
haqida
umumiy ma’lumotlar
Avtomobilning axborot-diagnostik tizimi (ADT) avtomobilning harakatlanish rejimi va uning texnik
holati haqidagi axborotni to‘plash, ishlov berish, saqlash va aks ettirish uchun xizmat qiladi. Shu maqsadda
avtomobilga nazorat-o‘lchov asboblari (NO‘A) va bortdagi nazorat tizimi (BNT), navigatsiya tizimi (NT),
marshrut kompyuteri kabi qo‘shimcha moslamalar o‘rnatiladi
Axborot-diagnostik tizimlar zamonaviy avtomobillar tarkibining uzviy qismiga aylanib, avtomobilning
harakat rejimi, texnik holati hamda tashqaridan ta’sir qiluvchi omillar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash,
ishlov berish, saqlash va aks ettirish uchun xizmat qiladi. Hozirgi kunda “haydovchi-avtomobil-yo‘l-atrof
muhit” tizimi yagona makon sifatida ko‘rilmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan avtomagistrallarda harakat
xavfsizligini ta’minlash, haydovchiga yo‘l holati va undagi transport oqimlari haqidagi ma’lumotni tezkor
ravishdayetkazib berish hisobiga xal qilish mumkin degan g‘oya ko‘pchilik mutaxassislarningqat’iy fikriga
aylanmoqda.
Bir qator xorijiy mamlakat hukumatlari yirik avtomagistrallarda harakat xavfsizligi, transport
oqimlarini o‘tkazish qobiliyatini oshirish, chiqindi gazlardagi zaxarli moddalarning miqdorini kamaytirishga
yo‘naltirilgan loyihalarni ancha yirik mablag‘ bilan ta’minlamoqdalar. Shuning uchun oxirgi vaqtda
intelektual transport tizimlari (Intelligent Transporation System - ITS) kontseptsiyasi haqida ko‘plab fikrlar
bildirilmoqda. AQSH va Yaponiyada bunday loyihalar ITS, yevropada esa – Telematic nomi bilan
yuritilmoqda. Loyihalar transport vositalarini yagona oqim bilan harakatlanishini optimal tashkil qilish,
3.
5
Ютт В.Э. "Электрооборудование автомобилей". Учебник для студентов высших учебных заведений,
4-е издание, Москва, Транспорт, 2006г. 269-312 с.
70
haydovchilarga tavsiyalar va ogohlantirishlar va boshqa ma’lumotlarniyetkazish uchun zarur bo‘ladigan
infrastrukturani va elektron apparatlarni loyihalash va yaratish masalalarini o‘z ichiga oladi. Bu loyihalarni
amalga oshirish uchun transport oqimlarining tig‘izligi haqidagi habar beruvchi datchiklar, katta xajmdagi
ma’lumotlarga ishlov beruvchi kompyuterlar, aloqa vositalari, avtomobil displeylari va boshqa ko‘plab
jihozlar zarur bo‘ladi. Ba’zi loyihalarda (Telematic) intelektual transport tizimlarini ishlashi uchun zarur
ma’lumotlar telematik majmualar bilan jihozlangan avtomobillarning o‘zidan uzatilishi ko‘zda tutilmoqda.
Axborot majmuasi tarkibiga bir qator, jumladan avtomobilni olib qochishga qarshi, navigatsiya tizimi, eshik
qulflarini uzoqdan boshqarish tizimi, “avtomobil-yo‘l” boshqarish tizimi, raqamli audio/video majmuasidan
iborat haydovchiga tezkor ma’lumotyetkazish tizimlari kiradi. Bortdagi kompyuterga shuningdek
girokompas, g‘ildiraklarni aylanish tezligi datchigi, rul chambaragi holati datchigi va boshqa datchiklardan
uzluksiz signallar kelib turadi.
“Avtomobil-yo‘l” aloqa tizimi mobil aloqa vositalari yordamida haydovchiga yo‘l axborot xizmatidan
ma’lumotlarniyetkazilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |