Tezlik o‘lchash mexanizmi. Tezlik o‘lchash mexanizmi (6.10-rasm) quyidagi qismlardan iborat: kirish
vali 1 va unga mahkam biriktirilgan doimiy magnit 5 va shunt 4, qopqoqsimon kartushka 6, magnit ekrani 7,
o‘q 8, strelka 12, qil-prujina 11, pishangcha 9 va km/soat larda darajalangan shkala. Qil-prujinaning bir
uchi o‘q 8 ga, ikkinchi uchi pishangcha 9 ga mahkamlangan. Kirish vali aylanma harakatni uzatma qutisidagi
reduktorga ulangan egiluvchan valdan oladi.
Avtomobil harakatlanganda, doimiy magnit aylanadi va uning magnit maydon ta’sirida alyuminiy
kartushka tanasida uyurma toklar induktsiyalanadi. Uyurma toklar kartushkani o‘zida ham magnit maydonni
hosil qiladi. Magnit va kartushka magnit maydonlarining o‘zaro ta’siri natijasida kartushkani va u bilan birga
o‘q 8 va avtomobil tezligini ko‘rsatuvchi strelka 12 ni magnit aylanishi yo‘nalishida buraydigan moment
hosil bo‘ladi. Doimiy magnitning aylanish chastotasi qanchalik katta bo‘lsa, kartushka va demak, strelka
shunchalik katta burchakka buraladi. Qil prujina 10 qarama-qarshi moment hosil qiladi. Strelka 12 ning
aylanishlar chastotasiga bog‘liq ravishda buralishi, faqat doimiy magnit hosil qilgan moment va qil prujina
qarshilik momentlarining o‘zaro ta’siri bilan belgilanadi. Bu kartushka va strelkani burilish burchagini
aylanishlar chastotasiga to‘g‘ri proporsional o‘zgarishini, ya’ni chiziqli bog‘lanishni ta’minlaydi.
YUmshoq po‘latdan yasalgan halqasimon magnit ekran 7, kartushka orqali o‘tayotgan magnit oqimini
kuchaytirish hisobiga asbobning sezuvchanligini oshirish uchun xizmat qiladi. Atrof-muhit harorati
ko‘tarilishi bilan kartushkaning qarshiligi ortadi va uyurma toklar kuchi pasayib, kartushka bilan strelka
kamroq burchakka buriladi. Temperatura o‘zgarishi asbobning o‘lchash aniqligiga ta’sirini kamaytirish
maqsadida doimiy magnit tagiga shunt 4 o‘rnatilgan. Doimiy magnit hosil qilgan magnit oqimining katta
qismi kartushka orqali o‘tsa, kichik qismi magnit shunt orqali o‘tadi. Atrof-muhit harorati ko‘tarilishi bilan
6.9-rasm. Elektromag-
nitli tizimdagi amper-
metr
77
magnit shunt qiziydi va uning magnit qarshiligi ortadi. Shunt orqali
o‘tayotgan (ya’ni past tomonga) magnit oqimi kamayadi, kartushka orqali
o‘tayotgan magnit oqimi esa aksincha ortadi. Shu tariqa, temperatura
o‘zgarganda kartushka qarshiligi o‘zgarishiga mos ravishda unda hosil
bo‘layotgan uyurma tok kuchini ortishi yoki kamayishi hisobiga, atrof-
muhit haroratini asbobning ko‘rsatish aniqligiga ta’siri bartaraf qilinadi.
Spidometrlarning tezlik va hisoblash mexanizmlarini aylantirish
uchun egiluvchan val juda keng tatbiq topgan. Ularning tuzilishi sodda,
ishonchlik darajasi yuqori. Shu bilan birga egiluvchan vallar bir qator
kamchiliklarga ega: tez yeyilishi, aylanishining notekisligi, ishlatish
mumkin bo‘lgan uzunligining cheklanganligi (3500mm gacha) va uni
avtomobilda joylashtirlishining ancha murakkabligi. Dvigateli orqa
tomonida joylashgan (LAZ) yoki kabinasi ko‘tariladigan (MAZ, KrAZ)
avtomobillarda elektr yuritmali spidometrlar ishlatiladi.
Elektr yuritmali spidometrlarda ham mexanik yuritmali spidometrlarda
ishlatiladigan tezlik o‘lchash va hisoblash mexanizmlari qo‘llanadi. elektr
yuritma - uzatmalar qutisiga o‘rnatilgan datchik, tezlik o‘lchash
mexanizmining
kirish
valini
aylantiruvchi
uch
fazali
sinxron
elektrodvigatel va elektrodvigatelni boshqaruvchi elektron sxemadan iborat. elektrodvigatel rotori tutashgan
doimiy magnit ko‘rinishida tayyorlangan. elektordvigatel va boshqarish sxemasi spidometrning tezlik
o‘lchash mexanizmi bilan birga bitta qobiqqa joylashtirilgan. Datchik sifatida uch fazali o‘zgaruvchan tok
gene-ratori ishlatilib, unda rotor vazifasini to‘rt qutbli doimiy magnit bajaradi. egiluvchan val singari datchik
rotori ham harakatni uzatmalar qutisining yetaklanuvchi validan oladi. elektrodvigatel va generator
statorlarining uchtadan g‘altagi bo‘lib, ular bir-biriga nisbatan 120
0
burchak ostida joylashtirilgan va
«yulduz» sxemasi bo‘yicha ulangan (6.11-rasm).
Generator (datchik) rotori aylanganda statorning L1, L2 va L3 cho‘lg‘amlarida faza bo‘yicha bir-biriga
nisbatan 120
0
ga surilgan sinusoidal EYUK induktsiyalanadi. EYUK impulslari chastotasi rotorning
aylanishlar chastotasiga proporsional bo‘ladi. EYUK ning musbat yarim davri biron tranzistorning bazasiga
uzatilsa, ushbu tranzistorda boshqarish toki paydo bo‘ladi. Natijada, bu tranzistor ochiladi va elektrodvigatel
statorining L1
’
, L2
’
va L3
’
g‘altaklarining biriga tok manbaidan tok o‘tadi (6,20-rasmda punktir strelkalar
bilan tokning L1 g‘altakka borish yo‘li ko‘rsatilgan). Generator rotori 120
0
ga burilganda, uning statoridagi
boshqa g‘altakda hosil bo‘lgan EYUK impulsi ta’sirida keyingi tranzistor ochiladi. Bu holda tok manbaidan
kelayotgan tok elektrodvigatel statorining ham keyingi g‘altagidan o‘tadi. Shunday qilib, elektrodvigatel
statori chulg‘amlaridan tok manbaidan kelayotgan impulsli tok o‘tadi va datchik rotorini aylanish
chastotasiga sinxron bo‘lgan aylanuvchi magnit maydon vujudga keladi. Bu aylanuvchi magnit maydon
elektrodvigatel rotorining magnitlari bilan o‘zaro ta’sirlanib, rotorni aylantira boshlaydi. Rotor esa, o‘z
navbatida, spidometrning tezlik o‘lchash va hisoblash mexanizmlarini harakatga keltiradi. elektrodvigatel
rotorining aylanish chastotasi generator (datchik) rotorining aylanish chastotasi, demak avtomobilning
harakatlanish tezligiga proporsional ravishda o‘zgaradi. R1 - R6 rezistorlar tranzistorlarni ochilib-yopilish
sharoitlarini yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasini uch xil usul bilan o‘lchash mumkin:
1) aylanish chastotasini qayd qiluvchi maxsus datchiklar yordamida ;
2) o‘t oldirish tizimidagi uzgich kontaktlarining uzilish chastotasini qayd qilish orqali ;
3) generator fazalarining birida kuchlanish impulslarining chastotasini qayd qilish yo‘li bilan.
Aylanish chastotasini qayd qiluvchi datchik bilan ishlaydigan taxometrning tuzilishi va ishlashi, elektr
yuritmali spidometrlarnikiga o‘xshash bo‘lib, ular datchikning o‘rnatilish joyi va shkalani darajalanishi bilan
farq qiladi. Bundan tashqari, taxometrlarda hisoblash mexanizmiga
ehtiyoj yo‘q.
Benzinli dvigatellar tirsakli valining aylanishlar chastotasini
nazorat qilish uchun ko‘p hollarda elektron taxometrlar ishlatiladi.
elektron taxometrlarning ishlash printsipi uzgich kontaktlari uzilishi
daqiqasida o‘t oldirish tizimining birlamchi zanjirida vujudga
keladigan impulslarni zarur shaklga keltirish va uni magnitoelektr
asboblar yordamida o‘lchashga asoslangan.
Elektron
taxometr
sxemasi
(6.12-rasm)
quyidagi
asosiy
qismlardan iborat: ishga tushirish impulslarini shakllantiruvchi blok,
o‘lchov impulslarini shakllantiruvchi blok (multivibirotor) va
6.10-rasm. Spidometrning
tezlik o‘lchash mexanizmi
6.11-rasm. Elektr yuritmali
spidometrning sxemasi
78
ko‘rsatkichli
magnitoelektr
asbob.
Taxometrning kirish joyiga o‘t oldirish
tizimining birlamchi zanjiridan kirish
signali 1 uzatiladi. R1, R2 qarshiliklar,
C1, C2, C3, C4 kondensatorlar va VD1
stabilitrondan iborat bo‘lgan ishga
tushirish impulslarini shakllantiruvchi
blok, so‘nuvchi sinusoida ko‘rinishdagi
signal
1
dan,
musbat
ishorali
yarimsinusoida shakliga ega bo‘lgan
impuls 2 ni ajratib beradi. Bu impuls ,
o‘lchov impulslarini shakllantiruvchi
blok tranzistori VT1 ning bazasiga
uzatiladi. Boshlang‘ich holda VT2
tranzistor ochiq, chunki unda baza toki mavjud va u R11, R10 va R5 zanjir orqali o‘tadi. VT2 tranzistor
ochiq holda bo‘lganda kondensator C5 to‘la zaryadlanadi. Bu vaqtda VT1 tranzistor yopiq bo‘ladi, chunki
R5 qarshilikda kuchlanish ancha pasayishi hisobiga undagi emitterning potentsiali baza potentsialidan yuqori
bo‘ladi. Musbat ishorali ishga tushirish impulsi 2 VT1 tranzistorning bazasiga uzatiladi va u ochiladi.
Kondensator C5 VT1 tranzistor orqali zaryadsizlanib, VT2 tranzistorning bazasida manfiy potentsial hosil
qiladi va VT2 tranzistor yopiladi. VT1 tranzistor R11, R9, R8 va R5 qarshiliklar orqali o‘tayotgan baza toki
hisobiga ochiq holda ushlab turiladi. Tranzistor VT1 ochiq bo‘lganda, R11, R7, R3 va R5 zanjir va o‘lchov
asbobi 4 orqali tok o‘tishi ta’minlanadi. O‘lchov asbobidan o‘tayotgan tok impulsi 3 ning davomiyligi
kondensator C5 ning zaryadsizlanish vaqtiga bog‘liq. Kondensator C5 zaryadsizlanib bo‘lgandan keyin VT2
tranzistor ochiladi (uning bazasidagi manfiy potentsial yo‘qoladi ), VT1 tranzistor esa yopiladi. Tok impulsi
3 ning chastotasi o‘t oldirish tizimi birlamchi tok zanjirining uzilish chastotasiga teng bo‘ladi. O‘lchov
asbobi 4 tok impulslarining chastotasiga proporsional bo‘lgan effektiv tok I
eff
qiymatini ko‘rsatadi.
O‘zgaruvchan qarshilik R7 yordamida tok impulsining amplitudasi rostlanadi. Asbobning o‘lchash
aniqligia, atrof-muhit haroratining ta’siri termorezistor R3 hisobiga kompensatsiya qilinadi. Diod VD2
tranzistor VT1 ni himoya qilish vazifasini bajaradi. Avtomobilning elektr ta’minot tizimidagi kuchlanish
qiymati o‘zgarishini taxometrning o‘lchash aniqligiga ta’sirini kamaytirish va uning barqaror ishlashini
ta’minlash uchun sxemaga VD3 stabilitron kiritilgan.
O‘t oldirish tizimi bo‘lmagan dizel dvigatelli ba’zi avtomobillarda generotorning bir fazasidagi
kuchlanish impulslari chastotasini qayd qilishga asoslangan taxometrlar ishlatiladi. Bu taxometrlarning
ishlash printsipi yuqorida keltirilgan taxometrning ishlashiga o‘xshash bo‘lib, faqat ularda boshqaruvchi
impuls sifatida generatorning bitta fazasidan olinadigan kuchlanish signali ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |