Ekspluatatsiyasi instituti irisbekova mavluda narinbayevna xalqaro logistik


Eshelonlangan (ko‗p kaskadli) logistik tizim



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/117
Sana27.05.2022
Hajmi3,24 Mb.
#611544
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   117
Bog'liq
Irisbekova

Eshelonlangan (ko‗p kaskadli) logistik tizim 

 
bu unda moddiy oqim ishlab 
chiqaruvchidan iste‘molchigacha bo‗lgan yo‗lda hech bo‗lmaganda bitta vositachi 
orqali o‗tadigan ko‗p darajali tizimdir [5, 77-bet]. 
Hozirgi kunda zamonaviy jahon iqtisodiyotida xalqaro (global) logistik 
tizimlarning shakllanishi muhim voqe‘likka aylangan. Xalqaro logistik tizimlarga 
bir nechta mamlakatlar va hatto qit‘alar darajasida shakllantiriladigan davlatlararo 
tizimlar kiradi. 
Tahlillarning ko‗rsatishicha, jahon iqtisodiyotining globallashuvi logistik 
tizimlarning faoliyat ko‗rsatishining xalqaro standartlari shakllanishiga olib 
kelgan. Mijozlarga xizmat ko‗rsatishning kerakli standartini o‗rnatishda tashkiliy 


204 
muammolarni hal qilish logistik servisni bazaviy darajadagi asosiy ko‗rsatkichlar – 
erishiluvchanlik, funksionallik va ishonchlilikni bajarishga yo‗naltirish yo‗li bilan 
ta‘minlanadi.
Bazaviy logistik xizmat ko‗rsatishning yuqori standartlari jahon iqtisodiyotining 
globallashuvi, jahon bozorlariga foydalanuvchilarga xizmat ko‗rsatishni 
erishiluvchan, ishonchli va funksional servis bilan ta‘minlashga qodir bo‗lgan, 
xalqaro savdoning aksariyat yo‗nalishlari va marshrutlarini qamrab oladigan 
logistik tizimlarni qurgan yirik logistik provayderlarining chiqishi tufayli tarkib 
topgan. 
Turli mamlakatlarda joylashgan korxonalarni turli tashkiliy shakllarda 
integratsiyalash va umumiy vazifalarni amalga oshirishda ularning samarali o‗zaro 
harakatlarini ta‘minlash uchun ularning har birida ochiq logistik tizim harakat 
qilishi zarur bo‗ladi. 
Ochiq logistik tizim 

 
bu korxonaning ma‘lumotlarning yetkazib beruvchilar va 
iste‘molchilar bilan birlashtirsa bo‗ladigan kirish va chiqishlariga ega bo‗lgan 
axborot logistik tizimidir, bu yetkazib berishlar zanjirining shaffofligi, 
boshqariluvchanligi va elastikligini ta‘minlaydi, ishtirokchilarga ishlab chiqarish 
va taqsimlash markazlarini joylashtirish, shuningdek oxirgi iste‘molchilarga 
xizmat ko‗rsatishning zaruriy darajasi to‗g‗risida birgalikda optimal qarorlar qabul 
qilish imkonini beradi. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning faoliyatini bunday 
tashkil qilish xalqaro ko‗lamlarda ayniqsa foydali bo‗ladi [5, 36-bet]. 
Xalqaro logistik zanjirning barcha ishtirokchilari umumiy maqsadlar, vazifalarni 
tan olishlari va jamlanma logistik xarajatlarning o‗lchami va tarkibidan kelib 
chiqish bilan (logistik xarajatlar tovarning narxiga qaraganda tezroq pasayishini 
hisobga olish bilan) narx siyosatini qurishlari lozim bo‗ladi. Xalqaro yetkazib 
berishlar zanjirida korxonalarning ochiq logistik tizimini shakllantirish uning 
samarali faoliyat ko‗rsatishiga erishish maqsadida asoslangan global (butun 
xalqaro yetkazib berishlar zanjiri darajasida) va mahalliy (alohida korxonalarning 
faoliyati bilan bog‗lanadigan) qarorlar qabul qilish imkonini beradi.


205 
Logistika rivojlanishining hozirgi zamonaviy bosqichini tahlil qilish shuni 
ko‗rsatadiki, milliy darajada ham, xalqaro darajada ham logistik tizimlarni 
shakllantirishga nisbatan uchta asosiy yondashuv mavjud [15, 16-bet]: 
– birinchi yondashuv shundan iboratki, logistik operatsiyalarni tashkil qilish 
va amalga oshirishda asosiy urg‗u logistik tizimlarda moddiy oqimlarni boshqarish 
jarayonini takomillashtirishga beriladi. Bu yondashuvni operatsion yondashuv, 
ya‘ni logistik tizimlarda operatsiyalarni takomillashtirishga yo‗naltirilgan 
yondashuv deb atash mumkin; 
– ikkinchi yondashuv shundan iboratki, logistika qayishqoq va 
iste‘molchilarning talablarining mumkin bo‗lgan o‗zgarishlariga tezda reaksiya 
ko‗rsatishga qodir bo‗lishi lozim. Bu yondashuvni qayishqoq yondashuv deb atash 
mumkin va uning mohiyati mijozlarning ehtiyojlarini tez va qayishqoq tarzda 
qanoatlantirishdan iborat bo‗ladi; 
– uchinchi yondashuv milliy yoki xalqaro darajada faoliyat ko‗rsatadigan 
logistik tizimlar doirasidagi logistik tizimlarning barcha ishtirokchilarni 
integratsiyalash va ularning ishlashini muvofiqlashtirishga e‘tibor qaratadi. Bu 
yondashuvni integratsiyalash yondashuvi deb atash mumkin. 
Biroq zamonaviy bozor sharoitlari va iste‘molchilarga logistik xizmat 
ko‗rsatishning sifatini kafolatlash va logistik tizimlarning aniq va samarali faoliyat 
ko‗rsatishini ta‘minlash nuqtai-nazaridan logistikaning oldiga qo‗yiladigan 
talablarda logistika bir paytning o‗zida ham operatsion, ham qayishqoq, ham 
integratsiyalangan bo‗lishi lozim. 
Zamonaviy xalqaro biznesda raqobat kuchayishi bilan kompaniyalar tomonidan 
xalqaro logistikaning qo‗llanilishi ortadi, bunda uning asosi mumkin qadar kamroq 
xarajatlar bo‗lib hisoblanadigan an‘anaviy (logistikagacha bo‗lgan) yondashuvga 
optimal logistik xarajatlarni tanlashga yo‗naltirilgan logistik yondashuv qo‗shiladi. 

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish