bojxona protseduralarining
mohiyatini qisqacha ko‗rib chiqamiz:
– ichki iste‘mol uchun ishlab chiqarish: Bojxona Ittifoqining bojxona hududiga
joylashtiriladigan xorijiy tovarlardan uning hududida hech qanday cheklashlarsiz
foydalaniladi va tasarruf qilinadi;
– eksport – berilgan bojxona hududi chegaralaridan tashqarida doimiy
joylashtirish uchun mo‗ljallangan tovarlarni Bojxona Ittifoqining bojxona
hududining chegaralaridan tashqariga olib chiqish;
– bojxona tranziti: tovarlar jo‗natuvchi bojxona organidan qabul qiluvchi
bojxona organigacha butun Bojxona Ittifoqining bojxona hududi bo‗ylab,
shuningdek, Bojxona Ittifoqiga a‘zo bo‗lmagan davlat hududi orqali bojxona
nazorati ostida, bojxona bojlari va soliqlarini to‗lamasdan, ta‘qiqlar va
cheklashlarni qo‗llash bilan (notarif va texnik tartibga solish choralaridan tashqari)
tashiladi;
– bojxona ombori: xorijiy tovarlarni bojxona omborida bojxona nazorati ostida
belgilangan muddat davomida bojxona bojlari va soliqlarini to‗lamasdan va notarif
tartibga solish choralarini qo‗llamasdan saqlash. Ushbu protsedura yaroqlilik
muddati va (yoki) ularni sotish muddati ular deklaratsiyalangan kunda 180 taqvim
236
kunidan kam bo‗lgan xorijiy tovarlarga, shuningdek Bojxona Ittifoqi
komissiyasinig qarori bilan belgilangan ro‗yxatga kiritilgan tovarlarga nisbatan
qo‗llanilmaydi;
– bojxona hududida qayta ishlov berish – xorijiy tovarlardan Bojxona
Ittifoqining bojxona hududida belgilangan muddatlarda, olib kirish bojxona bojlari
va soliqlarini to‗lashdan to‗liq shartli ozod qilish bilan va notarif tartibga solish
choralarini qo‗llamasdan, qayta ishlangan mahsulotlarni keyinchalik Bojxona
Ittifoqining bojxona hududi chegaralaridan tashqariga olib chiqish bilan qayta
ishlash bo‗yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalanish;
– bojxona hududidan tashqarida qayta ishlov berish – bojxona Ittifoqining
tovarlari belgilangan muddatlarda, olib chiqish bojxona bojlari va soliqlarini
to‗lashdan to‗liq shartli ozod qilish bilan va notarif tartibga solish choralarini
qo‗llamasdan, qayta ishlangan mahsulotlarni keyinchalik Bojxona Ittifoqining
bojxona hududiga olib kirish bilan Bojxona Ittifoqining zonalaridan tashqarida
qayta ishlash bo‗yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun bojxona hududidan
tashqariga olib chiqiladigan bojxona protsedurasi;
– ichki iste‘mol uchun qayta ishlov berish – xorijiy tovarlardan Bojxona
Ittifoqining bojxona hududida belgilangan muddatlarda, olib kirish bojxona bojlari
va soliqlarini to‗lamasdan, ta‘qiqlar va cheklashlarni qo‗llash bilan, jumladan
maxsus himoyalash, antidemping va kompensatsiyalash choralarini qo‗llash bilan
bog‗lanadigan cheklashlarni qo‗llash bilan, qayta ishlangan mahsulotlarni
keyinchalik qayta ishlash mahsulotlariga qo‗llaniladigan stavkalar bo‗yicha olib
kirish bojxona bojlarini to‗lash bilan ichki iste‘mol uchun ishlab chiqarish bojxona
protsedurasiga joylashtirish bilan qayta ishlash bo‗yicha operatsiyalarni amalga
oshirish uchun foydalaniladigan bojxona protsedurasi;
– vaqtinchalik olib kirish – xorijiy tovarlardan Bojxona Ittifoqining bojxona
hududida belgilangan muddatlarda, olib kirish bojxona bojlari va soliqlarini
to‗lashdan shartli ozod qilish (to‗liq yoki qisman) bilan va notarif tartibga solish
choralarini
qo‗llamasdan, keyinchalik reeksport bojxona protsedurasiga
237
joylashtirish bilan foydalaniladigan bojxona protsedurasi. Ushbu rejim – talab eng
katta bo‗lgan rejim bo‗lib hisoblanadi;
– vaqtinchalik olib chiqish – tovarlar olib chiqish bojlarini to‗lashdan to‗liq ozod
qilish bilan va notarif tartibga solish choralarini qo‗llamasdan, keyinchalik
reimport bojxona protsedurasiga joylashtirish bilan Bojxona Ittifoqining bojxona
hududidan tashqariga olib chiqiladigan va belgilangan muddat davomida bojxona
hududidan tashqarida foydalaniladigan bojxona protsedurasi;
– reimport – Bojxona Ittifoqining bojxona hududidan oldin olib chiqilgan
tovarlar olib kirish bojxona bojlari va soliqlarini to‗lamasdan va notarif tartibga
solish choralarini qo‗llamasdan qaytarib olib kiriladigan bojxona protsedurasi;
– reeksport – Bojxona Ittifoqining bojxona hududiga oldin olib kirilgan tovarlar
yoki bojxona hududida qayta ishlov berish bojxona protsedurasiga joylashtirilgan
tovarlarni qayta ishlash mahsulotlari olib chiqish bojxona bojlari va soliqlarini
to‗lamasdan va (yoki) to‗langan olib kirish bojlari va soliqlarini qaytarib berish
bilan va notarif tartibga solish choralarini qo‗llamasdan bu hududdan olib
chiqiladigan bojxona protsedurasi;
– boj to‗lamasdan savdo-sotiq qilish – tovarlar boj to‗lamasdan savdo-sotiq
qilinadigan do‗konlarda Bojxona Ittifoqining bojxona hududidan tashqariga
chiqadigan jismoniy shaxslarga, yoki xorijiy diplomatik vakolatxonalarga, xularga
tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, konsullik muassasalari,
shuningdek diplomatik agentlar, konsulliklarning mansabdor shaxslari va ularning
ular bilan birga yashaydigan oila a‘zolariga bojxona bojlari va soliqlarini
to‗lamasdan va notarif tartibga solish choralarini qo‗llamasdan sotiladigan bojxona
protsedurasi;
– yo‗q qilish – xorijiy tovarlar bojxona nazorati ostida olib kirish bojxona
bojlari va soliqlarini to‗lamasdan va notarif tartibga solish choralarini
qo‗llamasdan yo‗q qilinadigan bojxona protsedurasi. Tovarlarni yo‗q qilish
deganda tovarlarni zararsizlantirish, to‗liq yo‗q qilish yoki ular o‗zlarining iste‘mol
xususiyatlari va (yoki) boshqa xususiyatlarini to‗liq yoki qisman yo‗qotadigan,
238
iqtisodiy foydali usul bilan boshlang‗ich holatga qayta tiklanmaydigan boshqa
biror holatga keltirish tushuniladi;
– davlat foydasiga voz kechish – xorijiy tovarlar bojxona to‗lovlarini
to‗lamasdan va notarif tartibga solish choralarini qo‗llamasdan qaytarib bermaslik
sharti bilan davlat tasarrufiga – Bojxona Ittifoqining a‘zosining tasarrufiga
o‗tkaziladigan bojxona protsedurasi;
– erkin bojxona zonasi bojxona protsedurasi – erkin iqtisodiy zonaning rezidenti
tomonidan uning uchun belgilangan bojxona zonasida uning faoliyat ko‗rsatish
muddati davomida xorijiy tovarlarni saqlash, foydalanish, shuningdek qayta
ishlashga (jumladan, mos keluvchi operatsiyalarda Bojxona Ittifoqi hududida
ishlab chiqarilgan tovarlardan foydalanish bilan) yo‗l qo‗yiladigan bojxona
protsedurasi;
– erkin ombor – xorijiy tovarlar bojxona bojlari va soliqlarini undirmasdan va
ularga nisbatan iqtisodiy siyosat choralarini qo‗llamasdan mos keluvchi hududiy
chegaralarga yoki binolarga (joylarga) joylashtiriladigan va foydalaniladigan,
Bojxona Ittifoqi hududida ishlab chiqarilgan tovarlar esa eksport bojxona rejimiga
muvofiq olib chiqishda amal qiladigan shartlarda joylashtiriladigan va
foydalaniladigan boj‘ona protsedurasi;
– maxsus bojxona protsedurasi – Bojxona Ittifoqining bojxona hududida yoki
uning segaralaridan tashqarida tovarlarning ba‘zi bir kategoriyalaridan bojxona
maqsadlari uchun foydalanish va (yoki) tasarruf qilishning talablari va shartlarini
belgilaydi. Ushbu protsedura davlatlar – Bojxona Ittifoqining a‘zolarining
amaldagi qonunchiligi bilan, shartlarga muvofiq va Bojxona Ittifoqi
komissiyasining qarori bilan belgilangan tovar kategoriyalariga nisbatan
o‗rnatiladi [5, 174-bet].
Suni qayd qilish lozimki, amaldga bojxona protseduralari potensial jihatdan
mamlakatda xalqaro logistikani rivojlantirishning muhim omili bo‗lib hisoblanadi,
chunki ular logistik protseduralarning faol tarzda rivojlanishiga ko‗maklashishi
ham, ularni sekinlashtirishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |