Ekspluatatsiyasi instituti irisbekova mavluda narinbayevna xalqaro logistik



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/117
Sana27.05.2022
Hajmi3,24 Mb.
#611544
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   117
Bog'liq
Irisbekova

-
 
xalqaro bog‗lanishlarda foydalanishga yo‗l qo‗yiladigan transport vositalaring 
tavsifi va gabarit o‗lchamlari; 
-
 
transport vositalaring xalqaro bog‗lanishda aylanish shartlari; 


174 
4.
Xalqaro to‗g‗ridan-to‗g‗ri aralash avtomobil yo‗l-suv yuk bog‗lanishlari 
to‗g‗risida bitim (MJVS). 
Bitimlar yuklarni tashish shartlarini o‗rnatadi, shuningdek tashishlarni amalga 
oshirishda huquqiy masalalarni tartibga soladi. 
5.
O‗zbekiston bilan chegaradosh mamlakatlarning yo‗llari bilan chegara temir 
yo‗l bitimlari. 
Bu bitimlar yuklarni uzatish amalga oshiriladigan chegara stansiyalarining 
ro‗yxati, uzatish shartlari, chegara stansiyalarining ishini tartibga solish shartlari, 
poezdlarning chegara stansiyalari o‗rtasida harakatlanish tartibi, yuklar va 
vagonlarni uzatish tartibi va hokazolarni o‗rnatadi. 
Amaldagi bitimlarga o‗zgarish va qo‗shimchalar kiritish, shuningdek yangi 
xalqaro bitimlarni yaratish bo‗yicha ishlar xalqaro transport tashkilotlari doirasida 
amalga oshiriladi, BMT Evropa Iqtisodiyot Komissiyasining ichki transport 
bo‗yicha Qo‗mitasi (EEK) va boshqalar). 
O‗zbekiston hududi bo‗ylab to‗g‗ridan-to‗g‗ri xalqaro yuk bog‗lanishlarida 
yuklarni tashishni tartibga soluvchi asosiy hujjat SMGS bo‗lib hisoblanadi. Bitim 
ishtirokchi mamlakatlarning temir yo‗llarining ichki bog‗lanishlarda yuk 
operatsiyalari uchun ochiq bo‗lgan barcha stansiyalariga nisbatan qo‗llaniladi. 
SMGS da 22 ta davlat qatnashadi: 
-
 
Ozarbayjon Respublikasi, Belarus Respublikasi, Gruziya, Qozog‗iston 
Respublikasi, Qirg‗iziston Respublikasi, Latviya Respublikasi, Litva 
Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiy Federatsiyasi, Tojikiston 
Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, O‗zbekiston Respublikasi, 
Ukraina, Estoniya Respublikasi; 
-
 
Albaniya Respublikasi, Bolgariya Respublikasi, Polsha Respublikasi, 
V‘etnam Sotsialistik Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Xitoy Xalq 
Respublikasi, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Mongoliya. 
SMGS preambula, 21 ta moddani o‗z ichiga oladigan 8 ta bo‗lim va 20 ta 
ilovadan iborat. Preambula bitimda ishtirok etadigan mamlakatlarning ro‗yxatini 
o‗z ichiga oladi. SMGS ning bo‗limlariga quyidagilar kiradi:


175 
I bo‗lim. 
Umumiy qoidalar 
II bo‗lim. 
Tashish shartnomasini tuzish 
III bo‗lim. 
Tashish shartnomasini bajarish 
IV bo‗lim. 
Tashish shartnomasini o‗zgartirish 
V bo‗lim. 
Temir yo‗llarning javobgarligi 
VI bo‗lim. Da‘volar, arizalar. Da‘vo qilish va ariza berish muddati  
VII bo‗lim.  Temir yo‗llar o‗rtasida hisob-kitoblar  
VIII bo‗lim.  Umumiy qarorlar 
1 bo‗lim bitimning predmeti, bitimning qo‗llanilish sohasi, tashishga yo‗l 
qo‗yiladigan predmetlar, jumladan maxsus shartlarga rioya qilish bilan 
tashiladigan predmetlar, shuningdek ba‘zi bir yuklarni tashish bo‗yicha maxsus 
qoidalarni belgilaydi.
2 bo‗limda yukni tashishga qabul qilish bilan bog‗lanadigan asosiy qoidalar, 
jumladan tashish hujjatlarini rasmiylashtirish, yuklarni yetkazib berish 
muddatlarini hisoblash va hokazolar ko‗rsatilgan. 
3 bo‗limda yuk bilan yo‗lda va belgilangan stansiyada yukni berishda 
amalga oshiriladigan asosiy operatsiyalar ko‗rib chiqilgan 
4 bo‗lim nakladnoydagi ma‘lumotlarning o‗zgarishini ko‗rib chiqadi, ular 
yukni jo‗natuvchi yoki qabul qilib oluvchi tomonidan kiritilishi mumkin, 
shuningdek bu o‗zgarishlarni amalga oshirish tartibini ko‗rib chiqadi. 
5 va 6 bo‗limlar transport huquqi sohasiga tegishli. 
7 bo‗limda temir yo‗llar o‗rtasidagi tashish haqini to‗lash, shuningdek 
yukning saqlanmaganligi uchun to‗lovlar bilan bog‗lanadigan hisob-kitoblari 
ko‗rib chiqilgan.
8 bo‗lim SMGS ning faoliyat ko‗rsatishi bilan bog‗lanadigan masalalarni o‗z 
ichiga oladi. Xususan, bitim bilan bog‗lanadigan masalalarni hal qilishga vakil 
qilingan organ OSJD ning komissiyasi bo‗lib hisoblanishini belgilaydi.
SMGS ga ilovalar yuklarning ba‘zi bir turlarini tashish qoidalari, shuningdek 
tashish hujjatlari va boshqa hujjatlarning namunalari va ularni to‗ldirish qoidalarini 
o‗z ichiga oladi.


176 
Yukni tashishga shartnoma tuzilganligini tasdiqlaydigan va yukning butun 
bosib o‗tadigan yo‗liga tuziladigan asosiy hujjat SMGS nakladnoyi bo‗lib 
hisoblanadi. 
SMGS nakladnoyi 5 ta varaqdan iborat: 
1)
nakladnoyning originali, 
2)
yo‗l vedomosti, 
3)
nakladnoyning dublikati, 
4)
yukni berish varaqasi, 
5)
yukning kelganligi to‗g‗risida xabar berish varaqasi, 
shuningdek yo‗l vedomostining zaruriy qo‗shimcha nusxalari sonidan tashkil 
topadi: 
-
jo‗natgan yo‗l uchun ikki nusxa; 
-
tashishda ishtirok etadigan har bir tranzit temir yo‗l uchun bir 
nusxadan. 
Nakladnoyning 1,2,4,5 varaqlari belgilangan stansiyagacha yukka hamrohlik 
qiladi. Nakladnoyning 3-varag‗i tashish shartnomasi tuzilgandan keyin 
jo‗natuvchiga qaytariladi. 2,4 varaqlar belgilangan stansiyada qoladi.
Nakladnoy blankalari jo‗natish mamlakatining tilida, shuningdek OSJD ning 
ishchi tillarining birida bosiladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish