Eksperimentlarni loyihalashtirish



Download 28,44 Kb.
bet3/8
Sana12.07.2022
Hajmi28,44 Kb.
#783051
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Eksperiment 14-15 Maruza (1)

Kamchiliklari.Garchi to’g`ri chiziq ikki nuqta o’rtasidagi eng qisqa masofa hisoblansa-da, bu ularning o’rtasidagi birdan-bir chiziq emas. Boshqacha qilib aytganda, ikki darajali eksperimentlarning aksariyatida siz noaniqlik holatiga tushib qolasiz, chunki mustaqil va tobe o’zgaruvchilar o’rtasidagi aloqaning xususiyati noma`lum bo’lib qoladi.
Kitobxon murakkab nasriy asarning mazmunini tushunishga mumkin qadar kamroq vaqt sarflashi uchun mazkur kitobni qanday shriftda bosish zarurligini aniqlash maqsadida biz eksperiment o’tkazdik deb faraz qilaylik. Biz elektron matn muharriri yordamida bir nechta abzatslarni chop etishimiz mumkin. Abzatslarning ayrimlari balandligi 12 punkt bo’lgan shrift bilan, boshqalari esa – balandligi kichikroq, 10 punktga teng bo’lgan shrift bilan chop etiladi. Shundan keyin biz har bir shriftda chop etilgan abzatslarni o’qish uchun odamlarga zarur bo’lgan vaqtni o’lchashimiz mumkin. Albatta, dastavval biz abzatslarni mazmunning tushunarliligiga tekshirib ko’ramiz va tartibni muvozanatga solamiz, shuningdek biz mazkur kitobdan o’qib bilgan boshqa zaruriy amallarning barchasini bajaramiz.



O’qish vaqti

12 punkt

10 punkt

Shrift balandligi

24-jadval. Balandligi 12 va 10 punkt bo’lgan shrift bilan chop etilgan abzatslarni o’qish vaqtini o’lchashga bag`ishlangan eksperimentning ehtimol tutilgan natijalari


24-jadvalda mazkur eksperimentning o’ylab topilgan natijalari ko’rsatilgan. Ma`lumotlar qiymatlarining ikki nuqtasi orqali o’tkazilgan erkin to’g`ri chiziq shrift qancha kichkina bo’lsa, o’qish vaqti shuncha uzoq bo’lishini ko’rsatadi. Shu tariqa eksperiment bizning savolimizga javob berdi: balandligi 12 punkt bo’lgan shrift matnni yanada tezroq o’qish imkonini beradi. Ammo biz mavjud barcha shriftlar orasida eng yaxshisini aniqlamoqchi bo’lsak va eksperiment uchun shriftning ikki balandligini ular bizga ayniqsa ma`qul bo’lib tuyulgani tufayli tanlasak, bu holda biz qaror qabul qilish uchun etarli axborotga ega bo’lmaymiz. Bizning natijalarimiz shriftning balandligi va o’qish vaqti o’rtasidagi to’g`ri chiziqli aloqa 12 va 10 punktli shriftlardan tashqari boshqa shriftlarning barchasi uchun to’g`ri yoki to’g`ri emasligi haqida biron-bir ma`lumot bermaydi.





O’qish vaqti

12 punkt

10 punkt




25-jadval. Shrift balandligi va o’qish vaqti o’rtasida mavjudligi ehtimol tutilgan bir qator aloqalar. Barcha funktsiyalar ma`lumotlar qiymatlarining ayni bir nuqtalari orqali o’tadi


25-jadvalda amalda mavjudligi ehtimol tutilgan bir qator aloqalar ko’rsatilgan. Siz aloqaning xususiyatini bilmaslik interpolyatsiyaga shubhali tus berishini ko’rishingiz mumkin. Biz balandligi 12 va 10 punktlar oralig`ida joylashgan shrift mazkur kattaliklar o’rtasida yotuvchi o’qish vaqtini beradi, degan xulosaga kelib yanglishishimiz mumkin.


Ikki nuqta chegarasidan chetga chiqish yoki ekstrapolyatsiya interpolyatsiyaga qaraganda xavfliroq. Psixologik funktsiyalarning aksariyatiga shift va tub effektlari xos. Shift effekti tobe o’zgaruvchi oshib o’tish mumkin bo’lmagan darajaga etganida paydo bo’ladi. Oshib o’tish mumkin bo’lmagan darajalarga reaktsiyaning 100% ga teng aniqligi; reaktsiyaning 1,0 ga teng ehtimolligi; reaktsiyaga bo’lgan 100% ishonch misol bo’lishi mumkin. Ko’rsatilgan holatlarning har birida kimdir amalga oshirgan reaktsiya muayyan kattalikdan oshib ketishi jismonan mumkin emas. (Boshqacha qilib aytganda, sizning aniqligingiz 100% dan oshishi mumkin emas.) Boshqa hollarda, garchi reaktsiyalar biron-bir mutlaq shift bilan cheklangan bo’lmasa-da, ularni amalda ayrim nisbatan elastik shift cheklaydi. Masalan, hatto mashqni hisobga olganda ham, biz qisqa muddatli xotirada saqlab qolishimiz mumkin bo’lgan elementlar soni uchun muayyan faktik shift mavjud: taxminan etti element. Xuddi shuningdek, odamlar qayd etilgan ma`lum vaqt mobaynida ishlov berishga qodir bo’lgan axborot hajmi ham amalda cheklangan. Bunday axborot jumlasiga odamlar qo’sha oladigan sonlar miqdori, ular displeyda topishga qodir bo’lgan ob`ektlar soni, ular chop eta oladigan so’zlar soni va hokazolar kirishi mumkin. Mazkur shift haddan tashqari qattiq bo’lmasligi ham mumkin, lekin undan hali hech kim oshib o’tgan emas.
Tub effektibu shunday bir kattalikki, undan quyi darajada reaktsiya paydo bo’lishi mumkin emas. Masalan, nol sekunddan kamroq vaqt ichida reaktsiya qilishga yoki noldan ortiq reaktsiya paydo qilishga hech kim qodir emas. Xuddi shuningdek, tub mutlaq bo’lmasligi ham mumkin. Amalda nisbatan elastik muayyan tub mavjud bo’lishi mumkin. Masalan, stimulni tanib olish uchun eng qisqa vaqt nazariy jihatdan olib qaraganda nolga teng, amalda esa taxminan 150 millisekundni tashkil etadi. Agar biz natijalarning ikki qiymatini olsak va shiftdan Yuqorida yoki tubdan quyida joylashgan qiymatlarni ekstrapolyatsiya qilishni amalga oshirsak, chordoqqa yoki erto’laga emas, balki mushkul ahvolga tushib qolamiz! Bunda shift yoki tub qaerda bo’lishi lozimligi ba`zan aniq bo’lmaydi. Ikki darajali eksperiment o’tkazayotganda bu muammolarni chetlab o’tish uchun siz eksperimentda mavjud bo’lgan darajalardan tashqariga ekstrapolyatsiya yoki interpolyatsiya qilmaslikni o’zingiz uchun qoidaga aylantirishingiz lozim.



Ikki nuqta o’rtasida interpolyatsiya qilish xavfli
Ikki nuqtadan tashqariga ekstrapolyatsiya qilish bundan ham xavfliroq!

Bundan tashqari, ikki darajali eksperimentlarning nazariy qimmati ba`zan cheklangan bo’ladi. 1–3-boblarda biz fan zamirida o’zaro aloqalar yotadi va olimlar nazariyadan eksperimentlarda aniqlanadigan o’zaro aloqalarni tushuntirish uchun foydalanadi, degan fikrga qo’shildik. Toki nazariyalardan birini tasdiqlaydigan va boshqa nazariyalarning barchasini rad etadigan eksperiment o’tkazilmagan ekan, har bir nazariya mavjud boshqa nazariyalar bilan raqobatlashadi. Ko’pgina nazariyalar mustaqil o’zgaruvchining o’zgarishi tobe o’zgaruvchini ma`lum tomonga o’zgarishga majbur etishini bashorat qilishi bois, ikki darajali eksperiment natijasi aksariyat hollarda raqobatlashayotgan nazariyalarni bir-biridan ajratish imkonini bermaydi. Raqobatlashayotgan nazariyalar qarama-qarshi yo’nalishlarda o’zgarishlarni bashorat qilgan yoki nazariyalardan biri o’zgarishni bashorat qilgan, boshqasi esa uni bashorat qilmagan hollarni istisno etganda, nazariyalarni tekshirish odatda yanada murakkab mezonlarga muvofiq eksperimentlar o’tkazishni talab qiladi.



Download 28,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish