“EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA”
FANIDAN
ISHCHI O`QUV DASTURI
Bilim sohasi: : 200000 – Ijtimoiy soha, iqtisodiyot va huquq
Ta’lim sohasi: 210000 - Sotsiologiya va psixologiya
Ta’lim yo‘nalishi - 5210203 - Psixologiya (amaliy psixologiya)
5210203 - Psixologiya (oila psixologiyasi)
№
|
Mashg‘ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
1-semestr
|
2-semestr
|
1
|
Ma`ruza
|
60
|
30
|
30
|
2
|
Amaliy (seminar)
|
60
|
30
|
30
|
3
|
Laboratoriya
|
30
|
|
30
|
|
Mustaqil ta`lim soati
|
210
|
90
|
120
|
|
Jami auditoriya soati
|
150
|
60
|
90
|
|
Umumiy o‘quv soati
|
360
|
150
|
210
|
Buxoro - 2020
Fanning ishchi o`quv dasturi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 132-son buyrug`i asosida tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
|
L.Y.Olimov -
|
Buxoro davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi dotsenti
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
M.N.Usmonova -
|
Buxoro davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi
|
|
O.R.Avezov -
|
Buxoro davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi katta o`qituvchisi
|
1. O‘quv fanini o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.
Mazkur dastrur “Ta’lim to`g`risidagi Qonun”ning ta’limning ijtimoiylashuvi bo‘limida ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning eksperimental psixologik bilimlarini dunyoqarashini boyitish, ularda eksperimental psixologiya qonuniyatlari asosida jamoadagi shaxslararo munosabat, psixologik jarayonlarni rivojlanishini shakllantirish qonuniyatlari haqida ko‘nikmalarni shakllantirish, eksperimental psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi.
O‘quv fanining maqsadi: talabalarda eksperimental psixologik bilimlarni shakllantirish, ularni eksperimental psixologik bilimlar orqali psixologik hodisalarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning o‘ziga xos psixik xususiyatlarni tahlil etish hamda psixofizik, psixofiziologik va sof psixologik qonuniyatlarni tahlil etishga o‘rgatishdan iborat.
O‘quv fanining vazifalari:
- fanning vazifalari psixik jarayonlarni psixofiziologik va psixologik tahlil etish;
- eksperimental psixologiya orqali shaxsni psixik jarayonlarni turli holatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini talabalarga tushuntirish;
- psixologik jarayonlarni tahlil va tadqiq etish malakasini hosil etish eksperimental psixologiyani ilmiy asoslarini o‘rgatishni;
- psixologik qonuniyatlarni, psixofiziologik va psixofizik qonuniyatlar asosida rivojlantirishni;
- fanining asosiy tushuncha va tamoyillarini o‘zlashtirishda talabalarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |