O`z-o`zini kuzatish myetodi. XUSH-X1X asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu myetod so`nggi yillarda yana ma`lum ahamiyatga ega bo`lib bormoqda. CHunonchi, suhbat va so`roq-javob myetodlarini o`z-o`zini kuzatish myetodi orqali olingan ma`lumotlarsiz qo`llab bo`lmaydi. Buni suhbat va shaxsiy savol-javob o`tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lyekin o`z-o`zini kuzatish, garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy myetodi bo`lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega bo`lishi mumkin. O`z-o`zini kuzatish myetodi psixik holatlarni, ya`ni tyetik kayfiyatni, achchiqlanishni, ishchanlikni, kasb bilan bog`liq bo`lgan syermahsul ishlarni o`rganishda ayniqsa foydali bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |