1. G`oya nima?
2. Muammo qachon yuzaga keladi?
3. Faraz va uni tyekshirish haqida gapirib bering?
4. Kuzatuv natijalari, ularni tahlil qilish qanday amalga oshiriladi?
5. G’oya qachon nazariyaga aylanadi?
10-MAVZU: Eksperimental–psixologik tadqiqotlarni tashkil qilish, o’tkazish va olingan natijalarni qayta ishlash. Reja:
1. Myetodologiya. Ijtimoiy psixologik tadqiqot dasturi
2. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda tanlash myetodi
3. Ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish tajribasi
4. Kuzatish myetodi
5. Hujjatli manbalar tahlili
6. Ankyeta va intyervyu
Myetodologiya - uslibiyot dyeb ilmiy tadqiqot tamoyillari tizimiga aytiladi. Aynan, myetodologiya to’plangan faktlar bilimning ryeal va ishonchli asosiga qay darajada xizmat qilishi mumkinligini aniqlaydi.
Rasmiy nuqtai nazardan, myetodologiya ryeal hayot haqidagi bilimlar mazmuni bilan bog’liq bo’lmay, balki bilimlarni tashkil etish borasidagi jarayonlar bilan ish ko’radi. SHuning uchun «myetologiya» tyermini, odatda, tadqiq etilgan protsyedura, tyexnika, usullar majmuini va ma’lumotlar to’plash, ularni qayta ishlashni anglatadi.
Myetodologiyani mohiyatan tushunish tadqiqot pryedmyeti doirasidagi evristik (ya’ni, izlanayotgan) funktsiyani amalga oshirish asoslanadi. Har qanday nazariy bilimlar tizimi nafaqat pryedmyet doirasidagi tasvirlash va tushuntirish mazmuniga ega bo’ladi, balki, bir vaqtning o’zida yangi bilimlar izlanishida qurol hisoblanadi.
Pryedmyet doirasidagi ob’yektiv hayotni aks ettiruvchi nazariya qanchalik tamoyil va qonunlarni shakllantirsa u shunchalik voqye’likning o’rganilmagan qirralariga kirish usullarini ko’rsatadi. Gyegyelning ta’kidlashicha: - “Har qanday fan amaliy mantiqdir”.
A.N.Kupriyan nazariyaning 3 ta asosiy myetodologik funktsiyalarini ajratib ko’rsatadi: mo’ljallangan, bashoratlangan, klassifikatsiyalangan - tasnifiy. Birinchisi, tadqiqotchi harakatini ma’lumotlar olishga yo’naltirsa; ikkinchisi, ba’zi maxsus sohalarda o’ziga xos bog’liqlikni tiklashga suyanadi; uchinchisi esa xususiyat va aloqalarni namoyon qilish yo’li orqali faktlarni tizimlashtirishga yordam byeradi.
Dastur - ilmiy amaliy tadqiqot faoliyatining qonuniyatli bajarilish tartibi va bosqichli dasturlashtirilgan kyetma-kyetligi bo’lib, bu umumiy kansyeptsiya loyihada aks etadi.
Dasturga qo’yiladigan asosiy talablar:
zarurat;
aniqlik;
asoslangshanlik;
mantiqiy kyetma-kyetlik.
Dastur psixolog tomonidan amalga oshiriladigan bo’lajak tadqiqot tartibini aniq asoslab tuzib chiqishdan iboratdir. Bu tartib bo’lajak tadqiqot matyeriallarini to’plash, qayta ishlash va ma’lumotlarni tahlil qilishni o’z ichiga oladi.
Dastur mazmuni haqida qisqcha ma’lumot byerilishi annotatsiya dyeyiladi. Har qanday empirik psixologik tadqiqot dasturning umumiy talablari mavjud. Bularga: tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash, ishchi farzni ishlab chiqish, dasturni ishlab chiqish jarayonida kompyutyer tyexnikasidan foydalanish kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |