Idrok Idrok sezgi organlarimizga bevosita ta`sir etib turgan narsa va hodisalarning ongimizda butun, yahlit holda aks ettirishdan iborat psixik jarayondir. Idrok processida barcha ruhiy hayotimiz, ongimizning butun mazmuni, bilimlarimiz va tajribalarimiz ishtirok etadi. Shuning uchun ham idrok sezgilarga nisbabatan murakkabroq va mazmundor psixik jarayon bo’lib hisoblanadi. Idrokning fiziologyk asoslari ro’zgovchilar yigindisi ta`sirida bosh miya yarim sharlari robigida hosil bo’lgan shartli reflektor (muvarrat) nerv boglanishlaridan iboratdir.
Idrok perceptiv harakterga ega. Chunki kishilar idrokining mazmuni bir-biridan farq qiladi. Kishilar aynan bir hil narsani o’z bilim darajasi, turmush tajribasi, dunyorarashi hamda ijtimoiy kelib chiqishiga rarab turlicha idrok qiladilar. Idrokning nechoglik mazmundorligi shahsning dunyorarashi, e`tirodi, ideali, bilim va madaniy saviyasi, hayotdan orttirgan tajribalari hamda qizirishlariga boglirdir.
Idrok qaysi organ (analizator) orqali amalga oshiqilishiga qarab: ko’ruv, eshituv idroki; ob`ektiga qarab: vaqt (zamon), harakatni, fazo (makon) ni idrok qilish kabi turlarga ajratib o’rganiladi.
Vaqtni idrok qilish — mageriyaning yashash formasi — muayyan ob`ektiv birligini ongimizda bevosita aks ettiqilishidan iboratdir.
Vaqtni idrok qilish asosan ruhiy hodisalarimizning almashinuvi tufayli ro’y beradi. Vaqtni idrok qilish idrok qilinayotgan vaqt birligining ob`ektiv mazmunnga hamda bizning unga bo’lgan munosabatimizga boglir. Masalan, bizning ehtiyoj va qiziqishlarimizga mos bo’lgan vaqt birligini idrok qilganimizda, vaqt sub`ektiv jihatdan tez idrok qilinadi va aksincha.
Harakatni idrok qilish — jismlarning fazo (makon) dagi o’rin almashtirishini bevosita aks ettirishdir. Harakat nisbatan va nisbatsiz idrok qilinadi: agar harakatdagi jism atrofidagi boshqa harakatsiz jismlarga taqqoslab idrok qilinsa, bu harakatni nisbatan idrok qilish deyiladi: aksincha, harakatdagi jism hech narsaga tarroslanmay idrok qilinsa, bu harakatni nisbatsiz idrok qilish deyiladi.
F a z o (makon) n I i d r o k q i l i sh — voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda tutgan o’rnini, shaklini, miqdorini hamda bir-birlariga nisbatan munosabatlarini uch o’lchovda: balandlik, kenglik, uzorlikda bevosita aks ettirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |