Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatishning vazifasi Ob’ektlarni ko‘rsatishning turlari va o‘ziga xos xususiyatlari



Download 47,94 Kb.
bet1/6
Sana25.06.2022
Hajmi47,94 Kb.
#701880
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 mavzu matn


7-mavzu: Ekskursiya xizmatida obyektlarni ko`rsatish usullari
    1. Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatishning vazifasi

    2. Ob’ektlarni ko‘rsatishning turlari va o‘ziga xos xususiyatlari

    3. Ob’ektlarni ko‘rsatishning usullari

7.1. Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatishning

vazifasi


Ekskursiya jarayonida ob’ektlarni ko‘rsatish – bu ko‘rgazmalilik tamoyilini amalga oshirish jarayoni bo‘lib, unda gid yordamida bir yoki bir nechta ob’ektlar bilan tanishib chiqiladi va ob’ektning mohiyati yoritiladi.
Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish bu ko‘rib-kuzatish orqali axborot olishning ko‘p rejali jarayonidir. Ushbu jarayonda ekskursantlar harakati aniq maqsad va ketma-ketlikda amalga oshiriladi, ob’ektlarning ko‘z ilg‘amas jihatlariga e’tibor qaratilib, tahlil qilinadi. Ekskursiya jarayonida ekskursantlar ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rishni, kuzatishni o‘rganadilar bu esa ob’ektlarni ko‘rsatishning asosiy vazifasidir. Yangi ekskursiya mavzusini tayyorlashda ob’ektni ko‘rsatishning predmeti, maqsadini to‘g‘ri belgilab, mavzu to‘liq yoritilishini inobatga olish kerak.
Ob’ektlarni ko‘rsatish insonning mushohada va tomosha qilish kabi harakatlaridan yuzaga keladi. Mushohada va tomosha qilishda ob’ektlarni hech kim ko‘rsatmasa (gid bo‘lmasa), kuzatuvchi predmetlarni passiv qabul qiladi.
Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayonidan farqli ravishda ularni tomosha qilish jarayonida shunchaki yuzaki tanishib chiqiladi. Kishi birovning yordamisiz biror bino, yodgorlik yoki muzey ekspozitsiyasining tashqi ko‘rinishini tomosha qilishi mumkin. Agar mutaxassis tomonidan ob’ekt ko‘rsatilsa, uning alohida qismlari, o‘ziga xosligini farqlaydi, tahlil qiladi.


7.1- rasm.




Ekskursiya xizmati jarayonida ob’ektlarni ko‘rsatish ketma-ketligi.

Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatishning vazifasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:



  • ekskursantlar qarshisidagi ob’ektlarni ko‘rsatish;

  • saqlanmagan ob’ektlarni ko‘rsatish(faqatgina rasmlarda saqlanib qolgan);

  • shu joyda bo‘lib o‘tgan voqealarni ko‘rsatish, ekskursantlar ko‘z oldiga jonlantirish;

  • tarixiy shaxsning (yozuvchi, rassom, harbiy) hayot faoliyatini ko‘rsatish;

  • tasvirlanayotgan voqea davrida ob’ekt qanday bo‘lganligini ko‘rsatish.

Ekskursiya xizmati ob’ektlarini ko‘rsatish jarayoni samarali bo‘lishi uchun ma’lum shart-sharoitlarni talab qiladi:

  • to‘g‘ri tanlangan ko‘rsatish nuqtasi;

  • to‘g‘ri tanlangan ko‘rsatish vaqti;

  • mavzudan yiroq ob’ektlardan diqqatni chalg‘itish imkoniyatining mavjudligi;

  • ekskursantlar harakatini to‘g‘ri yo‘naltirish;

  • gidning bilim va ko‘nikmasi;

  • ekskursantlarning ob’ektlarni kuzatishga tayyorligi.

Me’moriy yodgorliklarni ko‘rsatishning o‘ziga xos jihatlari mavjud bo‘lib, ularni old tomondan(fasad) ko‘rsatmagan ma’qul. Bunda ko‘rsatish jarayoni manzarali bo‘lishi mumkin, lekin me’moriy emas. Yodgorlikning uch o‘lchami ham (uzunligi, balandligi, chuqurligi) ko‘rinishi uchun yondan ko‘rsatish maqsadlidir. Masalan, Ichan Qal’adagi Kalta Minorni (Xorazm viloyati) ertalabki quyosh nurlari urib turganda ko‘rsatib bo‘lmaydi, chunki yorug‘lik minoraning ranglarini, salobatini o‘chiradi. Minoraning me’moriy o‘zigaxosligini tomosha qilishi uchun ekskursantlar uni atrofidan aylanishiga to‘g‘ri keladi.
Ekskursantlarga nisbatan uzoqroqda joylashgan ob’ektlarni yoki me’moriy ansambllarni (masalan, «Registon» maydoni, «Shohi Zinda» majmuasi) ko‘rsatishning o‘ziga xos jihatlari bor. Bu yerda ob’ektlarni ko‘rsatishning panoramali usulini qo‘llash maqsadlidir. Ekskursantlar ongida ob’ekt to‘g‘risida tasavvur uyg‘onishi uchun ular ob’ektga bir necha marotaba ko‘z tashlashlari kerak bo‘ladi. Ushbu jarayonni gid o‘z ko‘rsatmalari bilan yo‘naltiradi.


7.1-jadval

Download 47,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish