Teri kuyganida birinchi tibbiy yordam
Teri kuyishining quyidagi turlari qayd etilgan:
termik kuyishlar - yong‘in ta’sirida, issiq predmetlar ta’sirida, quyosh nurlari ta’sirida, kvars va h.k. ta’sirida ro‘y beradi;
kimyoviy kuyishlar - kislota va ishqorlar ta’sirida ro‘y beradi;
elektrik kuyishlar - elektr toki ta’siri natijasida kuyish ro‘y beradi.
Og‘irlik darajasiga qarab teri kuyishlari quyidagi darajalarga bo‘linadi:
I - darajali kuyish - terini qizarishi va shishi bilan xarakterlanadi;
II - darajali kuyish - terida pufaklar hosil bo‘ladi;
III - darajali kuyish - terining qatlamlari kuyishi natijasida qo‘tir paydo bo‘ladi;
IV - darajali kuyish - terining to‘qimalari kuyib ko‘mirga aylanadi, mushaklarning, paylarning va suyaklarning zararlanishi bilan kechadi.
Termik va elektrik kuyishlardan jabrlanganlarga yordam berayotganida gid quyidagilarga amal qilishi shart:
jabrlanuvchini yuqori harorat ta’siridan olib chiqish;
kiyimlarining kuyayotgan sohasini o‘chirish (har qanday matoni, odeyaloni, suvni kuyayotgan sohaga tashlash);
jabrlanuvchiga og‘riq qoldiruvchi dori berish;
kuygan sohaga steril boylam qo‘yish, kuyish maydoni katta bo‘lganda shu sohani toza doka yoki dazmollangan choyshab bilan yopish;
ko‘z kuyganida bor kislotasi eritmasining (bir stakan suvga ½ choy qoshiq kislota solib tayyorlangan eritma) muzdek malhamlaridan qo‘yish; jabrlanuvchini zudlik bilan tibbiy muassasaga yetkazish.
Elektr tokidan zararlanganda birinchi tibbiy yordam
Elektr tokidan jabrlanganga gid quyidagicha yordam berishi kerak:
jabrlanuvchini xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda elektr manbai ta’siridan qutqarish (tok o‘tkazuvchi qismlardan va o‘tkazgichlardan jabrlanuvchini qutqarayotganda elektr toki o‘tkazmaydigan quruq kiyim yoki quruq vositalarni qo‘llash);
bir daqiqa davomida jabrlanuvchining umumiy holatini baholash
(hushini aniqlash, teri va shilliq qavatlarini rangini, nafas olishini, pulsini, ko‘z qorachiqlarining yorug‘likka reaksiyasini aniqlash);
jabrlanuvchi hushini yo‘qotganda uni yotqizib, kiyimlarini yechish toza havodan nafas olishini ta’minlash va burunga novshadil spirtiga namlangan paxtani yaqinlashtirish, umumiy isitish;
zarur bo‘lganda (o‘qtin-o‘qtin nafas yoki talvasali nafas olish kuzatilsa) sun’iy nafas berish;
hayotiy muhim a’zolarda tiriklik belgilari yoki o‘lim belgilar paydo bo‘lguncha jonlantirish chora-tadbirlarini o‘tkazish;
jabrlanuvchida qusish sodir bo‘lsa uning boshini yonboshga qaratib, og‘iz bo‘shlig‘ini massalardan tozalash;
jabrlanuvchiga jonlantirish tadbirlari ko‘rsatilgandan keyin unga to‘liq osudalikni ta’minlash va tibbiyot xodimini chaqirish;
jabrlanuvchini zambilda yotgan holatda transportirovka qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |