Ekotizmlarning oʻzgarishi suktsessiya hodisasi. Reja: Ekologik tizim tushunchasi



Download 17,1 Kb.
bet7/8
Sana21.01.2022
Hajmi17,1 Kb.
#397033
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
@Ekotizmlarning-WPS Office

Suksessiyaning borish yoʻli va tugash nuqtasi

Suksessiyani ilk marotaba oʻrgangan ekologlar suksessiya jarayonini oldindan aytish mumkin, jamoa doimo bir xil ketma-ketlikdagi bosqichlarni bosib oʻtadi deb oʻylashgan. Shuningdek, ular

suksessiyaning oxirgi barqaror, yaʼni atrof-muhit bilan muvozanatda boʻlgan holatini klimaks bosqichidagi jamoa deb nomlashgan va bu holat oʻsha joyning iqlimi bilan belgilanadi deb hisoblashgan. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda yetilgan eman va hikori oʻrmoni muvozanatga erishgan, klimaks bosqichidagi jamoa hisoblangan.

Suksessiya jarayonining oldindan belgilab qoʻyilgan yoʻldan borishi va barqaror muvozanatga erishgan jamoa toʻgʻrisida ilgari surilgan fikrlar bugungi kunga kelib turli savollarni yuzaga chiqarmoqda. Oldindan belgilab qoʻyilgan yoʻldan emas, muayyan vaziyatlarga qarab suksessiyaning turli yoʻllarni bosib oʻtishi maʼlum boʻlib bormoqda.^1

1

start superscript, 1, end superscript Shuningdek, barqaror klimaks bosqichiga chiqqan jamoalar baʼzi holatlarda shakllanayotganligiga qaramasdan, koʻplab muhitlar uchun bu kam uchraydigan holat boʻlishi mumkin. Ekotizim tez-tez turli buzuvchi omillar taʼsiriga duchor boʻlib turishi ham mumkin va bu jamoaning muvozanat holatiga chiqishiga toʻsqinlik qiladi yoki muvozanat qaror topganda tezda bu holatni izdan chiqaradi.

Har qanday biotsenoz o’zgaruvchan bo’lib, undagi barcha tarkibiy qismlarning hayot faoliyatida va populyatsiyalar nisbatida Har doim o’zgarishlar sodir bo’lib turadi. Tabiiy jamoalardagi o’zgarishlar turli-tuman bo’lib, ularni ikki asosiy guruhga ajratish mumkin: davriy va yo’naltirilgan o’zgarishlar. Davriy o’zgarishlar tashqi sharoitning sutkalik, mavsumiy va yillar davomida davriy o’zgarishini hamda organizmlarda endogen ritmlarning yuzaga chiqishini aks ettiradi.

Biotsenozda kun va tun o’rtasida harorat, namlik va boshqa omillarning farqi qanchalik kuchli ifodalansa sutkalik o’zgarishlar ham shuncha kuchli ifodalanadi. Sutka davomida organizmlarning hayot faoliyati sezilarli darajada o’zgarib turadi. Biotsenozning mavsumiy o’zgarishida nafaqat organizmlarning holati va faolligi balki turlarning nisbatlari ham o’zgaradi. Yilning ma’lum vaqtlarida ko’pchilik turlar tinch davriga o’tish bilan jamoa hayotidan chiqib turadi. Mavsumlar davomida biotsenoz pog’onalarida ham sezilarli o’zgarishlar kuzatiladi. Ba’zi mavsumlarda utchil o’simliklardan iborat pog’onalar yo’qolib ketadi. Mavsumiy o’zgarishlar ayniqsa kontenental iqlim sharoitida yaxshi ifodalangan bo’ladi.

Har qanday biotsenozda yillar davomida ham o’zgarishlar bo’lib turadi. Bu o’zgarishlar meteorologik sharoitning turli yillarida turlicha bo’lishi bilan bog’liq.

Biotsenozdagi yo’naltirilgan o’zgarishlar oxir oqibatda bir biotsenozning ikkinchisi bilan almashinishiga olib keladi. Jamoalardagi bunday almashinishga uzoq vaqt ma’lum yo’nalishda ta’sir qiluvchi omillar sabab bo’ladi. Bunday omillar botqoqlarning kuritilishi, suv xavzalarining ifloslanishi, mollarni ko’plab bokish, axoli tomonidan joyning ko’p toptalishi va h.o. bo’lishi mumkin. Bunday ta’sirlar natijasida bir biotsenozning ikkinchisi bilan almashinishi ekzogenetik almashinuvi deyiladi. Agar omilning ta’siri jamoa tuzilmasini soddalashuviga, tur tarkibining kambag’allashuviga, maxsuldorlikning pasayishiga olib kelsa bunday ekzogenetik almashish digression almashinish deyiladi. Jamoaning ichida sodir bo’ladigan jarayonlar ta’sirida sodir bo’ladigan almashinish endogenetik almashinish deyiladi. Tirik organizmlarning o’zaro va tashqi abiotik muhit bilan o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan almashinish jarayoni suksissiya deb ataladi. Suksissiya jamoalarining o’z-o’zidan rivojlanish jarayonidir. Suksissiyalar asosida biologik modda aylanishining to’liqsizligi yotadi. Har bir organizm o’z hayot faoliyati natijasida, tashqi muhitdan modda qabul qilib va hayot maxsulotlarini tashqariga chiqarib, muhitni o’zgartiradi. Uzoq vaqt mavjud bo’lgan holatlarda populyatsiyalar muhitini o’zlariga noqulay bo’lgan tomonga o’zgartiradi va natijada bu muhit qulay bo’lgan boshqa populyatsiyalar ularni siqib kuyadi. Buning natijasida jamoada ustun turlarning almashinishi sodir bo’ladi. Biotsenozning uzoq yashashi shu paytda mumkin bo’ladiki, kachonki bir organizmlar hayot faoliyati natijasida muhitda yuzaga keladigan o’zgarishlar ikkinchi organizmlar tomonidan tug’irlanib borilsa. Tabiatda suksessiyalarning o’lchami turli darajada bo’ladi. Xatto eng barqaror ekosistemalarda ham ko’p mahalliy, ya’ni ekosistemaning ma’lum qismlarida ko’p miqdorda suksessiyalar yuzaga kelib turadi. Bu suksessiyalar ekosistemaning murakkab tuzilishini ta’minlab turadi.


Download 17,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish