Ekotizmlarning oʻzgarishi suktsessiya hodisasi. Reja: Ekologik tizim tushunchasi



Download 17,1 Kb.
bet8/8
Sana21.01.2022
Hajmi17,1 Kb.
#397033
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
@Ekotizmlarning-WPS Office

Suksessiyali almashinuvning ikki asosiy tipi farq qilinadi.

ham aftotrof ham geterotrof organizmlar ishtirokidagi suksissiya;

Faqat geterotrof organizmlar ishtirokidagi suksessiya. Ikkinchi tip suksessiya organik moddalar zaxirasi oldindan to’plangan yoki doimo kelib turadigan sharoitlardagina yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, organik moddalar bilan kuchli ifloslangan suv xavzalarida, chiriyotgan o’simlik qoldiqlari to’plangan joylarda va h.o. O’simlik qoplami almashinishi bilan bog’liq suksessiyalar birlamchi va ikkilamchi bo’lishi mumkin. Birlamchi suksessiyalar hayot xali yo’q joylarda boshlanadi. Masalan, koyalarda, jarliklarda, kumliklarda va h.o. Bunday maydonlarda dastlab lishayniklar va moxlar paydo bo’ladi, keyin turli mayda hayvonlar to’planadi. Tuproq yuzaga kelib yuqori o’simliklar uchun sharoit yaratiladi.

Ikkilamchi suksessiyalar tiklanishga qaratilgan almashinuv bo’lib, jamoada urnatilgan munosabatlar buzilgan vaqtda yuzaga keladi. Tiklanishga qaratilgan ikkilamchi suksessiyalar birlamchi suksessiyalarga nisbatan tezrok sodir bo’ladi, chunki ikkilamchi suksessiyalar sodir bo’ladigan yashash muhitida tuproq, tirik organizmlar va ular o’rtasidagi aloqalar mavjud bo’ladi.

Suksessiya jarayoni bir necha bosqichlardan iborat bo’ladi:

Hayot bilan band bo’lmagan joyning yuzaga kelishi.

Bu yerga organizmlarning ko’chib o’tishi.

Bu organizmlarning shu yerda yashab ketishi.

Turlar o’rtasida raqobatning yuzaga kelishi va ayrim turlarning siqib chiqarilishi.

Tirik organizmlar tomonidan yashash muhitining o’zgartirilishi, asta-sekinlik bilan sharoitning va munosabatlarning barqarorlashuvi. Har qanday suksessiyada yuzaga chiqadigan o’zgarishlarning jadalligi vaqt o’tishi bilan pasayib boradi. Oxir oqibatda ekosistema nisbatan barqaror bosqichga o’tadi. Ekosistemaning bunday barqaror holati klimaks holati deyiladi. Klimaks xalatidagi ekosistemalar uzoq vaqt o’zini saqlab turish qobiliyatiga ega. Bunday qobiliyat biotsenozdagi muvozanatlashgan modda aylanishini ta’minlaydigan munosabatlar orqali yuzaga chiqadi. Suksessiya davomida turlarning xima-xilligi oshib boradi. Bu biotsenozlardagi aloqalarning

murakkablashuviga, Oziq zanjirining turli tuman bo’lishiga, simbioz aloqalarining kuchayishiga, ichki boshqarish imkoniyatlarining kuchayishiga olib keladi. Shu bilan birga ayrim turlarning katta xajmda ko’payish extimoli pasayadi va dominant turlarning dominantlik darajasi pasayadi. Ayrim turlar sonining ko’p oshib ketishi suksessiyaning boshlangich bosqichlarida kuzatiladi. Suksessiyaning dastlabki bosqichidagi sistemalarda kichik o’lchamli, hayoti qisqa va ko’payish imkoniyati yuqori bo’lgan organizmlar ustun bo’ladi. Bunday organizmlarning tarqalish imkoniyatlari ham yuqori bo’ladi, ular raqobatga chidamsiz bo’ladi. Rivojlanayotgan jamoalarda asta sekin uzoq va murakkab rivojlanish sikliga ega, yirik o’lchamdagi organizmlar paydo bo’ladi. Jamoaning ekologik xilma-xilligi ortadi. Natijada jamoa mustakil xolga o’tadi. Suksessiya jarayonida biomassa oldiniga tez o’sadi, lekin keyin o’sish sekinlashib, klimaks davrida biomassa barqarorlashadi. Suksessiyaning boshlangich davrida organizmlar kam bo’lganligi uchun hosil qilingan sof birlamchi maxsulotning kamroq qismi geterotroflar tomonidan o’zlashtiriladi. Shuning uchun biomassaning o’sishi yuqori bo’ladi. Yetuk, barqaror ekosistemalarda esa o’simliklarning sof birlamchi maxsuloti deyarli tuligicha oziq zanjiriga tushadi. Oziq zanjirining uzayishi energiyadan foydalanish samarasini

oshiradi.

Suksessiyaning boshlangich bosqichidagi biotsenozlardan sof maxsulotning ortiqcha qismini inson tomonidan ajratib olinishi suksessiya jarayonini susaytiradi, lekin jamoaning mavjudligiga zarar yetkazmaydi. Barqaror, klimaks sistemalarda energiyadan foydalanish to’liq bo’lgani uchun insonning aralashuvi qaror topgan muvozanatni buzadi. Agar buzilish jamoaning o’z-o’zini tiklash qobiliyatini cheklash darajasidan past bo’lsa, tiklovchi suksessiyalar yordamida biotsenoz dastlabki holatiga kaytishi mumkin. Bu qonuniyatdan o’rmonlarni kesishda foydalaniladi. Agar ta’sir ko’chi bu imkoniyatni cheklab qo’ysa, barqaror, turlarga boy biotsenoz yemiriladi.
Download 17,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish