Albatta bu tenglamada o'zaro ta'sir effekti (/>, -parametri) statistika nuqtai nazaridan qiymatga ega bo'lmasligi ham mumkin. Ammo iqtisodiy nuqtai nazardan ma'noga ega.
a
У= — + b x
Bunday tenglamalarning parametrlari eng kichik kvadratlar usuli bilan baholanishi mumkin, ushbu parametrlarning xususiyatlari shundan iboratki, ularning har biri aniq iqtisodiy ma'noga ega.
Ekonometrik tadqiqotlar quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi:
ya'ni bog'langan (y .) va bog'liq bo'lmagan ) o'zgaruvchilarni ajratish;
J k
ma'lumotlarni tanlash;
va xko'zgaruvchilar orasidagi bog'lanish shaklini aniqlash;
model parametrlarini aniqlash va baholash;
soxta o'zgaruvchilarni kiritish;
avtokorrelyatsiyani aniqlash;
trendlarni, dinamik va tasodifiy komponentalarni aniqlash;
bog'lanish shaklini aniqlash va bir vaqtli tenglamalar sistemasini tuzish;
identifikatsiya shartlarini tekshirish;
bir vaqtli tenglamalar sistemasining parametrlarini baholash;
dinamik qatorlar sistemasi asosida modellashtirish: statsionarlik va kointegratsiya muammolari;
integratsiya muammolari va parametrlarni baholash.
Ekonometrik model o'zaro bog'langan o'zgaruvchilarning nazariy jihatlari va ular orasidagi bog'lanish xususiyatlariga asoslanadi.
O'zaro bog'lanishlarni ifodalashda asosan, ularning sifat tomonlarini tahlil qilishga ko'proq e'tibor beriladi. Shuning uchun ekonometrik tadqiqotlar bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin.
muammoning qo'yilishi;
ma'lumotlar yig'ish, ularni sifatini tahlil qilish;
model xususiyatlarini aniqlash;
parametrlarni baholash;
yechimlarni tushinish, muhokama qilish va amalga joriy etish.
Bu bosqichlar barcha
tadqiqotlar uchun xos bo Tib, qanday ma'lumotlardan foydalanishidan qat'iy nazar vaqt va zamonga bog'liq bo'lmagan holda amalga oshiriladi.
Asosiy tayanch iboralar
Ekonometrika 7. Avtokorrelyatsiya
Korrelyatsiya 8. Identifikatsiya
Regressiya 9. Komponenta
Ekonomika 10.Usullar
Metrika ll.Qonuniyat
Trend 12. Statistika
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
Ekonometrika so'zi nimani anglatadi va u fan sifatida qaysi davrda yuzaga kelgan?
Ekonometrikaga ta'rif bering.
Ekonometrika jamiyati va "Ekonometrika" jurnali qachon tashkil topgan?
Ekonometrika qanday fanlar bilan bog'langan?
Ekonometrikani paydo bo'lishi tarixi haqida nimalarni bilasiz?
Ekonometrik usullarning xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
Ekonometrik tadqiqotlar qanday masalalarni o'z ichiga oladi?
Ekonometrik tadqiqotlar qaysi bosqichlardan iborat?
Ekonometrikaning paydo bo'lishi tarixiga bir nazar solib ko'ring.
Ekonometrik tadqiqotlar qanday masalalarni o'z ichiga oladi?
III-BOB. EKONOMETRIK TADQIQOTLARDA JUFT REGRESSION - KORRELYATSION TAHLIL
3.1. Modellar va ularni tuzish usullari
Yuqorida aytib o'tilganidek ekonometrikada statistika usullari keng qo'llaniladi. Ekonometrika iqtisodiy o'zgaruvchilar orasidagi o'zaro bog'lanishni miqdoriy jihatdan ifodalashni maqsad qilgan holda u awalo regressiya va korrelyatsiya usullari bilan bog'langan.