Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
Model va iqtisodiy model nima?
Iqtisodiy-matematik model nima, modellashtirish deganda nimani tushunasiz va u qanday elementlarni o'z ichiga oladi?
Modellashtirishni qo'llashning tarixi haqida nima bilasiz va iqtisodiy- matematik usullar deb nimaga aytiladi?
Nazariy-analitik, amaliy, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy modellarga ta'rif bering.
Qanday modellar funktsional, tuzilmaviy, determinirlangan va stoxastik modellar deb ataladi?
Statik, dinamik, chiziqli, chiziqsiz, fazoviy va nuqtaviy modellar haqida nima bilasiz?
Matematik iqtisodiyotning ekonometrikadan farqi nimada?
Modellashtirishning qaysi bosqichlarini bilasiz va modellashtirishning birinchi ikkita bosqichining mohiyati nimada?
Modellashtirishning so'nggi to'rtta bosqichi nimaga mo'ljallangan?
Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish qanday imkoniyatlar beradi?
II-BOB. EKONOMETRIKA FANINING PREDMETI, VAZIFASI
VA USULLARI
2.1. Ekonometrika fanining predmeti
Ekonometrika — iqtisodiy otdagi miqdoriy qonuniyatlar va o'zaro bogTiqliklarni matematik statistika usullari yordamida tadqiq qiluvchi fan. Bu usullarning asosi — korrelyatsion-regression tahlil. Ekonometrika empirik maTumotlarni o'rganish asosida iqtisodiy bog'Hqliklar va modellarni statistik baholash va tahlil qilish bilan shug'ullanadi.
Ekonometrika fanining predmeti- ijtimoiy - iqtisodiy jarayon va xodisalarni o'zaro bog'lanishini miqdor jihatdan ifodalashdan iborat bo Tib uning vazifasv.
-iqtisodiy ko'rsatkichlarini tahlil qilishda va ushbu sohada vujudga kelishi mumkin bo'lgan amaliy muammolarni yechishda ekonometrik usullar va modellar hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olishni o'rgatish;
bozor kon'yunkturasini tahlil qilish yo'llari va usullarini bilish;
iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilar bozorida vujudga kelishi mumkin bo'lgan turli vaziyatlarni va turli iqtisodiy ko'rsatkichlarni ekonometrik modellar yordamida tahlil qilish va prognozlashni amalga oshirish yo'llarini;
-firmaning bozor strategiyasini tanlash bo'yicha turli holatlarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilishni o'rganadi.
Ekonometrika fani matematik va tabiiy-ilmiy fan hisoblanib u Elementar matematika, Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, Informatika va axborot texnologiyalari, Iqtisodiyot nazariyasi, Makroiqtisodiyot, Iqtisodiy tahlil, Statistika, Marketing faoliyatini tahlil etish va prognozlash fanlari bilan uzviy aloqaga ega.
Ekonometrika-fanda juda tez rivojlanuvchi soha bo Tib, uning maqsadi iqtisodiy munosabatlarga miqdoriy o'lchamlarni berishdan iborat. "Ekonometrika" iborasi(so'zi) 1910 yilda (Avstro-Vengrya) buxgalter P.Tsemp tomonidan kiritilgan (u "ekonometriya" degan). Tsemp, "Agar buxgalteriya hisobi ma'lumotlariga algebriya va geometriya usullarini qo'llansa, u holda xo'jalik faoliyati natijalari to'g'risida yanada chuqurroq tasawurga ega bo'lish mumkin" deb ta'kidlagan. Ushbu ibora ko'p vaqt davomida ishlatilmagan bo'lsada, "ekonometrika" iborasi iqtisod ilmida yangi yo'nalishni yuzaga kelishida juda qulay keldi.
Iqtisod fanida yangi yo'nalish - "ekonometrika" 1930 yilda pay do bo'ldi. "Ekonometrika" (grekcha "metron") so'zi ikkita "ekonomika" va "metrika" so'zlarining birlashmasidan tashkil topgan. Shunday qilib, iboraning o'zida ekonometrikani fan sifatida uning xususiyati va mazmuni ifodalanadi. Uning mazmuni: iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ochilgan va asoslangan aloqa va munosabatlarni miqdoriy ifodalashdan iborat. Demak ekonometrika iqtisodiy xodisalarni o'lchash va tahlil qilish haqidagi fandir.
Ekonometrikaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni o'rganishda bir nechta fanlarni birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog'liq. Bu fan iqisodiyot nazariyasi, statistika va matematik usullarni birlashtirish va o'zaro to'ldirish natijasida yuzaga kelgan. Keyinchalik ekonometrikani rivojlantirish uchun ushbu usullarga hisoblash texnikasi tadbiq etilgan.
1933 yilda R.Fisher tomonidan "Ekonometrika" jurnaliga asos solindi. Jurnalda u ekonometrikaga quyidagicha ta'rif bergan: "Ekonometrika-bu o'sha iqtisodiy statistika emas. Asosiy qismi miqdoriy xususiyatga ega bo'lgan iqtisodiy nazariyaning ham o'zi emas. Ekonometrika matematikani iqtisodga qo'llash ham emas. Tajriba shuni ko'rsatadiki har uchchala iqtisodiyot nazariyasi, statistika va matematika fanlarining komponentalari zamonaviy iqtisodiy hayotni miqdoriy tomonlarini anglash uchun zaruriy, lekin yetarli bo'lmagan shartlaridir. Bu-uchta fanning birligidir. Bu birlik ekonometrikani tashkil etadi".
Shunday qilib, ekonometrika-bu iqtisodiy jarayon va xodisalarni o'zaro bog'lanishini miqdor jihatdan ifodalovchi fandir.
Iqtisodchi olim O.Lange (1904-1965) -"Ekonometrika iqtisodiyotda kuzatiladigan aniq miqdoriy qonuniyatlarni aniqlash bilan shug'ullanadi, buning uchun statistik usullardan foydalanadi" deb aytgan. Ekonometrik o'lchashlarda statistik yondoshuvlar muhim o'rinni egallaydi. Ya'ni ekonometrikaning ma'lumotlar bazasi statistik kuztishlar natijasida olingan ma'lumotlardan iborat bo'lib, ularning aniqligi statistik tadqiqotlarni qanday darajada olib borilganligiga bog'liq.
2.2. Ekonometrik usullarning xususiyatlari
Ekonometrik usullar oliy statistika deb nomlanuvchi juft va ko'p omilli regressiya, juft, xususiy va ko'p omilli korrelyatsiya, trendlarni ajratish va boshqa dinamik qatorlar komponentalari, statistik baholash usullari asosida yuzaga kelgan va rivojlangan.
R.Fisher shunday deb yozgan: "Statistik usullar ijtimoiy fanlarda muhim element hisoblanadi va aynan shu usullar yordamida ijtimoiy bilimlar fan darajasigacha ko'tarilishi mumkin".
Birinchidan -ekonometrika o'ziga xos bo'lgan usullar tizimi sifatida iqtisodiy o'zgaruvchilar va ular orasidagi bog'lanishlarning xususiyatlarini tasvirlagan holda o'zining masalalarini aniqlashtirish bilan rivojlana boshladi. Regressiya tenglamasiga nafaqat birinchi darajali o'zgaruvchilarni kiritildi, balki natijaga maksimal yoki minimal (ozmi-ko'pmi) darajada ta'sir etuvchi qiymatlarni akslantiruvchi iqtisodiy o'zgaruvchilarning optimal xususiyatlarini ifodalash maqsadida, ikkinchi darajali o'zgaruvchilarni ham kiritila boshlandi. Masalan: ekinlarni o'g'itlantirishni hosildorlikka ta'sirini ko'radigan bo'lsak, ekinlarni ma'lum bir darajada o'g'itlantirish uning hosildorligini oshiradi; lekin o'g'itlantirish me'yor darajasidan ortishi hosildorlikni ortishiga olib kelmaydi balki, hosildorlikni pasayishiga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday ko'plab ijtimoiy-iqtisodiy o'zgaruvchilarning ta'siri haqida aytish ham mumkin(masalan, ishchilar sonini ortishini mehnat unumdorligiga, daromadlarni ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini iste'moliga ta'siri va h.k.).
Ikkinchidan-regressiya tenglamasida mustqil komponentalar sifatida qaraluvchi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgaruvchilarning o'zaro ta'siri aks etadi.
Masalan, quyidagi regressiya tenglamasini ko'raylik,
Do'stlaringiz bilan baham: |