y = \000-2-x + s
Ko'rinib turibdiki, har doim ham tasodifiy xolatlarni e'tiborga olish uchun imkoniyatlar mavjud.
Talabni narxga teskari bog'Hqligini albatta chiziqli У =a-b-x
Л
funktsiya bilan tavsiflash shart emas. Bunday bog'lanishni tavsiflovchi boshqa
munosabatlar ham mavjud, masalan:
-b b 1 ; yv=a + --, yv=-
x x x x a + b-x
Shuning uchun tasodifiy miqdorning- xatolikning katta kichikligi tanlab olingan modelni qanchalik to'g'ri tuzilganligiga bog'liq. Tasodifiy miqdor qancha kichik bo'lsa, natijaviy ko'rsatkichning nazariy qiymati shunchalik uning haqiqiy qiymati bilan ustma-ust tushadi.
Xatoga yo'l qo'yilishiga nafaqat matematik funktsiyani noto'g'ri tanlash, balki regressiya tenglamasida muhum bo'lgan omilni hisobga olmaslikka ham bog'liq, ya'ni ko'p omilli regressiyaning o'rniga juft regressiyani qo'llash ham sabab bo'ladi. Masalan ma'lum bir mahsulotga bo'lgan talab nafaqat uning narxiga, balki jonboshiga to'g'ri keladigan daromadiga ham bog'liq bo'lishi mumkin.
Xatolikka yo'l qo'yilishida ma'lumotlarni tanlashdagi xatolik ham sabab bo'lishi mumkin. Chunki tadqiqotchi ko'rsatkichlar orasidagi bog'lanish qonuniyatlarini aniqlashda tanlab olingan ma'lumotlar asosida ish ko'radi.
Tanlashdagi xatolik ko'pchilik holatlarda iqtisodiy jarayonlarni o'rganishda boshlang'ich statistik ma'lumotlar to'plamini bir jinisli boTmaganligi uchun ham yuzaga keladi. Agar ma'lumotlar zamon va makonda bir jinsli bo'lmasa regressiya tenglamasi hech qanday ma'noga ega bo'lmaydi. Bunday holatlarda natijani yaxshilash uchun o'rganilayotgan statistik ko'rsatkichlarning anamal (haqiqatga to'g'ri kelamaydigan, tasodifiy) qiymatlarini to'plam birliklaridan chiqarib tashlanadi.
Regressiya usullarini amaliyotda qo'llashda ma'lumotlarni o'lchashdagi xatoliklar katta xavf tug'diradi.
Agar noto'g'ri qurilgan modellarni ularning shaklini o'zgartirib xatolikni kamaytirish mumkin bo'lsa, ma'lumotlarni tanlashdagi xatolikni ma'lumotlar hajmini, ya'ni statistik to'plamni kattalashtirish bilan kamaytirish mumkin.
Ma'lumotlarni o'lchashdagi xatoliklar makrodarajadagi tadqiqotlarda katta ahamiyatga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va iste'molni tadqiq qilishda asosiy o'zgaruvchi sifatida "Aholi jon boshiga daromad" keng qo'llaniladi. Shu bilan birga daromad miqdorini statistik nuqtai nazaridan aniqlashda qator qiyinchiliklarga duch kelinadi. Bu bo'yicha olinadigan ma'lumotlar xatodan holi emas, masalan, hisobga olinmagan, yashirilgan daromadlarni aytish mumkin
.
Ekonometrik tadqiqotlarda maTumotlarni o'lchashdagi xatolarni minimal holatga keltirilgandan so'ng asosiy e'tibor modellarni qurishdagi xatoliklarga qaratiladi. Juft regressiyada = f{x) matematik funktsiyaning ko'rinishlarini tanlash
uchta usul bilan amalga oshirilishi mumkin:
grafik usuli;
analitik usul, ya'ni o'zaro bog'lanishlarni o'rganish nazariyasidan kelib chiqib;
eksperimental -tajriba usuli.
У
Ikki ko'rsatkich orasidagi bog'lanishlarni o'rganishda regressiya tenglamalarini grafik usulida tanlash ko'rgazmali chizmalar shaklida amalga oshiriladi. Bu usul korrelyatsiya maydoniga asoslanadi. Bog'lanishlarni miqdoriy jihatdan baholashda qo'llaniladigan egri chiziqlarning asosiy turlari quydagi rasmlarda keltirilgan.
У
х
о
x
б
О
Do'stlaringiz bilan baham: |