Ijtimoiy determinizm ijtimoiy rivojlanish darajasi va yo‘nalishi birinchi navbatda moddiy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi bilan belgilanishidir. Shu nuqtai nazardan tabiat odamlar tarixiga aralashadi, chunki ishlab chiqarish jarayonida inson nafaqat uni, balki o‘zini ham o‘zgartiradi. Pirovardda insonning mohiyatini tashkil etadigan ijtimoiy munosabatlar majmui o‘zgaradi. Bundan odamlar ayrim fazilatlarining shakllanishi ham, jamiyatning rivojlanishi ham avvalo geografik muhitga emas, balki moddiy ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘ladi va odamlar ishlab chiqarish faoliyatining tarixan o‘zgaruvchi xususiyatini tahlil qilish chog‘idagina muayyan tabiiy sharoitlar u yoki bu ijtimoiy jarayonlarga qanday ta'sir ko‘rsatishi haqida gapirish mumkin, degan xulosaga kelinadi. Ayni holda tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqasida faol tomon sifatida doim inson amal qiladi. Tabiiy muhit xususiyatini ijtimoiy muhit xususiyati emas, balki aksincha, ijtimoiy muhit xususiyatini tabiiy muhit xususiyati belgilaydi.
Shu ma'noda odamlar tabiat bilan o‘z moddalar almashinuvini tartibga soladilar, uni o‘z umumiy nazorati ostiga oladilar va shu tariqa tabiatning ko‘r-ko‘rona kuchlari ularning ustidan hukmronlik o‘rnatishiga to‘sqinlik qiladilar.
Geosiyosat. G.T.Bokl (geografik determinizmning atoqli namoyandasi 1821-1862) «Angliya sivilizsiyasi tarixi» deb nomlangan asarida o‘ziga xos iqlim va tabiatga ega bo‘lgan mustamlaka xalqlarining qoloqligini tushuntiradi va ijtimoiy tengsizlikning tabiiyligi haqida xulosa chiqaradi. Keyinchalik Boklning bu g‘oyalari geografik maktabdagi yangi yo‘nalish – geosiyosatni yaratdi. Demak geosiyosat ijtimoiy tengsizlikning tabiiyligi g‘oyasidir. Mazkur yo‘nalishning asosiy g‘oyalarini Germaniyada F.Ratsel va K.Xausxofer, Buyuk Britaniyada G.Makkinder, AQShda A.T.Mexen va N.Spikmen, Shvetsiyada R.Chellen ilgari surdi. «Geosiyosat» atamasini 1916 yilda birinchi bo‘lib ishlatgan R.Chellen o‘zining «Davlat hayot shakli sifatida» deb nomlangan asarida F.Ratselning sotsial-darvinistik g‘oyalarini rivojlantirdi. Bu g‘oyalarga muvofiq tabiiy sharoit jahon tarixida davlatlar rivojlanishining eng muhim omili hisoblanadi, davlatning o‘zi esa geografik muhitning turli omillari aholiga ko‘rsatgan ta'sir natijasida shakllangan biologik organizm sifatida qaraladi. Bundan Chellen u yoki bu davlatning hayot makoni uchun kurashi har qanday jonli organizm qonuni – yashash uchun kurash tabiiy qonunidan o‘zga narsa emas, degan xulosaga keladi. Uning fikricha, tor makonga ega bo‘lgan «yashovchan davlatlar» qat'iy siyosiy imperativga amal qilib, o‘z hududini istilochilik, mustamlakalarni qo‘lga kiritish yo‘li bilan kengaytirishga harakat qilishining zamirida ayni shu qonun yotadi. Boshqacha aytganda, urushlar, Chellen fikriga ko‘ra, nafaqat muqarrar, balki zarurdir.
Xulosa
Insoniyat jiddiy ekologik tangliklar xavfi bilan to‘qnash kelgach, odamlar xulq-atvorining axloqiy tomoni ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi va endilikda «jamiyat-tabiat» tizimida muammolar keskinlashuvidan oldingiga qaraganda o‘zgacha ma'noga ega, zero, inson o‘z faoliyatida asosiy e'tiborni biosferaga qaratishi lozim. Yuzaga kelgan vaziyatda bu odamlarning yangicha axloqqa asoslangan tegishli xulq-atvorini taqozo etuvchi ob'ektiv zaruriyatdir. Mazkur axloq insoniyat bu sohada erishgan eng sara yutuqlarni aks ettiribgina qolmasdan, balki hozirgi hayotning eng muhim muammolarini ham hisobga olishi lozim.
Xususan, qadimgi rivoyatlarda keltirilgan, umumiy axloqiy qoida sifatida Kant tomonidan ta'riflangan («Shunday ish ko‘rginki, xohish-irodang maksimasi ayni vaqtda umumiy qonunchilik tamoyili kuchiga ham ega bo‘lsin») axloqiy imperativ endilikda tabiatga nisbatan ham tatbiq etilib, umumiy ekologik imperativga aylanishi lozim. Ekologiyaga tatbiqan bu talabning ma'nosi shundan iboratki, ish ko‘rayotgan har bir sub'ekt (u xoh ayrim inson, xoh jamiyat yoki butun insoniyat bo‘lsin) o‘zining tabiatga bevosita yoki bilvosita daxldor bo‘lgan barcha niyatlari, ishlari va xatti-harakatlarida o‘zini shunday tutishi lozimki, bu xulq-atvor me'yori umumiy ekologik qonunga aylana olsin.
Ijtimoiy hayotga ham, inson mavjudligining tabiiy sharoitlariga ham tegishli bo‘lgan bu axloqiy qonunga o‘z holicha rioya qilish ekologiyaning barcha muammolarini bartaraf etishni uzil-kesil kafolatlovchi birdan-bir va shak-shubhasiz talab hisoblanmaydi. Ammo har bir inson va butun jahon hamjamiyati tomonidan odamlarning tabiat bilan munosabatlarida asos qilib olingan taqdirda, u muqarrar tarzda turli mamlakatlar va xalqlarni shunday bir holatga keltiradiki, ular o‘zining tabiatni o‘zgartiruvchi siyosatini mazkur qonunga muvofiq qayta tuzishga majbur bo‘ladi, shu tariqa jahon hamjamiyatiga yanada faolroq birlashish yo‘lidagi ekologik g‘ov-to‘siqlarni bartaraf etadi. Aks holda nafaqat noosferaga erishish, balki umuminsoniy muammolarni hal qilish ham mumkin emas.
Foydalanilgan adabiyotlar
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’llimizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. 1-kitob. Toshkent.: O’zbekiston, 2018.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kyerak”. –T.:O'zbekiston, 2017.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2018 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O'zbekiston Respublikasini 2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan murojaatnomasi”. 2018 yil 28 dekabr.
Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-18 jildlar. T. O‘zbekiston. 1996-2011
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176.
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009.
Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. T.17. –Toshkent: O‘zbekiston, 2009.
Karimov I.A. Hamkorlik, taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidan // Xalq so‘zi. – 2010 yil 22 sentabr.
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruza. 12 noyabr. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010.
Karimov I.A. Bu muqaddas vatanda azizdir inson// O‘zbekiston mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruza// Xalq so‘zi.2010 1 sentabr Karimov I.A. Bu muqaddas vatanda azizdir inson// O‘zbekiston mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruza// Xalq so‘zi.2010 1 sentabr
Karimov I.A. BMT sammitining mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisdagi nutq.-T.: O‘zbekiston, 2010.
Karimov I.A. O‘zbekiston mustaillikka erishish ostonasida.T.: o‘zbekiston, 2011 386 b
Karimov I.A. Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan.O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruza. T.: O‘zbekiston, 2011
Romanenko Y.M. Bitiye i yestestvo: Ontologiya i metafizika kak tipi filosofskogo znaniY. – M., 2003. 784 s.
Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005
Shermuxamedova N.A. GnoseologiY. –T.O‘FMJ. 2007
G‘arb falsafasi. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.
Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. –T.: Universitet, 2005.
Falsafa. Ahmedova M. Tahriri ostida –T.: OFMJ, 2006
Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. Nazarov Q. tahriri ostida. –T.: Sharq, 2004
Shermuxamedova N. A. Falsafa va fan metodologiyasi. –T.: Universitet, 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |