Ekologya kafedrasi amaliy ekologiya fanidan


XX asrda tabiatga munosabat



Download 231 Kb.
bet13/18
Sana15.06.2022
Hajmi231 Kb.
#674924
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Tabiat va jamiyatning ilmiy va falsafiy konsepsiyasi

XX asrda tabiatga munosabat. So‘nggi yuz yil ichida odamlarning tabiat bilan o‘zaro munosabatlarida hayratomuz o‘zgarishlar yuz berdi. Bir tomondan, miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro aloqadorligi qonuni amal qilib, inson faoliyatining asrlar mobaynida zimdan yig‘ilib kelgan salbiy oqibatlari jamuljam holda yangicha sifat kasb etdi. Bu ilgari yashovchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan ko‘pgina hududlar yaydoq sahroga aylanishida, atmosfera, suv havzalari va shu kabilarning halokatga eltadigan tarzda ifloslanishida namoyon bo‘ldi. Xususan, hozirgi vaqtda butun quruqlik yuzasining 40% dan ko‘prog‘ini sahrolar egallagan. Stratosferaning ozon pardasidagi teshiklar, oqava suvlar tashlanadigan «ariqlar»ga aylanib qolgan kichik va katta daryolar ham bir lahzada paydo bo‘lgani yo‘q.
Ayni vaqtda, sayyora tobora ko‘payib borayotgan odamlarga haddan tashqari tor, «kichkina» bo‘lib qoldi. Bugungi kunda quruqlik, suv yoki fazoning inson ta'siridan xoli bo‘lgan bironta ham qismi qolgani yo‘q. Tabiatga salbiy antropogen ta'sir darajasi ortida tabiiy muhit tanazzuli orqaga qaytarib bo‘lmaydigan xususiyat kasb etadigan chegaraga yetmoqda. Bunday holat ekologik tanglik sifatida tavsiflanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, tabiiy tizimlar haddan tashqari zo‘riqishi, atrof muhit (suv, havo, tuproq) ifloslanishining muayyan me'yorlari misli ko‘rilmagan darajada buzilishi natijasida tabiiy jarayonlarda muvozanatning buzilishi yuz beradi. Pirovardida ekologik tizimlar doirasida o‘zaro aloqalar va «jamiyat-tabiat» tizimining ko‘pgina parametrlari izdan chiqadi.
Tabiat antropogen zo‘riqishlarni faqat ma'lum me'yor darajasida bartaraf etishga qodir ekanligini odamlar so‘nggi vaqtdagina anglay boshladilar. Bu me'yorning buzilishi biosferada ko‘pincha orqaga qaytarib bo‘lmaydigan sifat o‘zgarishlari yuz berishiga sabab bo‘ladi. Shamol ko‘targan yoki vulqonlar itqitgan chang, o‘rmon yong‘inlaridan yoki yer yuzasiga neftning tabiiy chiqishidan hosil bo‘lgan tutun tarzidagi tabiiy ifloslanishni tabiat o‘zi osongina bartaraf etadi. Ammo inson atrof muhitga uning bunday ta'sirlarga qarshilik ko‘rsatish tabiiy imkoniyatlaridan bir necha baravar ortiq bo‘lgan qo‘shimcha zo‘riqishlarni yaratdi. U yer yuzasi, atmosfera va suv havzalariga tabiiy chiqindilar tarkibidagidan ko‘proq miqdorda kimyoviy elementlarni tobora o‘sib borayotgan sur'atlarda tashlamoqda; shuningdek, ularga tabiat inson yordamisiz absorbatsiya qilish (utillashtirish)ga qodir bo‘lmagan plastmassa, keramika, shisha kabi ko‘p sonli sun'iy materiallarni qo‘shimcha qilmoqda. Buning oqibatida kimyoviy moddalar bilan zaharlangan dalalar va suv havzalari, ekologik jihatdan toza deb aytish mushkul bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, shaharlardagi tutun, qurum, kul zarralari, chang, yonilg‘i bug‘i kabilar aralashmasidan iborat zaharlangan havo, axlat, ishlab chiqarish chiqindilari va shu kabilardan ko‘tarilgan tog‘lar inson borlig‘ining doimiy hamrohlariga aylandi.
XX asrning 60 yillarida sovet tuzumining Markaziy Osiyoda paxta mustaqilligiga erishish uchun paxta yakkahokimligiga intilishi Orol dengizining qurishiga bu esa ekotizimning buzilishiga, Orol bo‘yi hududlarida turli kasalliklarning paydo bo‘lishi, ekin maydonlarining vayron bo‘lishiga olib keldi. Shu ma'noda I.A. Karimov “Orol inqirozi – insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar falokatlardan biri”2 deb alohida e'tirof etadi. Darhaqiqat ”Qirq yil mobaynida Orol dengizi akvatoriyasi 7 baravar qisqardi, suv hajmi 13 marta kamaydi, uning minerallashuvi esa o‘nlab baravar oshib, dengizni tirik organizmlarning yashashi uchun yaroqsiz ahvolga keltirdi. Natijada barcha hayvonot va nabobot olami tanazzulga uchradi. Bugun Orolbo‘yida nafaqat ekologik, balki dunyo miqyosida og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolar paydo bo‘ldi”3. Darhaqiqat, besh mln gektar Orol dengizining qurigan hududida 10 mln tonna qum 100lab kilometrlarga tarqalib, ekologik holatni buzmoqda. Shu bois, Orol bo‘yida yashil zonalar, mahalliy kichik suv havzalari tashkil qilinmoqda. Sun'iy hovuzlarda baliq turlari yetishtirilmoqda. XX asrning 70 yillarida Tojikiston hududida ishga tushirilgan allyumin zavodi tutunining atmosferani ifloslantirishi Surxondaryo viloyati hududlarida ekologik muammolarini yuzaga keltirdi.
Inson jamiyatning tabiat bilan munosabatlarida yuz bergan bu shiddatli o‘zgarishlar mohiyatini tushunishga harakat qilar ekan, avvalgidek, yuz berayotgan jarayonlarni ilmiy va falsafiy tahlil qilib, o‘z tafakkuriga murojaat etmoqda. Shu bois butun dunyo, xususan Markaziy Osiyo davlatlarining tabiiy muhitni muhofaza qilish uchun iqtisodiy va fan texnika sohasidagi hamkorligi turli yo‘nalishlarda olib borilmoqda. Jumladan, Orol dengizini qutqarish xalqaro jamg‘armasi (MFSA) tashkil etildi va uning rejali faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish davlat tashkilotlari: O‘zbekiston respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, respublika epidemologiya sanitariya xizmati, Davlat o‘rmonchilik qo‘mitasi tasarrufidagi qo‘riqhonalar, O‘zgidrometirologiya markazi kabilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Barcha viloyatlar, tuman hokimiyatlarida tabiatni muhofaza qilish bo‘limlari tashkil qilingan. Ular ishlab chiqarish korxonalarini ekologik pastportlashtirish, ishlab chiqarishning tabiatga texnologik ta'sirini nazorat qilish kabi vazifalarni bajarmoqda.
O‘zbekistonda ekologik vaziyatning hozirgi holatini o‘rganish va istiqbolini rejalashtirish bo‘yicha Respublika Fanlar Akademiyasining yetakchi olimlari, mutaxassislari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 1992 yilda tashkil etilgan “EKOSAN” xalqaro jamg‘armasi hamda 2008 yilda jamoatchilik tashabbusi bilan tashkil qilingan “Ekologik harakat” faoliyati, keskinlashib borayotgan ekologik inqirozlarni bartaraf etish, inson salomatligini saqlash va mustahkamlash, ilmiy texnika inqilobining antiekologik oqibatlari oldini olish, bozor munosabatlariga o‘tish davridagi iqtisodiy tanglik vaziyatida O‘zbekiston aholisini ijtimoiy muhofazalashga yo‘naltirilgan davlat dasturining amaliyotga tadbig‘ida faol ishtirok qilmoqda. Tabiiy muhit ifloslanishining ijtimoiy-iqtisodiy, oqibatlari, ularni bartaraf etishning amaliy jihatlari B. Alixanov S.Sanginov, nazariy asoslari S.Mamashokirov, E.Xoshimova, A.Hukumov kabilar tomonidan o‘rganilmoqda. Xususan, S.Mamashokirov va E.Usmonov “Tabiat boyliklari insoniyat qadriyatlarining moddiy asosi sifatida, kelajak avlodlar uchun saqlanib qolinmog‘i kerak. Chunki keyingi avlodlarning ekologik faolligi va mas'uliyati bizning shu ijtimoiy hodisalarni qay darajada tashkil qilganimizga, o‘zlashtirganimizga bog‘liq”4 deb ta'kidlaydilar.

Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish