kritik organlar”
degan tushuncha organlarning shu
xususiyatlarini ta’riflab beradi. Eng yuqori darajadagi radiosezgir organlar qatoriga hujayrasi
doimiy ravishda yangilanib turuvchi qizil suyak ko‘migi, jinsiy organlar, taloqni kiritish mumkin.
Radiosezgirlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda mushaklar, qalqonsimon bez, yog‘ to‘qimasi, jigar,
buyrak, o‘pka, oshqozon-ichak yo‘li, ko‘z gavhari turadi. Eng kam radiosezuvchanlik badan terisi,
suyak to‘qimasi,qo‘l panjalari, barmoqlar, to‘piq ,tovon kabi a’zolarga xosdir.
Organlarning turlicha radiosezuvchanligi nurlanish dozalarini gigienik me’yorlashtirishda
inobatga olinadi.
Ionlantiruvchi nur manbalarida ishlovchilar va aholini “Radiatsion havfsizlik me’yorlariva
radiatsion havfsizlik sanitar taminotining asoslari”O‘zR SSV tomonidan 05.012006 da buyruqi
bilan tasdiqdan o‘tgan.
Bu me’yorlarning asosida qilib Radiatsion Havfsizlik Xalqaro Komissiyasining tavsiyalari,
RXM (Radiatsion Xavfsizlik Me’yorlari) 76/87ning ayrim Nizomlari hamda Radiatsion Havfsizlik
Me’yorlari ionlantiruvchi nurlarning zararli nur manbalaridan foydalanish va ko‘llashdagi
havfsizlik qoidalarini hamda radiatsion-yadroli ob’yektlarning atrof muhitga zararli ta’siridan
muxofaza qilish masalalarining aniqlab beradi. Sanitariya Qoidalari va Radiatsion havfsizlik
me’yorlari (SKRXM) ning bajarilishini nazorat qilish Davlat Sanitariya epidemiologiya nazorat
Markazining (DSENM) radiologik bo‘limlari zimmasiga yuklash va uni bajarish uchun doir
yuklama (nagruzka) ni pasaytirishga qaratilgan nazorat qiluvchi tadbirlar majmuasidan iboratdir.
Bu tadbirlar Sanitariya dozimetrik nazorat deb nom olgan. Sanitariya nazorati quyidagi vazifalarni
o‘z ichiga oladi:
1. Radiologik ob’yektlarni qurish va eskilarini qayta qurishdagi ogohlantiruvchi sanitariya
nazorati.
2. Ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanadigan va ishlab turgan radiologik
ob’yektlarni qayd qilish.
3. Turli toifadagi aholining nurlanish dozalarini o‘lchash va baholash.
4. Tabiiy va texnogen radioaktiv moddalarni sanoatda, turar joy binolarida va atrof muhitdagi
miqdorini nazorat qilib borish.
5. Vaqtinchalik ruxsat etsa bo‘ladigan darajalarni o‘rnatish va radiatsion avariya sodir
bo‘lgan holatlarda radionuklidlarning amaldagi miqdorlarini aniqlash.
6. Radioaktiv moddalarni saqlash va tashish sharoitlarini nazorat qilish
7. Kasbiy nurlanish oluvchi shaxslarning soni va ularni davriy tibbiy ko‘riklardan
o‘tkazilishini nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |