Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv
uslubiy majmua
5
1.Mavzu. Zamonaviy gigiyena va uning farmatsevtikadagi o‘rni.To‘g‘ri ishlab chiqarish
amaliyoti
Maqsad:
Talabalarni Gigiyena fanining asoslari bilan tanishtirish, provizorlar faoliyatida
Gigiyenaning o’rni to’g’risida ma’lumot berish.
REJA:
1. Gigiyena fanining maqsadi
va vazifalari
2.Gigiyena fanining rivojlanish tarixi.
3.Provizorlarning mehnat faoliyatida Gigiyena fanining ahamiyati.
4.Gigiyenik tekshirish usullari.
Tayanch iboralar:
Ruxsat etilgan konsentratsiyani (PDK), Sanitariya,
Statistika usuli,
Emperik, Zamonaviy provizorlar, Biologik omillarga.
Gigiyena fani –
mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi fan bo‘lib, odam organizmiga atrof-
muhitdagi omillarning ta’sirini o‘rganadi, olingan natijalar asosida
aholi uchun eng muvofiq
yashash, mehnat qilish sharoitlarini, ovqatlanish tartiblarini, suv ta’minoti, turar-joylar bilan
ta’minlash masalalarini ishlab chiqadi. Bu maqsadlarga erishish uchun gigiyena o‘z oldiga quyidagi
vazifalarni qo‘yadi:
-
atrof-muhitdagi omillarni o‘rganish va ularning odam organizmiga ta’sir
etish
xususiyatlarini aniqlash;
-
olingan natijalarga asoslanib, odam organizmi uchun befarq bo‘lgan va uzoq muddat
davomida ta’sir etganda ham zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan gigiyenik me’yorlar va
reglamentlarni
ishlab chiqish;
-
ishlab chiqilgan me’yorlar va reglamentlarni hayotga tadbiq qilish va ularning bajarilishini
nazorat qilish.
Har qanday gigiyenik me’yor yoki reglamentni hayotga tadbiq qilishni gigiyenaning muhim
bir qismi bo‘lgan sanitariya muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Gigiyenaga oid vazifalarni amalga oshirishda turli usullardan foydalaniladi va bu usullar
o‘zining mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-
atrof-muhit omillarini tekshirish usullari;
-
sanitar
tavsifiy usul;
-
fizikaviy usullar;
-
kimyoviy usullar;
-
biologik usullar;
-
fiziologik holatlarni tekshirish usullari;
-
ayrim organlarning funksional holatlarini tekshirish usullari;
-statistik usullar.
Gigiyenada qo‘llanadigan usullarga keltirilgan ta’riflar bilan tibbiy-biologik va boshqa fanlar
hamda sohalarga doir tekshirish usullarisiz birorta ham gigiyenik vazifani to‘laqonli hal etish
mumkin emasligini ko‘rsatadi.
Gigiyenaning zamonaviy muammolari:
-atrof-muhitning o‘zgarib turuvchi omillarini baholash va ularni me’yorlashtirish;
-aholining ovqatlanishini optimizatsiyalash;
-urbanizatsiyaga taalluqli bo‘lgan
muammolarni hal etish;
-sanoat korxonalaridagi mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab
chiqish, qishloq xo‘jaligida xizmat qiladigan ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoitlarini
sog‘lomlashtirishga doir tadbirlar majmuasini ishlab chiqish;
-qishloq gigiyenasi muammolari;
- bolalar va o‘smirlarning akseleratsiyasiga doir bo‘lgan
muammolar;
- aholi o‘rtasidagi xavfli o‘sma kasalliklari, yurak-qon-tomir tizimi kasalliklarining darajasini
kamaytirish tadbirlari.
Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
6
Hozirgi kunda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan sanitariya nazoratining tarkibi qayta o‘rganilib
chiqilmoqda. Respublikamizdagi hamma sanitariya-epidemiologiya xizmati qayta ko‘rish
konsepsiyasi yuzaga keldi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi
qoshidagi yangicha nomlangan Davlat sanitariya-epidemiologiya Departamenti, Respublika Davlat
sanitariya-epidemiologiya nazorati Markazi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning
Davlat sanitariya-
epidemiologiya nazoratlari markazlari shular qatoriga kiradi.
Har qanday holatda ham sanitariya-epidemiologiya xizmatining asosida sog‘liqni saqlash
tizimidagi davolash va profilaktik yo‘nalishlarning birligi turishi muqarrar. Bu degani, provizor-
farmatsevt uchun gigiyenik bilimlar kasallikni oldini olishning asosi ekanligi va uning kasbga doir
tayyorgarligidagi faoliyatining muhim bir asosiy qismi bo‘lib qolmog‘i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: