Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

 
 
 
 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua

1.Mavzu. Zamonaviy gigiyena va uning farmatsevtikadagi o‘rni.To‘g‘ri ishlab chiqarish 
amaliyoti 
Maqsad:
Talabalarni Gigiyena fanining asoslari bilan tanishtirish, provizorlar faoliyatida 
Gigiyenaning o’rni to’g’risida ma’lumot berish. 
REJA: 
1. Gigiyena fanining maqsadi va vazifalari 
2.Gigiyena fanining rivojlanish tarixi. 
3.Provizorlarning mehnat faoliyatida Gigiyena fanining ahamiyati. 
4.Gigiyenik tekshirish usullari. 
Tayanch iboralar:
Ruxsat etilgan konsentratsiyani (PDK), Sanitariya,
 
Statistika usuli, 
Emperik, Zamonaviy provizorlar, Biologik omillarga.
 
Gigiyena fani –
mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi fan bo‘lib, odam organizmiga atrof-
muhitdagi omillarning ta’sirini o‘rganadi, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq 
yashash, mehnat qilish sharoitlarini, ovqatlanish tartiblarini, suv ta’minoti, turar-joylar bilan 
ta’minlash masalalarini ishlab chiqadi. Bu maqsadlarga erishish uchun gigiyena o‘z oldiga quyidagi 
vazifalarni qo‘yadi: 
-
atrof-muhitdagi omillarni o‘rganish va ularning odam organizmiga ta’sir etish 
xususiyatlarini aniqlash; 
-
olingan natijalarga asoslanib, odam organizmi uchun befarq bo‘lgan va uzoq muddat 
davomida ta’sir etganda ham zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan gigiyenik me’yorlar va 
reglamentlarni ishlab chiqish
-
ishlab chiqilgan me’yorlar va reglamentlarni hayotga tadbiq qilish va ularning bajarilishini 
nazorat qilish. 
Har qanday gigiyenik me’yor yoki reglamentni hayotga tadbiq qilishni gigiyenaning muhim 
bir qismi bo‘lgan sanitariya muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Gigiyenaga oid vazifalarni amalga oshirishda turli usullardan foydalaniladi va bu usullar 
o‘zining mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
-
atrof-muhit omillarini tekshirish usullari; 
-
sanitar tavsifiy usul
-
fizikaviy usullar; 
-
kimyoviy usullar; 
-
biologik usullar; 
-
fiziologik holatlarni tekshirish usullari; 
-
ayrim organlarning funksional holatlarini tekshirish usullari; 
-statistik usullar. 
Gigiyenada qo‘llanadigan usullarga keltirilgan ta’riflar bilan tibbiy-biologik va boshqa fanlar 
hamda sohalarga doir tekshirish usullarisiz birorta ham gigiyenik vazifani to‘laqonli hal etish 
mumkin emasligini ko‘rsatadi. 
Gigiyenaning zamonaviy muammolari: 
-atrof-muhitning o‘zgarib turuvchi omillarini baholash va ularni me’yorlashtirish; 
-aholining ovqatlanishini optimizatsiyalash; 
-urbanizatsiyaga taalluqli bo‘lgan muammolarni hal etish
-sanoat korxonalaridagi mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab 
chiqish, qishloq xo‘jaligida xizmat qiladigan ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoitlarini 
sog‘lomlashtirishga doir tadbirlar majmuasini ishlab chiqish; 
-qishloq gigiyenasi muammolari; 
- bolalar va o‘smirlarning akseleratsiyasiga doir bo‘lgan muammolar
- aholi o‘rtasidagi xavfli o‘sma kasalliklari, yurak-qon-tomir tizimi kasalliklarining darajasini 
kamaytirish tadbirlari. 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua

Hozirgi kunda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan sanitariya nazoratining tarkibi qayta o‘rganilib 
chiqilmoqda. Respublikamizdagi hamma sanitariya-epidemiologiya xizmati qayta ko‘rish 
konsepsiyasi yuzaga keldi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi 
qoshidagi yangicha nomlangan Davlat sanitariya-epidemiologiya Departamenti, Respublika Davlat 
sanitariya-epidemiologiya nazorati Markazi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning Davlat sanitariya-
epidemiologiya nazoratlari markazlari shular qatoriga kiradi. 
Har qanday holatda ham sanitariya-epidemiologiya xizmatining asosida sog‘liqni saqlash 
tizimidagi davolash va profilaktik yo‘nalishlarning birligi turishi muqarrar. Bu degani, provizor-
farmatsevt uchun gigiyenik bilimlar kasallikni oldini olishning asosi ekanligi va uning kasbga doir 
tayyorgarligidagi faoliyatining muhim bir asosiy qismi bo‘lib qolmog‘i kerak. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish