Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
66
Nazorat
Xar bir tayyorlangan ampulada mexanik aralashmalar yo‘qligi, amaldagi moddalarning
miqdor tarkibini belgilash va mikroorganizmlardagi mavjud emasligi tekshiriladi.
Mexanik qo‘shilmalar bor-yo‘qligini ko‘z bilan yoki tegishli optik qurilmalar yordamida
tekshiriladi. Ampulalarni ko‘zda tekshirish qorong‘i xonada (umumiy yorug‘lik qariyb 5 lk) maxsus
yorug‘lik stendida amalga oshiriladi, uning ish joyida yorug‘lik kamida 1000 lk bo‘lishi shart,
shuningdek xonalarini qurilishi va rejalashtirilishi, ularda havo almashinuvchi tashkil etilganligi
qanchalik mukammalligiga qarab belgilanadi.
Tadqiqotlarini ko‘rsatishicha, ko‘zda tekshirish usuli ma’lum, ko‘z quvvatini bilan bog‘liq,
buning ustiga u ishlovchilarning qariyb 85% ish vaqtini oladi. Ko‘z bilan tekshirish gigiyenik
jihatdan bir qator nohush jixatlarga ega. Chnonchi, ampulalarni tekshirish chog‘ida ishchi uzoq vaqt
majburiy o‘tirish holatida bo‘lib, qo‘l barmoqlarining mayda mushaklariga katta og‘irlik tushganini
sezadi. Buning sababi ishchi bir qo‘lida 4 ga gacha ampulani ushlab, bir necha yelpig‘ichsimon
silkitishlardan keyin dorivor moddaning mexanik ifloslanganligini aniqlash maqsadida ularni
chiroqni ekran oldida o‘giradi. Bunday operatsiya navbat davomida ko‘p marotaba takrorlanadi va
tendovaginit va koordinator nevrozining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Nimqorong‘i xonadagi
ishning bir xilda uzoq, davom etishi ishlovchilarning ruxiy xolatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagi omillarning noxush ta’sirini bartaraf etish uchun ishlovchilarni okulist doimiy qo‘riqdan
o‘tkazib turishi zarur. Ko‘rish quvvati pasayishining birinchi alomatlari va shabko‘rlik paydo
bo‘lganida ularni boshqa uchastkalarga o‘tkazish kerak bo‘ladi. Ishlash vaqtida har 2 soatda ishlab
chiqarish gimnastikasi uchun tanaffus qilish zarur. Ijobiy xissiyot va yaxshi kayfiyatlarni saqlab
turish uchun musiqiy fon yaratiladi. Ampulalarni ko‘zdan kechirishga ko‘p kuch sarflanadi va
doimo ham holis bo‘lavermaydi. Gigienistlarning tadqiqotlari ko‘rsatishicha, ish kunini oxiriga
kelib xatoliklar soni ko‘payadi. Shuni xisobga olgan holda so‘nggi paytda gigiyenik jixatdan yanada
progressiv bo‘lgan optik uskunalar yordamida nazorat qilish usuli ishlab chiqilib, keng
qo‘llanilmoqda. U ishlovchilardan ko‘z diqqatini talab etmaydi, mahsuldor va holisdir.
Do'stlaringiz bilan baham: