Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


Yog‘ bezlarining vazifasi



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Yog‘ bezlarining vazifasi. 
Bir hafta mobaynida yog‘ bezlari orqali organizmdan 100gr dan 300 gr gacha teri moyi 
ajraladi. Moy terini yumshatib, qurib qolishdan asraydi va ungil ta’sirdan asraydi. Terining 
umumiy yuzasi 1,5-1,8 kv metr bo‘lgan holda, ma’lum darajada nafas olish vazifasini ham bajaradi. 
U orqali qon va atmosfera havosidagi gazlar almashinuvi sodir bo‘ladi. 
Odam organizmi teri orqali atmosfera yutadigan kislorodning 1/ 180 bo‘lagini qabul qilib
karbanat angdridni 1/90 bo‘lagini chiqaradi. 
Teri tashqarisidan va teri orqali ajraladigan moddalar bilan ifloslanadi. Har kecha kunduz 
epidermis orqali 6 gr dan 14 gr gacha mug‘uz po‘stloq tangacha ajraladi.Agar terini tozaligiga 
e’tibor berilmasa ajralayotgan moddalar bilan teridagi turli bezlarni chiqaruv teshiklarini berkitib 
qo‘yadi va natijada ularni vazifa o‘tash qobiliyati buziladi. 
Teri suv, mineral, vitamin va boshqa almashinuvlarda aktiv ishtirok etishi bilan bir qatorda, 
tashqi ta’sirlarni qabul qilib olib, bosh miya qobig‘iga uzatiladi. Buni esa terini asosiy vazifasi desa 
bo‘ladi. 
Shunday qilib, tana terisi organizmni tashqi muhitning nomuvofiq ta’sirlaridan saqlabgina 
qolmay, balki juda murakkab organ bo‘lib, boshqa organ vazifalari bilan chambarchas bog‘liq. 
Terida biron – bir vazifaning ishdan chiqishi butun organizm foaliyatida namoyon bo‘ladi. 
Tashqi muhitni iqlim sharoitlari mehnatni tabiati (harakteri), ovqatlanish va dam olish
turmush sharoitlari va hakozolar barchasi teri hususiyatiga ta’sir etadi. 
Chirituvchi bakteriyalar ta’sirida murakkab organik birikmalar, teri va teri tarkibiga kiruvchi 
modadalar, agar ular teri yuzasidan o‘z vaqtida tozalanib turilmasa, oddiy moddalarga parchalanadi. 
Parchalanishdan hosil bo‘lgan birikmalar terini qo‘zg‘atadi va uni qichitadi. Shu bilan birga teridan 
ajralgan moddalarni parchalanishi hosila moddalari o‘ta badbo‘y hidga ega bo‘lishini ta’kidlab 
o‘tish o‘rinlidir. 
Agar tana etarli darajada pavarish qilinmasa, vaqtida yuvinib turilmasa, ichki kiyimlar tez 
ifloslanadi va ularning hususiyati o‘zgaradi. 
Ichki kiyimning ifloslanganlik darajasini undagi kir miqdoriga qarab belgilanadi. Ichki 
kiyimni har hafta almashtirilsa, yig‘ilgan kir ( badan kiri) tufayli, uni og‘irligi 6% ga ortadi, 10 
kundan almashtirilsa 11% ga ortadi. Ichki kiyimni ifloslanishi natijasida ularni issiqliq boshqarishi 
vazifasi izdan chiqadi. Yilning sovuq fasllarida, odam organizmida issiqlik deyarli teri orqali 
ajratiladi, ya’ni asosan o‘tkazish yo‘li bilan. 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
177 
Ifloslangan ichki kiyim va kiyim – kechakning o‘zidan issiqliq o‘tkazuvchanligining ortishi 
hisobiga organizmdan ajraladigan issiqliq miqdori ham ortadi. 
Yilning yoz faslida odam o‘z tanasidan issiqlik asosan o‘z teri yuzasida joylashgan ter bezlari 
orqali ajratiladi. Agar ichki kiyimlar kirlangan bo‘lsa, ularning havo o‘tkazuvchanligi kamayadi va 
terdan hosil bo‘lgan but kiyim ostidagi bo‘shliqdan to‘liq chiqib keta olmaydi. Natijada kiyim 
ostidagi havo suv, bug‘lari bilan to‘yinadi, oqibatda teri yuzasidan ajralayotgan ter bug‘lanmaydi. 
Kiyim osti bo‘shlig‘ining yahshi shamolmasligi odam ahvolini yomonlashtiradi. Bundan tashqari 
kasal qo‘zatuvchi mikroorganizmlar kirlangan teri va kiyimlarda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Terini 
tozaligini doimo nazorat qilish va uni parvarish qilish, muntazam yuvinib turishni taqoza etadi. 
Badanni issiq suv va sovun bilan vanna, dush yoki hammomda tozalab turish haftasiga bir marta 
amalga oshirilishi va albatta ichki kiyim kechakning va ko‘rpa-to‘shakni jildlari almashtirilishi 
shart. 
Hamomda cho‘milganda nafaqat teri yuzasi balki bu organizmga quyidagi omillar foydali 
ta’sir qiladi, yuqori harorat, issiq, bug‘, issiq suv, ishqalab uqalash kabilar kiradi. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish