Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
147
Radioaktiv gazlar va atmosferadagi radioaktiv aerozollarning miqdorini
nazorat qilish uchun
statsionar, RKS toifasida yoki olib yuriluvchi RGA-01P, RGB-02 (2-rasm), RGB-07, RAS-0,4
dozimetrlar qo‘llanadi. Tekshirish uchun namunalar hamma xonalardan olinishi, agar xodim xonada
ish kunining 50% vaqti davomida bo‘lsa o‘rtacha kunlik, undan kam bo‘lsa haftalik namuna
olinadi.
Darsda qo‘llaniladigan innovatsion texnalogiya usullari:
«Qorbo‘ron» usuli
Talabalar guruxini 2- ta komandaga bo‘lib xar bir komandaning sardori tanlab olinadi
(sardorlarni komanda a’zolari tanlaydi).
Raqib komandalar bir-biriga ushbu mavzu bo‘yicha 3 tadan savol tayyorlaydi:
javob
tayyorlash uchun 7-8 daqiqa vaqt ajratiladi. Komanda sardori taklif etilgan javoblardan eng
yaxshisini (kizikarli va eng muxim bo‘lganini) tanlab oladi. Savollarni tayyorlash vaqtining o‘tishi
bilan, har bir komnada bir-birlariga savol bera boshlaydi. Javob tayyorlash uchun 1 daqiqa vaqt
ajratiladi va vaqt o‘tishi bilan har bir komanda 1-2 daqiqa davomida
berilgan savolga javob
beradilar (vaqt o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi). Agar savol bergan komanda taklif qilingan
javob bilan rozi bo‘lmasa, yoki koniqish hosil qilmasa o‘zining javob variantini aytadi.
Har bir «savol-javobdan» so‘ng o‘qituvchi savolning va javobning sifatini izohlab beradi.
O‘quv dars protokoliga savol va javoblarni to‘ldirish yoki o‘z javob varianti uchun baho qo‘yiladi.
Savolni baholashda savolning sifatini, uning
mavzuga yaqinligi aniqligi, aktualligi uchun 5
ball qo‘yiladi.
Javobni baholashda uning to‘liqligi, to‘g‘riligi, mavzuga mos kelishganligi aniqligi uchun 5
ball qo‘yiladi.
O‘z javob varianti uchun qo‘shimcha mukofot ball beriladi:
-to‘g‘riligi, aniq qo‘shimcha uchun -1 ball
-uncha aniq bo‘lmagan javob uchun 0,1 dan 0,5 gacha ball
-noto‘gri bo’lgan javob uchun (0,5) ball jarima
Hamma olingan natijalar protokolga quyidagi forma bo‘yicha to‘ldiriladi:
1 komanda 2 komanda
Savol + № Baho ballarda
Savol: Javob: Qo‘shimcha to‘ldirish
Yakuniy hulosada o‘qituvchi har bir komanda to‘plagan ballarini qo‘shib, yig‘indi sonini 6 ga
bo‘ladi (3 savol + 3 javob). Olingan natija har bir komanda ishtirokchisining o‘rtacha bahosini
tashkil qiladi. Eng yuqori ball (0,5 ball) komandaning eng aktiv ishtirokchisiga, jarima ball (-0,2-0,3
ball)-eng passiv ishtirokchisiga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: