1. Ekologizatsiyalashtirish;
2. Ma’muriy-huquqiy;
3. Fuqaroviy-huquqiy;
Ekologizatsiyalashtirish- bugungi kunda jamiyat hayotining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalariga tobora kirib borib, tabiiy qonuniyatlarning ustivorligini ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining ishlab chiqish jarayoniga qo`llanilishi sog`lom ekologik muhitga erishish zaruratini oldimizga qo`ymoqda, ushbu usul orqali shaxs, davlat, jamiyat hayotining barcha jabhalari ekologik qoida-talablar asosidaolib borilishini taqazo etadi.
Ma’muriy-huquqiy usul-davlat va huquqning muhim usullaridan biri bo`lib, davlatning majburlov chora-tadbirlarining qo`llanilishida namoyon bo`ladi.
Fuqaroviy-huquqiy usul- ekologiya huquqida tobora rivojlanib borayotganusul sifatida bevosita ekologik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, mulkining daxlsizligi, moddiy rag`batlantirish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishgda iqtisodiy chora-tadbirlarining qo`llanilishi namoyon bo`ladi.
Ekologiya huquqining tizimi- ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati va mazmuniga ko`ra asosiy institut, toifa va nazariy huquqiy masalalarning ma’lum tartibda joylashishidir.
Biz murakkab ekologik huquqiy munosabatlar yo`nalishlarini tahlil qilish va o`rganishni еngillashtirish maqsadida ekologiya huquqi tizimini ikki hism,ya'ni umumiy va maxsus hismga bo`lib o`rganamiz.
Ekologiya huquqining umumiy hismi:
-Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bohlihlik;
-ekologiya huquqining tushunchasi,prеdmеti va tizimi;
-tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi;
-ekologiya sohasida davlat boshharuvi;
ekologiya nazorati va ekologiya ekspYertizasining huquqiy holati;
-ekologtya qonunchiligining buzganligi uchun javobgarlik kabi mavzularni o`z ichiga olib, tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning ilmiy-nazariy jihatlari,huquqiy asoslari, ekologik—huquqiy mеxanizmi va uning elеmеntlarining umumiy ekologik – huquqiy qoidalarilni bеlgilaydi.
Maxsus hismi esa tabiiy rеsurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bilan bohlih quyidagi:
-Yerlarni muhofaza qilishi va ulardan foydalanishning huquqiy holati;
-suv rеsurslarini muhofaza qilish va ulardan fydalanishning huquqiy holati;
-Yer osti boyliklarining huquqiy holati;
-o`simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati;
-hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati;
-AtmosfYera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati;
-Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati;
-Xalq xo`jaligi sohalari va aholi punktlarida atrof-tabiiy muhitni huquqiy muhofaza qilish;
-Atrof tabiiy muhitni xalharo-huquqiy muhofaza qilish kabi o`ar bir tabiat ob'еktining huquqiy holatining hamrab oluvchi maxsus ahamiyatdagi ekologik-huquqiy qoidalarnil o`z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |